Sodda kiritmalar so`zlar va so`z-gaplar bilan, murakkab kiritmalar
So‘zlovchining o‘z fikriga munosabati
Download 22.09 Kb.
|
56-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish birikma
Kirish so‘zlar ham uslubiy xoslanish xususiyatiga ega. Shuning uchun so‘zlovchi o‘zi qo‘llayotgan nutq uslubiga muvofiq keladiganini tanlab qo‘llaydi. Masalan: shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, avvalambor, fikri ojizimcha kiritmalari kitobiy uslubga xos. Kitobiy uslubga xos bu so‘zlar o‘z ichida ichki xoslanishga ega, ya’ni: – Shaksiz, fikri ojizimcha – badiiy uslubga xos; – Bayon qilinishicha – publitsistik uslubga xos. She’riyatda afsuski, yaxshiyam, attang, mayli, esizki kabi kirish so‘zlar ko‘p qo‘llaniladi. Og‘zaki so‘zlashuv nutqida deydilarki, xayriyat, aytishlaricha, taxminimcha va boshqa kirish so‘zlar ko‘p uchraydi. Kirish birikma Kirish birikmalar ham kirish so‘z singari: a) aytilgan fikrga nisbatan modal munosabatni ifodalash uchun xizmat qiladi; b) gap boshida, o‘rtasida, oxirida kelishi mumkin; c) gapning boshqa bo‘laklaridan vergul bilan ajratiladi; d) gapning boshqa bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydi. Kirish birikma kirish so‘zdan shakli bilan farq qiladi, ya’ni so‘z emas, so‘z birikmasi shaklida bo‘ladi. Kirish birikmalarga rostini aytganda, ochig‘ini aytganda, mening bilishimcha, odamlarning aytishicha, fikri ojizimcha, xullasi kalom, tabibning ta’biricha, ochig‘ini aytganda, boshqacha qilib aytganda, olimning qisqacha qilib tushuntirishicha kabilar misol bo‘ladi. Masalan: Dunyoda hech bir xalq to‘g‘ri kelolmas, Download 22.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling