Sog'lomlashtirish maskanlari va orongohlarda j ismoniy tayyorgarlikning umumiy va maxsus xususiyatlari


Sog'lomlashtirish maskanlari va orongohlarda y


Download 0.54 Mb.
bet4/8
Sana11.10.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1697932
1   2   3   4   5   6   7   8
1.2 Sog'lomlashtirish maskanlari va orongohlarda yozgi sog'lomlashtirish mavsumini tashkil etishning ahamiyati

    • 5 Maktabgacha ta'lim tizimida tarbiyalanuvchilarning yozgi ta'tilini namunali o'tkazish, ularning jismoniy va aqliy salohiyatlarini oshirish, vaqtlarini maroqli o'tkazish, sog'lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini tashkil etish, ta'lim-tarbiya jarayonini uzluksiz olib borish, shuningdek yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish vazifalari belgilab olindi. Yozgi sog'lomlashtirish mashg'ulotlari har yili 1-iyundan 31- avgustgacha davom etib, maxsus moslashtirilgan reja asosida faoliyat olib boriladi. Bunda bolalar ko'p vaqtini toza havoda o'tkazadigan tarzda yaratiladi. Sayr vaqtida bolalarning rivojlanishi uchun turli tadbirlar tashkil etiladi. Chunki, yoz - bolalarning salomatligini mustahkamlash va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng yaxshi davr hisoblanadi. Yozgi sog'lomlashtirish mashg'ulotlarida bolalarning sog'ligi, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish masalalari rejaga kiritiladi. Reja asosida tashkil etilgan chiniqtirish, sog'lomlashtirish, ko'ngilochar tadbirlar bolalarni jismoniy va psixik rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda barcha pedagoglar ishtirok etishlari lozim. Yozgi mashg'ulotlar bolalarda tevarak-atrofga bo'lgan qiziqishlarni, o'z ishlaridan va tabiatdan zavqlanish, ularning jismoniy va aqliy salohiyatlarini oshirish imkonini beradi.
      Hozirgi sinovli kunlarda maktabgacha ta'lim tizimida farzandlarimizning vaqtlarini maroqli o'tkazish, sog'lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini davom ettirish lozim. Yozgi sog'-lomlashtirish tadbirlarini samarali o'tkazish maktabgacha ta'lim tashkilotining, tarbiyachilarning o'z vaqtida va puxta tayyorgarlik ko'rishiga bog'liqdir. Bu borada bolalar organizmining jismonan sog'lom bo'lishi va chiniqishi uchun zaruriy sharoitlarni yaratish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun tarbiyachilar tomonidan ota-onalarga tavsiyalar onlayn tarzda ham berib boriladi. Tarbiyachilarning asosiy vazifalari bolalarning maroqli hordiqqa, ijodiy faoliyatga, harakatga bo'lgan ehtiyojini qondirishdir. 
      Yozgi sog'lomlashtirish davrida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
      Ushbu vazifalar metodik tavsiyalarga amal qilgan holda tashkil etilishi lozim.
      1.Toza havoda bo'lish uchun shart-sharoitlarni yaratish, bolalarning faol harakatlanishini ta'minlash.
      2. Bolalarning bo'sh vaqtlarini o'tkazish jarayonlarida musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish. 
      3. Bolalarda tabiatga ahloqiy munosabatni, mehnatsevarlikni rivojlantirish.
      4. Tabiat hodisalarini, jonli va jonsiz tabiat ob'yektlarini kuzatish jarayonida bolalarda hissiy idrokni shakllantirish. 
      5. Bolalar uchun xavfsiz, rivojlantiruvchi va sog'lomlashtiruvchi muhitni yaratish. 
      6. Jarohatlanishning oldini olish. 
      7. Bolalarning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijobiy hissiy holatini shakllantirishga hissa qo'shish orqali bolalar salomatligini mustahkamlash.
      8. Sayrni to'g'ri tashkil etish, sovuq suv bilan yuvinish, ochiq havoda yengil kiyimda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish; 
       9. Suv, havo va quyosh vannalarini o'tkazish.
      Bizning hayotiy va kasbiy tajribamiz shuni ko'rsatadiki, suv - bola organizmiga va ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Suvning gigiyenik va fizik ahamiyati bebahodir. Inson organiz-mining fiziologik jarayonlari va qulay hayot tarzi uchun suvning ahamiyati kattadir. Suv havzasida cho'milishni tashkil etishda bolalar yoshiga alohida ahamiyat berish lozim: kichik va o'rta guruhlarda 15-20 daqiqa, katta va tayyorlov guruhlarida 25 daqiqa. Bolalarga suv havzasida cho'milish faqatgina shifokor-pediatrning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
      Havo vannalarini o'tkazishda alohida qoida talab etilmaydi, imkoniyat darajasida ochiq havoda ko'proq sayr qilish tavsiya etiladi. 
      Faqat quyosh vannalarini qabul qilishda ehtiyot choralarini ko'rish lozim. Bola quyosh vannalarini qabul qilishdan avval bosh kiyim kiygan holda bo'lishi va quyosh ostida uzoq qolmasligi lozim. Quyosh vannasini qabul qilish davomiyligi 7-10 daqiqani tashkil etishi lozim. 
      Bolalarni yozgi sog'lomlashtirish mashg'ulotlarida rivojlantirish usullaridan yana biri - Qum o'yinlaridir.
      Bolalarning o'zaro muloqotlari qum maydonchalarida sodir bo'ladi. Yozgi mashg'ulotlarni qum maydonchalarida olib borilishi ko'proq ta'limiy-tarbiyaviy natija beradi. Qum bilan o'ynaladigan o'yinlar boshqa o'yinlarga nisbatan ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan va barqaror bo'ladi. Aynan shuning uchun qum bilan o'ynaladigan o'yinlardan korreksion rivojlantiruvchi va ta'limiy o'yinlar sifatida foydalaniladi.
      Bundan tashqari yozgi mavsumda har-xil mavzularda tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etiladi. 
      Kun tartibida tashkil etiladigan sport va sog'lomlashtirish tadbirlarining maqsadi - bolalarning vaqtini sermazmun o'tkazish, ularning ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan hordiq chiqarishlarini ta'minlash orqali har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iboratdir. Chunki, ilk yoshdagi bolalarning psixologik rivojlanishida jismoniy tarbiya mashqlarining ahamiyati juda kattadir. 
      Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda ta'limning sistemalilik va izchilligi prinsipiga asoslanish, har bir bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlash va o'tkazish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunday tadbir va musobaqalar bolalarning qaddi-qomatini to'g'ri shakllanishiga, yassi oyoq bo'lib o'sishini oldini olishga, asosiy harakat malakalarini rivojlanishi bo'yicha jismoniy ta'lim berish, o'yinlar orqali milliy odatlarni tarbiyalashga, harakat ko'nikmalari va jismoniy sifatlarini shakllantirish, gavdani to'g'ri tutish, shaxsiy va ijtimoiy gigiyenik malakalarini tarbiyalash, kundalik mashg'ulotda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish va ularda ko'nikma hosil qilish kabi xislatlarni shakllantiradi. 
      Xulosa qilib aytganda, bunday yozgi sog'lomlashtirish mashg'ulotlarini tashkil etish kelajagimiz egalarini aqlan yetuk, jismonan sog'lom bo'lib voyaga yetishlariga puxta zamin yaratadi. Ya’ni jismoniy tayyorgarlikning asosiy yo‘li har kungi jismoniy tarbiya yoki sport to‘garaklari mashg‘ulotlari (haftada 2-3 mar- ta) hisoblanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida umumiy jismoniy tay- yorgarlikning asosiy manbalari sifatida gimnastika, yengil atletika, suv- da suzish, futbol, sport o‘yinlari, xalq milliy harakatli o‘yinlari, sayohat- lar (turizm) va boshqa vositalarni tan olinadi. O‘quvchi-yoshlar va talabalar yuqorida bayon etilgan jismoniy tarbiya vositalarini (sport turlari) darslar, mashg‘ulotlar va musobaqalar orqali yaxshi tasavvur etishadi. Qolaversa, sport turlari bo‘yicha davlat tilida nashr etilayotgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ko‘paymoqda. Shu sababdan, ularning umumiy jismoniy tayyogralikni tarbiyalashdagi mo- hiyatlari haqida batafsil to‘xtalishga hojat yo‘q. Insoniyat paydo bo‘lib, ijtimoiy tuzilmalarning o‘zgarishi, rivoj- lanishi natijasida ularning mehnat va ijtimoiy turmushida jismoniy jihat- dan har tomonama rivoj topish ustun bo‘lgan. Bu, albatta, tabiiy bir hol- dir. Chunki hayvonlarni ov qilish yoki ularning hujumiga qarshi turish (ibtidoiy jamoa tuzumi), yer va mulk egasi bo‘lish, ishlab chiqarish jara- yonlarini takomillashtirish ma’lum darajada tengsizlikni (feodalizm davri) vujudga keltirgan. Bunday jarayonlar urug‘lar, qabilalar, davlat- larning o‘zaro urushlariga sabab bo‘lgan. Barcha ko‘ngilsiz, noxush vo- qealardan xolos bo‘lish, qarama-qarshiliklarni yengish yoki ularga bar- dosh berish uchun jismoniy qobiliyatlarga (kurash, mushtlashish, nayza sanchish, qilichbozlik, kamondan o‘q otish va h.k.) ega bo‘lishni taqozo etgan. Natijada tabiiy ravishda jismoniy chiniqish va tayyorgarlik jara- yonlarining u yoki bu turi hamda usullariga alohida e’tibor berilgan. Bularni Markaziy Osiyo, ayniqsa, hozirgi O‘zbekiston hududlarida ya- shab o‘tgan avlod-ajdodlar misolida ham ko‘rish mumkin. Bundan uch ming yillar avval yashagan Zardushtiylar (hozirgi Xorazm vohasi va uning atroflari) hayoti haqida «Avesto» (Zardushtiylar qomusi) kitobi dalildir. Unda faqat xudoga sig‘inish va janglarda g‘olib chiqishgina tasvirlanib qolinmasdan, balki ijtimoiy-tarbiyaviy jihatlar, ayniqsa, ma’- naviy-ma’rifiy madaniyat ham yuksak darajada o‘z ifodasini topgan. Uning negizida esa bolalikdan odob, mehnat qilish, jismonan chiniqish masalalari turadi. «Alpomish» dostonida qadimgi avlodlarning madaniy urf-odatlari, oriyat uchun o‘z jonini ham ayamaslik, Vatan, el-yurt uchun jasorat ko‘rsatish xislatlari kuylanadi. “Alpomish” timsolida kurashda yengil- maslikka, chavandozlikda chidamlilik, kamondan o‘q otishda mahorat, kuch va merganlik kabi jismoniy sifatlar o‘z ifodasini topgan. Shuning- dek, «To‘maris afsonasi»da (tarixiy shaxs-ayol, taxminan eradan avvalgi VII-V asrlar) xotin-qizlarning Vatan uchun kurashi, oriyat uchun qasos olish kabi xislatlari, jasoratlari bayon etiladi. Shunga o‘xshash voqealar va afsonalarini «Go‘ro‘g‘li» turkumidagi xalq og‘zaki ijodi durdonalari, «Qirq qiz», «Kuntug‘mish», «Tohir va Zuhra» dostonlarida ham uchra- tish mumkin. Ayniqsa, hunar egallash, harbiy jasorat ko‘rsatish kabi maxsus tay- yorgarlik jarayonlari buyuk sarkarda Amir Temur va uning sulolalari (Mirzo Ulug‘bek, Bobur va h.k.) hayotida amaliy jihatdan o‘z mazmu-niga ega bo‘lgan. Sharq she’riyatining sultoni, hazrati Alisher Navoiy- ning «Xamsa» (besh kitob) asarida va undan keyingi davrlarda ijod etgan shoirlar, faylasuflar, solnomachilar (tarixchilar) va boshqalarning asarlarida qahra- monlik, jangovarlik, kasb-hunar egalari to‘laqonli tasvirlangan. XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida Ahmad polvon, Hoji Abla, Hojimurod polvon kabi shaxslar butun Markaziy Osiyoda kurashlarda qatnashib, yelkasi yerga tegmagan. Bunday tarixiy shaxslar yurtimizning barcha hududlarida mavjud bo‘lgan. Umuman olganda, jangovarlik, qahramonlik, kasb-hunar va oriyat yo‘lida maxsus xizmatlar, faoliyatlar cheksiz ko‘p va keng bo‘lganligi haqida tarxiy manbalar, badiiy asarlar, tasvirlarda ularni uchratish mumkin. Xulosa qilib aytganda, barcha jangovarlik va ijtimoiy-madaniy jarayonlardagi tadbirlar mazmunida iqtidorli kishilarni maxsus jismoniy tayyorlash tadbirlari keng miqyosda olib borilgan. Bu meroslar bizning davrimizgacha yetib kelib, ularning shakllari, mazmunlari va mohiyat- lari hozirgi davr talablari asosida takomillashtirilmoqda. Respublikada kadrlar tayyolash davlat dasturi (1997), “Sog‘lom avlod” Davlat dasturi (1999), Davlat ta’lim standartlari (1999). «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari (2000) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari (1993, 1996, 1999, 2002 va h.k.) aholining salomatligini yaxshilash, o‘quvchi-yoshlar va talabalarning jismoniy barkamolligini tarbiyalash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan muhim muammolarni hal etishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida» (2002-yil 24 oktabr) va boshqa farmonlarida yosh avlodni har tomonlama tarbi- yalash va ayniqsa, ma’naviy hamda jismoniy barkamollikka yetishtirish asosiy masala qilib qo‘yiladi. Jismoniy tayyorgarlik jismoniy barkamollik bilan egizak. Ularning mujassamligi va samaralari maxsus jismoniy tayyorgarlikka yetaklaydi.Maxsus jismoniy tayyorgarlik jismoniy sifatlar bilan tutashib keta- di. Jismoniy sifatlar faqat sportdagina emas, balki ijtimoiy-turmush ma- daniyatimizda ham o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu tushuncha, asosan, inson tanasining ma’lum bir qismini (qo‘llar, oyoqlar, bel va h.k.) jismoniy jihatdan mustahkamlash, rivojlan- tirish harakat faoliyatlarini ixchamlashtirish, tezlashtirish kabi jihatlarga qaratiladi. Ijtimoiy-madaniy turmush sharoitimizda jismoniy tayyorgarlik mu- him ahamiyatga ega. Ayniqsa, mehnat jaranyonida qo‘llar, oyoqlar, bel, bo‘yin, yelka va boshqa a’zolarning tez ishlashi, o‘tirib, egilib, tik turib ishlash yoki yuklarni ko‘tarish kabi jismoniy mehnatlarni oson yo‘l bilan bajarish, ularga chiday bilishni hayot taqozo etadi. Shu asosda sanoat ishlab chiqarishlari va boshqa turdagi mehnatlarda kasb-hunarga mos- lashtirib (o‘tirib ishlaydiganlarga tez harakat qilishi va h.k.), maxsus mashqlar berib boriladi. Bu jarayon ham o‘z navbatida maxsus jismoniy tayyorgarlikning bir yo‘nalishidir.
      Maktabgacha tarbiya muassasalarida (bog‘chalar) bolalarning yoshi, harakatchanligi va salomatliklarini e’tiborga olgan holda turli xil harakatli o‘yinlarni («kim tez boradi», «to‘pga yetib ol» va h.k.) o‘tkaziladi. Bu, asosan, tez yurish, yugurish, burilish kabi harakatchanlikni tarbiyalashga
      qaratiladi. O‘tirgan, yotgan va turgan holda turli xil gimnastika mashqlarini bajarish bilan qomatni (gavda) to‘g‘ri o‘stirish, umurtqa pog‘onalari, qo‘l, oyoq, bo‘yin, panja va boshqa bo‘g‘inlarning harakatchanligini tarbiyalash amalga oshiriladi. Kichik to‘plarni otish, ilib olish, bir-biriga uzatish, mo‘l- jalga (doira, devor va h.k.) otib, tushirish (tegizish) kabi xilma-xil mashqlar, o‘yinlar orqali esa tez harakat qilish, chamalash (ko‘z harakati) kabi faoli- yatlarni o‘stirish bilan birga, sport o‘yinlari haqida tushunchalar hosil qilinadi va ularda sportga qiziqish uyg‘otiladi. Umuman olganda, barcha bolalar uchun ishlab chiqilgan «Jismoniy tarbiya» dasturining mazmuini bolalarni jismoniy tarbiyalash, ularning maxsus (harakatchanlik, muvozanat saqlash, qomatni rostlash va h.k.) jismoniy tayyorgarliklarini shakllantirishga qaratilishi bilan e’tiborga loyiqdir. O‘quv yurtlaridagi (boshlang‘ich ta’lim I-IV sinf, umumiy o‘rta ta’lim - V-IX sinf, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari) «Jismoniy tarbiya» dasturi yuqorida aytilganidek o‘quvchi-yoshlar, talabalarning yoshi, jinsi, salomatligi va jismoniy holatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Umumiy jismoniy tay- yorgarlik jismonan zaifroq, kasalmand o‘quvchilar uchun alohida o‘tila- di. Jismonan sog‘lom va sport turlariga ishqiboz o‘quvchi – yoshlar hamda talabalarga esa qo‘shimcha ravishda maxsus jismoniy tayyorgar- lik mashqlari berib boriladi. Bu jarayonlar iqtidorli yoshlarni sport bilan shug‘ullanishlariga safarbar etadi. Jismoniy tarbiya dasrlarida maxsus jismoniy tayyorgarlikka tarbi- yalash jarayonlari o‘quvchilarning layoqatlariga qarab, quyidagi yo‘na- lishlarda olib boriladi:

  • tez yugurish (60, 100 m.);

  • balandlikka yoki uzunlikka sakrash;

  • to‘siqlardan (ariq, soy, chuqurlik, g‘ov va h.k.) yugurib va sakrab o‘tish;

  • to‘pni uzoqqa yoki mo‘ljalga otish;

  • turnikda tortilish (10-15 marta), undan oshib tushish, tizzalarda
    aylanish;

    • kurash, boks elementlarini tez bajarish;

    • sport o‘yinlarining elementlarini bajarish;

    • darvozaga to‘pni tepib kiritish, to‘pni tez harakatlanish va h.k.

Maxsus jismoniy tayyorgarliklarning ijobiy ta’siri, topshiriqlar va vazifalarning bajarilishini o‘qituvchilar sinov-tajribalar orqali kuzatadi. Ko‘rsatkichlar va natijalar ijobiy, o‘sish darajalari yaxshi bo‘lganda ularga qo‘shimcha mashqlar vazifa qilib berilishi mumkin. O‘quvchi-
yoshlar va talabalar bilan maxsus ishlash jarayonlari ularni sportga jalb etish va komandalar tuzishga bevosita yordam beradi.
O‘quvchi-yoshlar va talabalar o‘quv va sport mashg‘ulotlari hamda musobaqalarda egallagan malakalarini doimo takomillashtirib borishlari, ke- yingi ish jarayonlarida bundan maqsadli foydalanishlari lozim. Yuqorida ta’kidlangan jismoniy tarbiya vositalari (turli xil mashqlar), qo‘llaniladigan usullar jismoniy tayyorgarlikka asos bo‘la oladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling