Sog`lom turmush tarzi, uning evolyutsion asoslari va asosiy bosqichlari


Download 62.5 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1565947
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sog`lom turmush tarzi, uning evolyutsion asoslari va asosiy bosqichlari

sog`lom ovqatlanish;

  • jarohatlanishning oldini olish.

    Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, bu yerda ham ba`zi mavzular kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillarga emas, balki kasalliklarning o`zlariga karatilgan. (OITS, sil, yuqumli gepatit, yuqumli oshqozon-ichak, nafas yo`llari hamda tanosil kasalliklari va hokazo)
    Sog`lom turmush tarzining yo`nalishlarini aniqlashda biz kasalliklarga qarab emas, balki insoniyatning evolyutsion taraqqiyotini hisobga olgan holda, uning organizmi va ayrim tizimlarining faoliyatini ta`minlovchi omil­larga qarab belgilash kerak, deb xisoblaymiz. Sababi, in­soniyatning taraqqiyot yo`lini o`rganish bizga shu bugungi kundagi turmushimizni to`g`ri tashkil etishda yordam beradi. Insoniyatning taraqqiyot yo`li esa evolyutsion xarakterga ega. Buning uchun evolyutsion jarayonning quyidagi ikkita muhim bosqichini kiska mulohaza qilishga to`g`ri keladi.


    Hayot evolyutsiyasi.
    Asosiy mavzuga o`tishdan oldin yerda hayotning paydo bo`lish jarayoni hakida to`xtalib o`tishga to`g`ri keladi. Bu xaqdagi karashlar har bir davrning taraqqiyot darajasiga kura turlicha bo`lgan. Lekin bu masalada evolyutsion, ya`ni tirik organizmlarning vaqt o`zgarishi natijasida oddiydan murakkablikka tomon o`zgarib, rivojlanib borishi to`g`risidagi ta`limot haqiqatga yaqinroq.
    Ko`pgina olimlarning e`tirof etishlaricha, bundan 4,5—7 milliard yillar oldin quyosh tizimidagi chang, bug` va shular kabi jismlarning bir markazga to`planishidan yer paydo bo`lgan. Dastlab uning harorati juda baland bulgan. Asta-sekin sovush jarayonida og`ir elementlar sayyoramizning markaziga, yengillari esa uning atroflariga joylasha boshlagan. Chunonchi, changdan — yer, suv, bug`lardan — dengiz, okeanlar paydo bulgan. Shu zaylda yerning quyosh tizimida shakllanishi 2,5—3,5 milliard yillar chamasi davom etgan.
    Shunday qilib, million yillar davom etgan o`zgarishlar natijasida kimyoviy moddalar asta-sekin murakkablashib borgan. Oqsillar va nuklein kislotalar quyuq jelatinsimon eritmalar hosil qilib, konservantlar deb ataluvchi birikmalarni hosil qilgan. Bu konservantlar har xil moddalarni o`ziga biriktirish xususiyatiga ega bo`lgan. Keyinchalik ularda modda almashinuviga o`xshagan tirik organizmlarga xos xususiyatlar paydo bo`lgan. Tashqi muxit bilan modda almashinish xususiyatiga ega bo`lgan bu murak­kab modda—konservantlarni birlamchi xujayralar, deb atash mumkin. Ana shu birlamchi xujayrani barcha tirik mavjudotning, jumladan, odamning ham avvalboshi, xamirturishi, deyish mumkin. Barcha tirik mavjudot, jumladan, odam badani ham xujayralardan tashkil topgan. Masalan, o`rtacha og`irlikdagi odamning tanasi 75—80 mlrd xujayradan iborat.
    Dastlab barcha hayotiy jarayonlar anoerob (xavosiz) sharoitda kechgan. Chunki yer atmosferasi tarkibida hali erkin kislorod bo`lmagan. Yerdagi dastlabki hayotning vakili — bu suv o`tlari bo`lgan va shu zaylda oddiy jonzoddarning yashashi va kupayishiga sharoit yaratilgan. Bu taxminan 3 milli­ard yillar oldingi ahvol. Usimliklarning suv muxitidan kuruqlikda yashashga o`tishi, spora bilan ko`payishdan yrug`dan ko`payishga o`tishi, yopiq urug`lilarning kelib chiqishi, umurtqali hayvonlarda nerv sistemasi, qon aylanish, ovqat hazm qilish, nafas a`zolarining murakkablasha bori­shi, baliqlar, suvda ham quruqlikda ham yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar sinflarining kelib chiqishi — bular tirik olam taraqqiyoti (evolyutsiyasi)ning muhim bosqichlaridir. Ushbu evolyutsion jarayonning barcha bosqichlarida xar bir individning tashqi muhit omillariga moslashib va takomillashib borishi yotadi.



    Download 62.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling