Sodda kiritmalar so`zlar va so`z-gaplar bilan, murakkab kiritmalar
Download 22.09 Kb.
|
56-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.MAVZUGA OID SAVOLLAR
Mening bilishimcha, sening elingga.
Kirish (kiritma) gap Kiritma gaplar so‘zlovchi bir fikrni ifodalayotgan paytda shu fikrga oid izoh, qo‘shimcha axborot berish uchun qo‘llaniladi gapning asosiy mazmuniga qo‘shimcha axborot qo‘shuvchi va alohida ohang bilan ajralib turuvchi qismga kiritmalar deyiladi. Kiritma gaplar yozuvda qavs ichida, ba’zan vergul yoki tirelar bilan ajratilgan holda olib beriladi. Bunda: a) tarkibi uncha katta bo‘lmagan kirish gaplar vergul bilan ajratiladi; b) tarkibi ancha katta bo‘lgan, o‘z ichida tinish belgilari ishlatilgan va gapga umumiy izoh beruvchi kirish gaplar qavsga olinadi yoki tire bilan ajratiladi. Masalan: Uni tanishsa kerak (Farg‘onada bir-birini tanimaydigan odam kam), bir bola kosada yaxna choy olib chiqdi. Ushbu gapda asosiy axborot Uni tanishsa kerak, bir bola kosada yaxna choy olib chiqdi qismi orqali ifodalanadi, Farg‘onada bir-birini tanimaydigan odam kam qismi esa gapning asosiy qismi tarkibidagi tanishsa kerak bo‘lagi bilan bog‘liq qo‘shimcha axborotni ifodalaydi. Kiritma gaplar talaffuzda kichik to‘xtam va ovoz balandligi bilan ajratiladi. Kiritmalar fikrga qo‘shimcha ma’lumot berganligi uchun, asosan, gap o‘rtasida keladi. Qo‘shimcha ma’lumot beruvchi bu qism gapdan tushirib qoldirilsa ham, gapning asosiy ma’nosiga ziyon yetmaydi. Kiritma gaplar juda keng qo‘llaniladigan soha dramatik nutqdir. Bu nutqda qahramon nutqi qay tarzda bayon etilishi remarkalarda (personaj nomi bilan uning nutqi oralig‘idagi qavslarda) beriladi. I.MAVZUGA OID SAVOLLAR: 1.Kiritma nima? 2. kiritmalar qaysi uslubda qo`llanmayd? 3. Kiritmalarning qanday shakllari mavjud? 4. Kiritmalarning tuzilishiga ko`ra qanday turlari mavjud? 5.Kirish so`zlar gapning qaysi o`rinlarida qo`llanadi? 6. Kirish so`zlar qanday so`zlar bilan ifodalanadi? 7. Kirish so`z bilan kirish birikmaning farqi nimada? 8. Kiritmalar gapning boshqa bo`laklaridan qanday tinish belgilari bilan ajratiladi? 9. Kiritma gaplar gapning qaysi o`rinlarida qo`llanadi? 10.Kiritma gaplar , asosan, qaysi nutq uslublarida qo`llanadi? Download 22.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling