Sogʼliqni sаqlаsh vаzirligi


-12 oylik bola bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulot


Download 0.78 Mb.
bet43/126
Sana17.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1096713
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   126
Bog'liq
o`zbek majmua tkk oxirgisi (3) (2)

6-12 oylik bola bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulot:
Bu yoshda bolani aytilgan predmetni nigoxi bilan topishi va u tarafga boshini o‘girib karash ko‘nikmasini rivojlantiriladi. Tili chika boshlagan bolani chuvilashini takomillashtirib, talaffuz kilinayotgan bo‘g‘in va oddiy "opa "," ber", "ada" so‘zlariga taklid uyg‘otiladi. Gapni tushunishni rivojlantirish uchun bola bilan ko‘p gaplashish , atrofidagi odamlarni, predmetlarni, xarxarakatni atash, oddiy "karsak", "qo‘lingni ber", "xayr" xarxarakatni bajarishga undaladi. Bolani yorkin o‘yinchokka intiltirish, erkalab o‘ziga chakirish va bunda unga yordam berish orqali emaklashga (5,5-6oy), turishga (7,5oydan boshlab), suyanchik bilan (6-9oy)va suyanchiksiz yurishlarga(11-12oy) o‘rgatiladi.
Bolani yaxshi emotsional xolatini saqlash, ruxini ko‘tarish va barkamol o‘sishini taominlash maksadida u bilan ko‘p shug‘ullanib xil "kuvla-kuvla", "chapak chalish", "bekinmachok o‘ynash” kabi o‘yinlar o‘tkaziladi.
Bolani atrofga kiziktirib narsa buyumlar bilan oddiy xarxarakat ko‘rsatiladi. Yil oxirida bola 10ga yakin so‘z talaffuz qiladi.Bu yoshda bolalarga turli o‘yinchoklar: rang- barang, tovush chikaruvchi, turli materialdan tayorlangan: xayvonlar, kushlar, baliklar, ko‘g‘irchoklar, matreshkalar, koptoklar kerak. Mayda o‘yinchoklar va predmetlar (piramidalar va x.k) berish mumkin emas, chunki bolalar ularni og‘ziga soladilar. O‘yinchoklar mustaxkam, oson yuviladigan bo‘lishi kerak. Kun davomida o‘yinchoklarni almashtirib turish, kichkintoyni mustaqil o‘ynashga o‘rgatish maksadga muvofikdir. O‘yinchoklarni xar kuni yuvish, shu bilan birga bolalarni ozodalikka o‘rgatish lozim.
Bola xayotinig ikkinchi yilidagi mashg‘ulotlar: Bolaning xarxarakatiga nisbatan bo‘lgan tabiiy extiyojini qondirish zarur, nutkning o‘sishini rag‘batlantirib atrof muxitga bo‘lgan tushunchasini kengaytirish,tushunadigan so‘zlarni sonini ko‘paytirib,xodisalarni ifodalash tushunchasini o‘stirib,ularni narsalar bilan bog‘lashini (mashina-"bi- bi",yomg‘ir"chik-chik", ko‘g‘irchok uxlayapti -"bay-bay"), yaoni muoayan xakikiy fikrlashni rivojlantirish, kattalar nutkini dikkat bilan tinglashni o‘rgatish va savollarga javob berish, topshiriklarni bajarish, nutk muomalasiga extiyojni va o‘z so‘z boyligini oshirish, talaffuz kilinuvchi so‘zlarni birinchi yarim yillikda 30 oddiy so‘zga yetkazish va ovozga taklid qilishni tarbiyalash, ikkinchi yarim yillikda -100tagacha murakkab so‘zlarni , nafaqat otlarni va feollarni , balki predmetlar sifatini orasidagi munosabatlarni (xol,sifat) o‘rgatish nutkda 2-3 jumlani ishlatishga o‘rgatish , xarxarakat rivojlanishini rag‘batlantirish, syujetli o‘yinlarga o‘rgatish zarur. Musika mashg‘ulotlarining o‘tkazishning asosiy maksadi - ko‘shik so‘zlarini tinglash ko‘nikmalariga o‘rgatish, ovozga taklid qilishga va Eng oddiy ko‘shik oxanglarini takrorlashga ko‘nikma xosil qilish ritm sezgisini rivojlantirish, o‘yin va raks xarxarakatini o‘zlashtirishdir.
Tavsiya kilinadigan o‘yinchoklar va qo‘llanmalar: matreshkalar, piramidalar, pakirchalar, chambaraklar, aylana xalkalar, koptoklar. O‘yinchoklar: kiyintirilgan ko‘g‘irchoklar, ko‘g‘irchok mebellari, alyumin idish-tovoklar, o‘yinchok xayvonlar, sodda kurilish materiallari, turli mashinalar, kubiklar, bir yarim yoshdan boshlab - kum, ikkinchi yoshning oxirlarida-o‘yin uchun suvkerak. Ikki yoshli bolalar o‘ynashlari uchun xonaning burchagi maxsus jixozlanadi, toza gilamcha to‘shaladi, chunki bu yoshda bola yakka o‘zi polda o‘ynashni yoktiradi. O‘yinchoklar o‘tkir qirrali va og‘ir bo‘lmasligi kerak.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling