Sogʼliqni sаqlаsh vаzirligi
Download 0.78 Mb.
|
o`zbek majmua tkk oxirgisi (3) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stol 15.
Stol 11. Sil va umumiy toliqishlarda ishlatiladi. Asosiy xarakteristikasi ko'p miqdorda oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar va tuzlar (ayniqsa kalsiy tuzlari) bilan ovqatning energiya qiymatining oshishidir.
Stol 13. Febril temperaturada (o'tkir va yuqumli kasalliklar) qo'llaniladi. Ratsionda qo'pol tola, sut va ziravorlar cheklanadi, turli xil suyuq ovqatlar tavsiya etiladi. Kuniga 8 marta, kichik qismlarda ovqat iste'mol qilinadi. Stol 15. Bu maxsus stolni tayinlash uchun ko'rsatmalar yo'qligida barcha kasalliklar uchun ishlatiladi. Ovqat ikki marta vitaminlarga boy, yog'li go'sht cheklangan. Stol 0. Oshqozon va ichakdagi operasiyalardan keyingi birinchi kunlarda ishlatiladi. Asosiy xarakteristikasi kimyoviy va mexanik ta'sirni kamaytirish. Taom har 2 soatda beriladi. Tarkibi suyuq va jele kabi shaklda. Shifoxona oshxonasining ish tartibi, ovqatni tarkatish. Xozirda shifoxonalarda bemorlar uchun autsorting xizmati tashkil etilgan bo'lib, ovqatlar maxsus parhez taomlari tayyorlanadigan kafelarda tayyorlanmoqda. Lekin, ko'pchilik shifoxonalarda markazlashtirilgan oziq-ovqat tayyorlanadi. Ya'ni shifoxonaning barcha bo'limlari uchun oshxonada parxezli ovqatlar stollarga mos tayyorlanadi va har bir bo'limga etkazib beriladi. Har bir bo'limda oziq-ovqatlar bemorlarga tarqatiladi. Agar bemorga umumiy rejim tayinlansa bemor bo'limdagi ovqatlanish xonasida ovqatlanadi. Bemor yotoqda bo'lsa, ularga palatada ovqat beriladi. Sun'iy ovqatlantirish. Agar bemor ovkatlanishda og'zi orqali (bironta og'iz bo'shig'i kasalliklari, kizilo'ngach, oshqozon kasalliklarida) qiynalsa sun'iy ovqatlantirish tashkil etiladi. Zond orqali oziqlantirish Zond (naycha) bunday vaziyatlarda oshqozonga burun yoki og'iz orqali yoki gastrstoma orqali kiritiladi. Ovkat eritmalarini hukna yordamida ham bajarish yoki boshqa usullardan parenteral (vena ichiga tomchilab) yo'l bilan berish mumkin. Tibbiy xamshira zond bilan yuborish usulini yaxshi o'zlashtirishi kerak. Bu maksadda kuyidagilarni tayyorlash kerak: - ingichka steril rezinali naycha diametri 0,5-0,8 sm; - vazelin yoki gliserin; - 600-800 ml suyuk ovqat (shirin choy, mors, xom tuxum, mineral suv gazsiz, oksil, yog, uglevod, vitaminlar, mineral tuzlar mavjud + sho'rva) Ketma-ket bajariladigan harakatlar (rasm). 1. Zond vazelin (gliserin) bilan surkalgan; 2. Burunni pastki yo'liga 15-18 sm chuqurlikka kiritiladi; 3. Kaftni chap barmoqlari bilan zondni burun halqumdaligini aniqlab zondni halqum orqa devoriga siqiladi. Eslab koling! Agar shunday qilinmasa zond traxeyaga tushishi mumkin. 4. Bemorni boshini biroz oldinga engashtirib o'ng qo'llar bilan kizilungachni o'rta kismigacha zondni surib zonddan xavo chikmasa va ovozi saklansa demak zond kizilungachdaligi bilinadi 5. Zondni erkin uchini voronka bilan ulang 6. Asta-sekin voronkaga ovkat qo'ying 7. So'ng voronkaga toza suvni kuying zondni yuvib olib tashlang (zondni toki sun'iy ovkatlanish davomida 2-3 xaftagacha chikarilmaydi). Bemorni gastrostoma orkali ovqatlantirish ko'rsatma qizilungachdan ovkat o'tmay kolganda, oshkozonni bug'zi bekilishi holatlari xisoblanadi. Bu paytda zondni (zond kismiga voronka ulanib voronka orqali portsiya 50 ml) 6 marotaba kuniga oshkozonga ilitilgan ovkat suyuk holda bo'lishi kerak. Asta-sekin ovkatlantirishni me'yori kupaytirib to 250-500 ml (rasm) ga kupaytirib, ovkatlantirish sonini 4 marotabagacha kamaytiriladi. Ba'zan bemorga ovkatni chaynashga ruxsat beriladi, so'ngra ovqatni stakanda suyultirib aralashgan xolatda voronkaga qo'yiladi. Bunday ovkatlantirishda reflekslar kuzg'alib oshkozon sekresiyalari saqlanadi. Xuqna yordam orkali to'g'ri ichakka tomchi xolda 300-500 ml (37-380S) 5 foizli glyukoza, izotonik eritmasi yoki aminokislota tomchi xolda yuboriladi. Oz mikdorda noksimon rezinali ballonda suyuklik yuborish mumkin. Gastrostoma yordamida oziqlantirish Ovkat xazm kilish yullaridan ovkat o'tmasa, o'sma, qizilo'ngch, oshqozon, ichak yo'llarida operasiya bajarilgan bo'lsa, nozik quvvatsiz bemorlarni operasiyaga tayyorgarlik ko'rilganda parenteral ovkatlantirish tavsiya etiladi. Buning uchun gidroksil gidrolizin saklaydigan preparatlardan aminokislotalar, gidrolizin oksil gidrolizat, kazein, fibrinosol, alnezin, levamin, poliamin, dipofundin, intralipid, 10 foizli glyukoza eritmalaridan foydalanish mumkin. Bundan tashkari 1 litrgacha elektrolitlar, vitaminlar gruppasidan V, askarbin kislotalar yuboriladi. Parenteral ovkatlantirish uchun vena ichiga dorilarni yuborish uchun maxsus "uchlik" "troynik" dan foydalaniladi (rasm). Bu bir vaznning o'zida oqsil, yog', uglevod yuborish uchun qulay hisoblanadi. Parenteral oziqlantirish Venaga yuborishdan avval dorilarni isitib suv xammomida tana harorati (37-38S) isitiladi. Preparatlarni yuborishda tezligiga e'tibor bermok kerak. Preparatlardan gidrolizinni, oksilgidroliz va fibrinosol poliamin birinchi 30 dakikada 10-20 tomchidan, so'ng bemor yaxshi sezsa dorini yuborish tezligini 40-60 tomchigacha etkazish mumkin. Poliamin birinchi 30 dakikada 10-20 tomchi, so'ng 25-35 tomchi 1 dakikada yuboriladi. Lipofundin (10 foizli) birinchi 10-15 dakikada 15 - 20 tomchi (dakikada), so'ng asta sekin (30 dakika davomida) tezlikni 60 tomchigacha yuboriladi. 500 ml preparatni 3-5 soat davomida yuborish kerak. Oksil preparatlarni tez yuborishda kizish, issiklik va yuzda gipermiya (kizarish) nafasni bugilishi kuzatiladi. Asosiy adabiyotlar: Zokirxodjaev SH.YA. Solixov M.U. «Shifokor va bemor» – Toshkent, 2016 y. Muxina S.A.,Tarnovskaya I.I. Практическое руководство к предмету "Основы сестринского дела". M., 2003. -351bet. Inomov K. «Xamshiralik ishi asoslari» – Toshkent, 2009 "Bolalar kasalliklari propedevtikasi", Ashurova D.T., Tursunova O.A., Axrarova N.A., Mambetkarimov G.A, darslik, 2018 y. Qo‘shimcha adabiyotlar: Morozova G.I. «Основы сестринского дела».- Moskva, «GEOTAR-Media», 2009. -235 bet. Grebnev A.L., SHeptulin A.A. «». - M.: Meditsina. 1991 bet. Mamatqulov B. «Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish» – Toshkent, 2013. Zokirova K.O., To‘xtamatova D.U. «Xamshiralik ishi asoslari» – Toshkent, 2010 y Mirziyoev SH.M. «Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak». 2017 y., 104 bet, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining “O’zbekiston” nashriyot matbaa ijodiy uyi. Mirziyoev SH.M. «Buyuk kelajagimizning mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz». 2017 y., 488 bet, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining “O’zbekiston” nashriyot matbaa ijodiy uyi. Mirziyoev SH.M. «Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz». 2016 y., 56 bet, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining “O’zbekiston” nashriyot matbaa ijodiy uyi. Internet saytlari: 1. Consilium-medicum.com 2.medline 3.e-library 4.katalog «Korbis» 5. Medpsy.ru. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling