Sog`liq oltindan qimmat


Download 49.24 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi49.24 Kb.
#211172
Bog'liq
ozodalik


Sana: ________________

Ozodalik - sog`lik garovi

  • Kun shiori: “Sog`liq – oltindan qimmat”

Vil’yam Shekpir

Maqsad: O`quvchilarga sog`liq, ozodalik inson uchun eng ulug` ne’mat ekanligini, ozodalikka e’tiborni kuchaytirish, ajdodlarimiz va ota-bobolarimizning pandu nasihatlarini ongiga singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitoblari,Sog`lom avlod-bizning kelajagimiz, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar.

Doskada: “Sog`lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo, sog`lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat, shu bilan birga, ruhi, fikri sog`lom, imon – e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman. Buyuk davlatni faqat sog`lom millat, sog`lom avlodgina qura oladi”.

Islom Karimov
O`qituvchi: Oilaning sog`lomligini undagi muhit, ota-onaning totuvligi, bir-birini tushunishi, qo`llab-quvvatlashi, o`zaro izzat-hurmati belgilaydi.

Atrof – muhitdagi turli omillarning (havo, tuproq , iqlim) va ishlab chiqarish faoliyatining kishi sog`lig`iga ta’siri hamda aholining hayot va mehnat sharoitlariga bo`lgan talabini ilmiy – amaliy jihatdan o`rganadi va zarur tibbiy choralarni ishlab chiqadi. Zero, atrof – muhit sog`lom bo`lmasa, insonlarning salomat yashashlari mumkin emas. Odam organizmi bilan tashqi muhit o`rtasidagi muvozanatning buzilishi aksariyat xastaliklarga sabab bo`ladi.

Inson yaratilibdiki, o`z sog`lig`ini saqlash, turli xavf – xatarlardan o`zini muhofaza qilish harakatiga tushgan. Yashash joylari va tuproqni ifloslanishdan asrash, suv manbalarini tanlash va ichimlik suvini o`ziga moslab saqlash, o`simliklar va hayvonlarni go`shtidan ovqat tayyorlash, ovqatlanish me’yorini bilish, badanni va idish – tovoqlarni toza tutish, mehnat, dam olish va uyqu tartibiga rioya qilish, yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish, bunday kasallik bilan og`riganlar bilan alohida saqlash, murdalarni ko`mish va boshqa ko`plar yumushlar uzoq yillik hayot tajribalari mevasidir. Yurtimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xalqimiz sog‘lig‘ini mustahkamlash, ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza qilish, jismonan sog‘lom hamda ma’nan barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasiga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Shu bois mamlakatimizda inson salomatligini tiklash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga jiddiy ahamiyat berilib kelinayotganligi hech kimga sir emas. Zero, inson qadrlangan yurtda hamisha yuksalish va taraqqiyot bo‘lgan. Insonni buyuk sanagan xalqimiz ezgu amallar qilishni eng oliy maqsad qilib qo‘ygani rost.

Inson sog‘ligini saqlash, ma’naviy hayotini boyitish borasida eng katta ahamiyat beriladigan narsalardan biri tozalik-ozodalikka rioya qilishdir.

Azal-azaldan xalqimiz tozalik va orastalikka, saromjon sarishtalikka rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish singari masalalarga juda jiddiy ahamiyat berib kelgan. Tozalik inson salomatligining garovi ekanligining kelajak avlod vakillariga doimo uqtirib kelishgan. Zero, tozalik, orastalik mavjud joyda dard bo‘lmasligi ayni haqiqat.

Obodlik ko‘ngildan boshlanadi deydilar. Darhaqiqat, ko‘ngil toza, beg‘ubor bo‘lsa, u mudom ozodalik, saranjomlik, tozalik va ko‘rkamlikni istaydi. Ko‘cha va bog‘lar, xiyobonlar, madaniy-maishiy binolar, maktab va bog‘chalar, shifoxonalar atroflari, umuman, barcha jamoatchilik maskanlarining obodonchiligi, ko‘rkam bo‘lib, gulzorlarga aylanib borishi kimni quvontirmaydi, deysiz?

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bizning ota-bobolarimiz asrlar davomida ozodalik, tozalik, saranjomlik va hamjihatlik asosida hayot kechirganlar. Qon-qonimizga singib ketgan bu kabi go‘zal fazilatlar hali-hamon uyg‘oq, hamon tirik va ular o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.



Darhaqiqat, yosh avlodni tarbiyasiga e’tibor bermoqlik, ularni barkamol bo‘lib o‘sishiga, mahallaga, yurtga, vatanga muhabbatli bo‘lib ulg‘ayishiga katta omildir. Zero, yoshlar yurtning kelajagidir, kelajak to‘g‘risida o‘ylamaslik, qayg‘urmaslik kelajakka beparvo bo‘lishdir. Jamiyatning har-bir kishisi shu jamiyatning ravnaqi, gullab yashnashi uchun jon kuydirmog‘i lozimdir. Farzandlarimizni tozalik, poklik, ozodalik, orastalik, saranjom-sarishtalik kabi chiroyli xulqlar bilan tarbiyalanishiga e’tibor beraylik. Zero, amallar xulqning belgisidir. Insonning yaxshi xislatlar bilan sifatlanishi, agar uning asari tashqariga zohir bo‘lmasa hech qanday qiymati bo‘lmaydi. Inson nafsi ozodalikka rag‘bat qiluvchi, ozodalikni yaxshi ko‘ruvchi degan sifatga ega. Ozodalik yo‘llarini ham biladi, lekin uning asari jismida yoki kiyimida yoki hovlisida yoki uyidagi uy anjomlarida ko‘rinmasa u ozodalik xulqi bilan xulqlangan deb aytish durust emas.
“Badanning salomat va quvvatli bo`lmog`i insonga eng kerakli narsadir. Chunki o`qimoq, o`qitmoq va o`rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozumdir” degan edi, Abdulla Avloniy bobomiz.


Topshiriq: “Rasmli izohlash” mashqi, bunda I-guruh- “Ozoda va obod shahrim”, II-guruh- “Sog`lom muhit” mavzusida rasm chizadilar.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka va jonkuyarlikka undab boradi.
Download 49.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling