Sog`lom turmush tarzi -salomatlik garovi


Giyoxvandlikni kelib chiqishi va sabablari


Download 81.8 Kb.
bet4/4
Sana25.03.2023
Hajmi81.8 Kb.
#1295139
1   2   3   4
Bog'liq
761 Sog-lom Turmush

Giyoxvandlikni kelib chiqishi va sabablari.
Narkomaniya va toksikomaniya keltirib chiqaradigan moddalarga biologik muxtojlik borligi tasdiqlanmagan. Bu narkomaniya kasalligining rivojlanishda ijtimoiy (nototo`qri tarbiya, tevarak-atrofning ta'siri, oiladagi salbiy kelishmovchiliklar), Narkomaniya narkotik moddalarni doimo qabul qilish natijasida vujudga keladi, chunki ushbu kasallik bilan og`rigan kishining jismoniy va ruxiy xolati xumorini bosadigan tegishli narkotik modda ise'mol qilishiga bog`liq.
Narkomaniya organizmda chuqur o`zgarishlarga sabab bo`ladi va uni tanazulga olib keladi. Kasallik sekinasta rivojlanib borib surunkali davom etadi. Narkotik moddalar xursandchilik, vaqtichoqlik, xotirjamlik xissini uyg`otib, kayf qildirishi sababli istemol qilinib, bora-bora kasallikka aylanadi. Quyidagi ikki xolda narkotik moddalarga o`rganib qolish mumkin.
Birinchi xolda kishi o`z xoxishidan tashqari, e'tiborsizligi natijasida narkotik moddalar xumor qiladigan bo`lib qoladi. Bunday bangilik ko`pincha vrach byurgan narkotik moddalarni noto`qri iste'mol qilish natijasida kelib chiqadi. Sal narsa ta'sir qilib, tashvish kuchayib ketadi, ba'zi kasallar oqriq, uyqusizlik va dardning boshqa tomonlaridan qutilish maqsadida oxirini o`ylamay, vrach ko`rsatmasini ham pisand qilmay, o`zboshimchalik bilan narkotik modda dozasini oshirib qabul qilishadi. Bunday bemorlar odatda o`z axvollarining yaxshilanishi dori tufayli bo`layotganini sezib, uni ichishni davom etira boshlaydilar va ko`pincha axvollarining oqirligidan nolib, vrachni oldaydilar. Shu zayilda ish tutishning oqibati yomon bo`lib, narkotik moddalarga unchalik zarurat bo`lmasa ham, uni qabul qilinaveradi, dorining esa organizmga narkotik ta'siri yanada orta boradi va natijada narkotik moddaga moyillik kuchayib, u xumor qiladigan bo`lib qoladi. Narkotik modda dozasini o`zboshimchalik bilan o`zgartira borish, uni tez-tez va uzoq muddat qabul qilish narkomaniyaga olib keladi.
Ikkinchi hol ongli ravishda kayf qilish maqsadida narkotik moddalarga o`rganishdir. Narkomaniyaga odatda o`zini tiya bilmagan, ruxan zaif, irodasi kuchsiz, birovlarga taxlid qiladigan, xumorini tarqatishdan boshqa narsani bilmaydigan, o`ta xudbin kishilargina beriladi. Bunday kishilar o`z mayillariga qarshi yurolmaydilar. Shuning uchn ularning kayf qilishga moyilliklari kuchli bo`ladi. Bangillik avj olib ketadi. Bu kasallikka uchraganlarda kasalik juda ham og`ir kechib, odatda kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi.
Bangilikka mubtalo bo`lganlar narkotik moddalarni qayta-qayta va ko`proq miqdorda ise'mol qilgisi kelaveradi. Keyinchalik esa narkotik moddalarni qabul qilmasdan tura olmaydigan, o`sha bo`lmasa xuddi "biror narsa yetishmayotganday" bo`lib qoladi. Bunday ahvoldan qutilish va o`zini bir oz yengil xis qilish uchun yana narkotik moddaga ruju qiladi. Shu tariqa narkotik moddalarga moyillik shu darajada kuchayib ketadiki, narkotik moddalar kuchini yo`qotgandek bo`lib qoladi, endi avvalgidek xumor tarqatish uchun doridan ko`proq miqdorda ise'mol qilgisi keladi. Oldiniga narkotik modda bir muncha sal'biy ta'sir ko`rsatgan bo`lsa, keyinchalik go`yoki, uning holatini "normallashtirganga" o`xshaydi, bemor o`zini birmunch yaxshi his qiladi, demak organizm endi haqiqiy bangilikka berilib qolgan bo`ladi. Agar narkomanlarda avval ruxiy o`zgarishlar (tajanglik, kayfiyat buziqligi, xotira pasayishi) paydo bo`lgan bo`lsa, keyinchalik jismoniy o`zgarishlar terlash, yurak tez urishi, og`iz qurishi, ozib ketish, qo`l-oyoq titrashi, rangining siniqishi, ko`z qorachiqining kengayishi ro`y beradi. Agar narkoman o`z vaqtida narkotik qabul qilmasa, organizmda kuchli ruxiy va jismoniy o`zgarishlar paydo bo`ladi. Bangi odam navbatdagi kayfni surish uchun har qanday paskashliklarga boradi sotqinlik, aldash, zo`rlik, o`g`riliklardan toymaydi. Organizmga narkotik modda kirmasa xumorlik boshlanadi: organizm og`ir axvolda qolib chuqur ruxiy va jismoniy o`zgarishlar yuz beradi, xatto xayot uchun xavfli voqealar yuz berishi mumkin. Organizmning hamma sistemalarida chuqur o`zgarishlar sodir bo`ladi. Kasalik rivojlangan sari organizmda darmon qurishi xam kuchaya boradi, endi narkotik moddaning kuchi organizm uchun og`irlik qiladi. Narkotik moddalarning oldingi is'temol qilib yurgan dozasi endi yomon ta'sir qila boshlaydi. Zaxarlanish og`ir kechadi. Narkotik moddaning dozasi, ozgina oshishi bilan bemor o`lib qolishi mumkin.
Narkomaniyani davolash faqat narkologiya va psixiatriya shifoxonalarida vrachlarning qattiq nazorati ostida olib borilishi kerak. OITS- Ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi butun dunyo bo`ylab bu kasallik shiddat bilan tarqalayotgan bir davrda, unga qarshi kurash ham shunday kuchli shiddat bilan davom etishi lozim. Ayniqsa o`sib kelayotgan yosh avlod ongiga bunday fojeali xastaliklar oqibatini, kelib chiqishini turli suxbatlar, tadbirlar, davra suxbatlari orqali tushuntirib borish lozim.
OITS- Ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi statistik ma'lumotlarga qaraganda, dunyo bo`yicha 40 mlndan ortiq inson OIV bilan zaralangan, O`zbekiston Respublikasida esa 10015 inson, Toshkent shahri bo`yicha tahminan 2218 inson ushbu virus bilan zararlangan. (2006 statistikasi).
Dunyo bo`yicha bir kunda 6800 inson zararlanar ekan, 5700 inson shu xastalik sabab yorug` olam bilan vidolashar ekan. OIV bilan zararlangan insonni tashqi ko`rinishidan umuman aniqlab bo`lmaydi, buni faqat labaratoriya tekshiruvlari yordamida aniqlash mumkin xolos. Buning yashirin davri 3 oydan 6 oygacha bo`ladi, 7 yildan 15 yilgacha esa OIV davri hisoblanadi.
OITSning davosi yo`q, lekin inson umrini ma'lum vaqt uzaytirish uchun ARV (Antiretrovirusnayaterapiya) usulida yordam qilinadi. Bu usuldagi muolaja aslida juda qimmat hisoblanadi, lekin Respublikamizda, agar ro`yhatda tursa bepul xizmat ko`rsatiladi.
O`zbekiston Respublikasida OIV, OITS va giyoqvandlikka qarshi kurashish tashkiloti PSI (Population Service Internation) hizmat ko`rsatib kelmoqda. Uning bir qancha loyiqalari mavjud bo`lib, ulardan biri YOUTH POWER loyihasi bolalarni vaqtlarini bekor o`tkazmasliklari va bekorchilikdan har xil nojo`ya yo`llarga kirib ketmasliklari uchun ularga bepul kurslar, to`garaklar, va turli xil konkurslar tashkillashtirib borishmoqda.
Bunday xayrli va savobli ishni boshlaganlarning maqsadi aniq. Yoshlarni, bolalarni turli buzuq, nopok yo`llardan qaytarish, OIV virusi bilan zararlanib qolishni oldini olish maqsadida mana shu ishga bel bog`lashgan. Suhbatlar davomida shunday ma'lumotlarga ega bo`lish munkinki, virusdan saqlanishning 3 ta asosiy yo`llarini tushuntirishdir.
Yana bir muhim ma'lumotni aytib o`tmoqchiman, to`g`ri mana shunday OITS va giyohvandlikka qarshi kurashga bag`ishlangan tadbirlar sharqona emas, balki g`arbona usulda olib borilayotganidir, lekin ushbu tadbirlarni tashkillashtirishdan oldin, ana shu muassasa rahbarlari bilan kelishilgan holda, ya'ni aytilishi joiz bo`lgan va bo`lmagan gaplar to`g`risida maslahat ishlarini olib borish maqsadga muvofiq bo`lardi..
Biznining mintalitetimizga ba'zi narsalar to`g`ri kelmaydi, shuning uchun yoshlar orasida bunday tadbirlar o`tkazilganda yani himoya vositalari to`g`risida ma'lumotlar berilganda bu holatni kimdir to`g`ri qabul qilyapti, yana kimlargadir kulgili holatiga yo`ymoqda. Aslida uyat bo`lganda ham asr vabosidan saqlanishda hammamiz sergak tortishimiz lozim. Axir bu oddiy "o`z-o`zini ximoya qilish" instinkti-ku! Deylik, men xam xududimda shunday kasalga chalinganlar kimlar ekanligini bilgim keladi - o`zimni va farzandlarimni ulardan yuqishi mumkin bulgan bedavo va oxir-oqibatda bevaqt o`limga olib keladigan kasallikdan imkon qadar ximoya qilishni xoxlayman. Ming afsuski, kasallikka chalingan odamlar o`limga maxkum qilinganlardir. Kasallangan kishi tabiiyki o`lishni xoxlamaydi. Nega endi men o`lamanu boshqalar yashayieradi degan fikrni tuyadilar.
Ular butun olamdan nafratlanib, kasddan boshqalarni ham zararlamasligiga kim kafillik qila oladi?Mamlakatimizda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatni zamon talablari darajasida takomillashtirish, jamiyatda sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda. To’g’ri ovqatlanish, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish, sport bilan muntazam shug’ullanish kabi qator talablarni o’zida mujassam etgan sog’lom turmush tarzi faol hayot kafolati bo’lib xizmat qiladi. XXI asrning tibbiy-ijtimoiy muammolaridan biri hisoblanayotgan qandli diabet kasalligining oldini olish va unga qarshi kurashishda ham aynan sog’lom turmush tarzi muhim o’rin tutadi.
– Bu xastalikni keltirib chiqaruvchi omillar ko’p bo’lib, bunga ko’pincha noto’g’ri ovqatlanish, ortiqcha semirish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish, turli asabbuzilishlar sabab bo’ladi, – deydi Navoiy viloyati endokrinologiya dispanseri bosh vrachi Bobojon Iskandarov. – Qandli diabetga qarshi kurashish oyligi doirasida tuman va shaharlarimizdagi o’quv muassasalari, mahallalar, korxona va tashkilotlarda o’tkazilayotgan davra suhbatlarida bu kasallikning sabablari va oqibatlari, har bir kishi o’z sog’lig’i uchun birinchi galda o’zi mas’ul ekani tushuntirilmoqda. Zero, bu kasallikni davolashdan ko’ra oldini olish yaxshi samara beradi.
Navoiy viloyati endokrinologiya dispanserida malakali tibbiy xizmat ko’rsatish uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Bu yerda 20 o’rinli statsionar, aniq tashxis qo’yish imkonini beruvchi zamonaviy apparatlar bilan jihozlangan tahlil bo’limi, nevropatolog va okulist xonalari mavjud. Bundan tashqari shahar va tumanlardagi tibbiyot birlashmalarida endokrinologiya xonalari tashkil etilgan bo’lib, tajribali mutaxassislar davolash-profilaktika ishlarini olib bormoqda.
Diabetga qarshi kurashish oyligi munosabati bilan viloyat endokrinologiya dispanserida bo’lib o’tgan tadbirda soha mutaxassislari, tibbiy muassasalar shifokorlari aholi o’rtasida qandli diabet kasalligining oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari ko’lamini yanada kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratdilar. Tadbir doirasida dispanser nazoratida turgan 37 o’g’il-qiz chuqur tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.
Keling, xayotga real qaraylik. Chekka shaxarlarimizda, tumangizdagi deylik 4-6 bemor uchun xech kim alohida shifoxona tashkil etmaydi ( ularning tishini davolash yoki favqulotda vaziyatlar uchun - travma, avariya, ko`richak). Ular ham viruslarini ko`tarib minglab odamlar davolanadigan umumiy shifoxonaga borishadi. Shunday ekan avvalambor hammamiz o`zimizni o`zimiz asray bilishimiz, sanitariya xolatlariga rioya qilishimiz, kerak bo`lganda o`z xavsizligimizni taminlash uchun tibbiy tashkilotlarda bir marotaba qo`llanilishi kerak bo`lgan anjomlardan foydalanimimiz lozim

Foydalanilgan adabiyotlar.


1. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq etiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir.-T.: O`zbekiston, 2000.-32b
2. Karimov I.A. Umidim yoshlar.-T.: Akademiya nashriyoti,1999.-30b
3. Hulaqmedov A. Insoniyat boshidagi umumiy ofat. G`G` Hayot va qonun.-№3-2003.-B.34-36
4. Ta'lim muassasalarida giyoxvand moddalarni iste'mol qilishni oldini olish bo`yicha asosiy yo`nalishlar. "O`ZAJBX" markazi.-T.: 2010
5. Sh.Jabborov. Ogoh bo`l! G`G` Xalq so`zi. 2010
6. www.referatlar.uz portali.


Toshkent Turizm Kasb-hunar kolleji
I-bosqich 6o- guruh



Mavzu: Sog`lom turmush tarzi -salomatlik
garovi

Tayyorladi: Yoqubova Mushtariy
Tekshirdi:
Toshkent-2011


Download 81.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling