Sogʼliqni sаqlаsh vаzirligi
O`quv modulining maqsadi va vazifalari
Download 0.78 Mb.
|
o`zbek majmua tkk oxirgisi (3) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Modulning vazifalari
- 2.3.Modul bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yiladigan ta-lablar: Talaba
2.O`quv modulining maqsadi va vazifalari
2.1. Modulning maqsadi - talabalarga turli yoshdagi bemorlarni parvarish qilishni, kasb etikasi va deontologik tamoyillarni, bemor xamda kasalxona xodimlarining shaxsiy gigiena qoidalari haqida bilim, ko`nikma va malakani shakllantirishdir. 2.2. Modulning vazifalari: – DPMlarining turlari va ular faoliyati to`g`risida tushuncha berish; – Bemorlarni ambulator va statsionar davolash tizimida parvarish qilishni o`rgatish; – davolash muassasalari, ularning turlari, tuzilishi, faoliyati va ulardagi bemorlar kun tartibini o`rgatish; – davolash profilaktika muassasalaridagi sanitar-epidemiologik tartibga rioya qilishni o`rgatish; – shifoxona ichi infektsiyasi va uni oldini olish usullari to`g`risida ma`lumot berish; – aseptika va antiseptika tushunchasi to`g`risida ma`lumot berish; – ambulator va statsionarda davolanish davomida bemorlar shahsiy gigiena qoidalarini va ularga rioya qilish usullarini o`rgatish; – deontologiya va etika tamoyillarini singdirish, shaxslararo muloqot ko`nikmalarini to`g`ri shakllantirish; – antropometriya, termometriya usullarini o`rgatish; – aholi o`rtasida eng ko`p tarqalgan pediatrik, terapevtik va xirurgik kasalliklarda bemorni umumiy va maxsus parvarish qilishni o`rgatish; – turli kasalliklarda bemorlarga tavsiya etiladigan parhez to`g`risida ma`lumot berish; – dori vositalarini qabul qilish usullari va yo`llarini o`rgatish; - parvarishning zamonaviy usullari to`g`risidagi ilmiy adabiyotlardan foydalanishni o`rgatish. 2.3.Modul bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yiladigan ta-lablar: Talaba: - bemorlarni parvarish qilishning deontologik tamoyillari; davolash va profilaktika muassasalarining turlari; bemorni parvarish qilish usullari va uning ahamiyati; aseptika va antiseptika qoidalari; kasalxona ichi infektsiyasi va uni oldini olish to`g`risida tasavvurga ega bo`lishi; – bemorlarni harakat tartibini; bemorlarga sanitar ishlov berish turlarini; bemorlar kiyimi va choyshablarini almashtirishni, bemorlar bilan muloqot qilishni, shifoxona ichi infektsiyasini oldini olishni, turli kasallaklarda bemorlarni parvarish qilishni bilishi va ulardan foydalana olishi; – xonalarni tozalash, xonani shamollatish, joriy va yakuniy tozalov o`tkazish; qo`llarni yuvish, yotoq yaralarini oldini olish, bemorlarni parvarish qilish malakalariga (shu jumladan klinik amaliy ko`nikmalariga) ega bo`lishi kerak. - Tana harorati va uni o`lchash. Termometr, turlari, uni zararsizlantirish va saqlash, isitmada bemorlarni parvarishlash. Dori vositalarini turlari, ularni saqlash va organizmga yuborish yo`llari. Terapevtik bemorlarni parvarishining ahamiyati. Umumiy xirurgik yordam va yuz-jag` xirurgiyasi tuzilmasi va uni faoliyatini tashkil etish. Aholiga xirurgik, stomatologik hizmat ko`rsatuvchi muassasalar, turlari vazifalari. Stomatologiya muassasasining tuzilishi va faoliyatining o`ziga xos hususiyatlari. Xirurgik bemorlarni qabul qilish, saralash, sanitar ishlov berish, transportirovka qilish. Bo`limdagi bemorning aktivlik holati va shunga ko`ra parvarishni tashkil qilish. Yotoq yaralar ularning sabablari va oldini olish. Yotoq yarada bemorlar parvarishi. Bemorlarni ovqatlanishi, parhez. Stomatologik yordam va uni tashkil etish. Stomatologik bemorlarni parvarishlash. Og`iz bo`shlig`i gigienasi va unda foydalaniladigan vositalar to`g`risida tasavvurga ega bo`lishi; – parhez stollarini, bemorni ovqatlantirishni, bemorlarni harakat tartibini; bemorlar kiyimi va choyshablarini almashtirishni, bemorlar bilan muloqot qilishni, shifoxona ichi infektsiyasini oldini olishni, stomatologik bemorlarni parvarishlash, og`iz bo`shlig`i gigienasi va unda foydalaniladigan vositalarni, kasallaklarda bemorlarni parvarish qilishni bilishi va ulardan foydalana olishi; – xirurgik bemorlarni qabul qilish, saralash, sanitar ishlov berish, transportirovka qilish. Bo`limdagi bemorning aktivlik holati va shunga ko`ra parvarishni tashkil qilish. Yotoq yaralar ularning sabablari va oldini olish. Yotoq yarada bemorlar parvarishi. Bemorlarni ovqatlanishi, parhez. Stomatologik yordam va uni tashkil etish. Stomatologik bemorlarni parvarishlash. Og`iz bo`shlig`i gigienasiga rioya qilish malakalariga (shu jumladan klinik amaliy ko`nikmalariga) ega bo`lishi kerak. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling