Sogʼliqni sаqlаsh vаzirligi
Download 0.78 Mb.
|
o`zbek majmua tkk oxirgisi (3) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Duodenal zondlash
- Laboratoriya tekshiruviga axlat olish
4) Kofeinli nonushta - 200 ml suvga 0,2 g sof kofein va 2 tomchi metilen ko‘ki olinadi. Naxorga Meʼda suyukligining hammasi so‘rib olinadi. keyin zond orqali 200 ml eritma kiritiladi va 15 dakika o‘tgach, Meʼda shirasini 2 soat mobaynida jami 8 ta probirkaga so‘rib olish boshlanadi.
Meʼda shirasi olingan probirkalar shtativga sinama olingan tartibda joylashtiriladi. Xar bir probirkaga rakami yozilgan kog‘oz yopishtiriladi va laboratoriyaga jo‘natiladi. Duodenal zondlash Jigar, o‘t pufagi va o‘t yo‘llari kasalliklarida o‘t suyukligini tekshirish. yaoni duodenal zondlash zarurati tug‘iladi. Aniq maʼlumotlar olish uchun bemorni muolajaga yaxshi tayyorlash kerak. Bemorning bundan cho‘chimasligi nixoyatda muxim. Tibbiyot Hamshirasi bemorga duodenal lekshirishning borishini sodda kilib tushuntirishi va zondlashdan oldingi zondlashni davom ettirish lozim. Olivaning pilorus orqali surilishini tezlashtirish quyidagicha amalga oshiriladi: bemorga chuqur nafas olish buyuriladi, bu peristaltikani kuchaytiradi, to‘sh osli soxasi ukalanadi, teri ostiga I ml 0,1% li atropin sulfat eritmasi yuboriladi. Duodenal zondlash muolajasi bemorni charchatadi va uni uzok vaqt cho‘zish yaramaydi. Agar 1-1,5 soat o‘tgach o‘t paydo bo‘lmasa (A qismi), zondlashni to‘xtatish lozim. Uchala qism olingandan so‘ng zond extiyotlik bilan chikariladi. Meʼda osti bezi funksional xolatini duodenal zondlash yo‘li bilan tekshirish birmuncha boshqacha bajariladi. Zondning o‘n ikki barmoq ichakda ekanligiga ishonch xosil kilingach, zond orqali 30 ml 0,1-0,5% li xlorid kislota, sekretin yoki zaytun inoyi kiritiladi. Shundan so‘ng o‘n ikki barmoq ichak suyukligini xar 15 dakikadabir soat mobaynida yig‘iladi va unda pankreatik fermentlar borligini aniqlash maksadida tekshirishga jo‘natiladi. Laboratoriya tekshiruviga axlat olish. Axlat yo‘g‘on ichakda shakllanadi va ovqat koldiklaridan, asosan o‘simlik kletchatkasidan iborat bo‘ladi. Axlat massasining bir qismi tirik va o‘lgan mikroblardan iborat. Axlatning tarkibi ovqatning qandayligi va xazm yo‘llarining faoliyaliga bog‘lik. Axlat defekatsiya aktidan so‘ng mikroorganizmlar va fermentlar taʼsiri ostida unda o‘zgarishlar yuz berib ulgurmasdan, imkon boricha ilikligida olinadi. Tekshiruvga olinadigan axlat toza, quruq va qattiqrok, imkon boricha shisha idishga yig‘ilishi lozim. Laboratoriyaga axlatni kog‘oz, karton va gugurt kutichalarida yuborish tavsiya etilmaydi. Bankada bemorning ismi-sharifi, otasining ismi. manzili (bo‘lim, palata) tekshiruv maksadi, kuni va yuborgan kishining imzosi yozilgan qog‘oz bo‘lishi kerak. Qurib qolishi, oksidlanishi va pashshalar orqali infeksiya tarkalishining oldini olish uchun axlatni kopkokli idishda saqlash lozim. Odatda axlatni tekshirishga ertalab, uykudan keyin olinadi. Bemor tuvakka o‘tiradi, Hamshira axlatni umumiy ko‘zdan kechiradi, axlatni yog‘och kurakcha yoki shpatel bilan bankachaga solinadi. Axlatni shunday ko‘rinishda umumiy tekshirishga jo‘natiladi. Gijja tuxumlariga tekshirish uchun axlatning kamida uch joyidan olinadi va ilikligida laboratoriyaga jo‘natiladi. Axlatni yashirin qon okishiga tekshirish uchun bemor uch kun mobaynida go‘sht va balik maxsulotlari, shuningdek, yod, brom va temir saklagan dorilar istemol kilmaydi; to‘rtinchi kuni axlat olinib laboratoriyaga jo‘natiladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling