Sogʼliqni sаqlаsh vаzirligi


Erta yoshdagi bolalar tarbiyasi asosiy elementlari


Download 0.78 Mb.
bet42/126
Sana17.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1096713
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126
Bog'liq
o`zbek majmua tkk oxirgisi (3) (2)

Erta yoshdagi bolalar tarbiyasi asosiy elementlari:
1.Yangi tug‘ilgan bolani 3 oylik bo‘lguncha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar: Uyg‘oklik davri xali qisqa atigi 40-60 minutni tashkil etadi, ammo shu vaqtdan xam bola bilan mulokot uchun foydalanish: u bilan erkalatib gaplashish , ismini atab chakirish , agulash, avval tik turib, keyinchalik uning yuziga engashib ko‘shik aytib berishi kerak. Karovatning atrofida aylanish avvalo bolani atrofga karashga,xarxarakat qilishga, kulishiga,tovush kelgan tomonni kuzatishga undaydi.
Ochik rangdagi yaltirok o‘yinchoklarni ko‘rsatish, ularni avval ko‘kragidan 60-70 sm yuqorida , keyin uni pastroqqa 45-50 sm tushirish kerak.O‘yinchoklar ko‘z burchagidan 45o darajada bo‘lishi kerak.Sekin asta o‘yinchokni u tomondan bu tomonga o‘tkazib uni shikirlatish, jiringlatish kerak,bu ko‘rish va eshitish uyg‘unlashuvini, kuzatishni rivojlantiradi. 3-oyning o‘rtalaridan boshlab o‘yinchokni vaqti-vaqti bilan bolaning ko‘kragiga go‘dak qo‘lini kimirlatib unga tegishga imkon beradigan darajada yakinlashtirish kerak. Bola o‘yinchoklarni qo‘li bilan ushlab, qo‘lini yozilishiga olib keladi.O‘yinchok ranglarini o‘ta ko‘pligi, bolani ko‘zini toliktiradi.
Xar gal ovqatlantirishdan avval bolani korniga yotkazib oyoq ostiga kaftni ko‘yiladi,bunda bola emaklashga xarxarakat qiladi va bola boshini ko‘taradi.Qorin bilan yotkazish qorin mushaklarini tonusini oshiradi. Bolani avval gorizontal xolatda, 1,5oylikdan boshlab vertikal xolatda ko‘tarish kerak.
3-6 oylik bola bilan mashg‘ulot: Bola bilan gaplashayotganda bolani tovush chikarib gapirmokchi bo‘lishiga va guvillashga,xursand xolatini saqlashga, kulishga undash kerak. Bolani uzokrok vaqt mobaynida emaklashni raxbatlantirish maksadida manej ichiga yoki stol ustiga unga yakin masofaga o‘yinchok ko‘yib korniga yotqiziladi , keyin kornidan orkasiga yotkazib yorkin o‘yinchoklarni yon tomondan ko‘rsatiladi . O‘yinchoklarni - avval ikki, keyin bir qo‘lda ushlash va tutib turishni o‘rgatishda bola ko‘kragidan uning qo‘li yetarli masofaga ilinadi , bola kaftiga o‘yinchoklar tegiziladi .
O‘yinchoklar yorkin rangda yumshoq rezinadan bo‘lishi kerak,chunki ularni ozoda saqlash oson bo‘ladi. (O‘yinchoklar bir-biriga bog‘langan xalkalar bo‘lishi va ushlaganda tovush chikarishi kerak.)

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling