Sezgi - Sezgi haqida umumiy tushuncha.
- Sezgining nerv – fiziologik asosi.
- Sezgining tasnifi, sezgining turlari.
Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda retseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya’ni ekstroretseptiv sezgilar; - Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda retseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya’ni ekstroretseptiv sezgilar;
- Ichki tana a’zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana a’zolarida, to‘qimalarda joylashgan sezgilar, ya’ni interoretseptiv sezgilar.
- Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog‘ lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya’ni proprioretseptiv sezgilar.
Sezgi turlari Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar (ekstroretseptiv, proprioretseptiv, introretseptiv) o‘z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi: - Ko‘rish sezgilari;
- Eshitish sezgilari;
- Hid bilish sezgilari;
- Ta’m bilish sezgilari;
- Teri sezgilari;
- Muskul – harakat (kinestetik);
- Statistik sezgilar;
- Organik sezgilar;
TAYANCH TUSHUNCHALAR: -
- Diqqat - ongimizning muayyan ob'ektga yo’naltirilishi va unda to’planishidan iborat psixik holat.
- Diqqatning barkarortigi - diqqatning ma'lum obektga uzoq vaqt davomida mutassil qaratilish imkoniyati.
- Diqqatning ko’lami - bir vaqtning o’zida diqqatning bir qancha ob'ektga qaratilishi imkoniyati.
- Diqqatning taqsimlanishi - diqqatning bir vaqtda bir necha ob'ektga yoki faoliyatga taqsimlanish xususiyati.
- Interoreseptiv sezgilar - (lot. interior - ichki, redpiere - olmoq) - ichki a'zolarga joylashgan reseptorlar.
- Kinestetik sezgi (yunon. kineo - hapakatga keltiraman) - o’z tana a'zolarining holati va xarakatini propreoreseptorlar ta'siri ostida sezish.
- Sezgi - psixik aks ettirishning oddiy usuli tariqasida hayvonlarga ham, odamlarga ham xos xususiyat. Voqelikdagi narsa va hodisalaming ayrim belgi va xususiyatlarini bilib olishni ta'minlaydi.
- Appersepsiya (lot. ar - ga, qarashli, perceptio - idrok) - shaxs idrokining avvalgi bilim va tajribalariga hamda uning umumiy qiziqish, xavaslariga bog’liqligi.
- Attraksiya (fr. attraktion - qiziqib intilmoq, talpinmoq) - bir kishini boshqa kishi ko’rib qolganda, idrok etganda yuz beradigan tafakkur turi.
- Audivizual idrok (ing. audio - eshitmoq vision - ko’rmoq) - bir vaqtning o’zida ham eshitib, xam ko’rib idrok qilish.
- Gallyusinasiya (lot. - cinatio - alahlash) - real voqelikdagi narsa va hodisalaming analizatorlarga bevosita ta'sirisiz ongimizda turli obrazlaming hayoliy ravishda paydo bo’lishidan iborat psixopatologik hodisa.
Do'stlaringiz bilan baham: |