Soha iqtisodiyoti va menejmenti


-chizma. Innovatsiya loyi


Download 1.5 Mb.
bet96/109
Sana15.03.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1269362
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   109
Bog'liq
Ma\'ruza matni

12.2-chizma. Innovatsiya loyihasida investitsiya
Takrorlaymizki, innovatsion loyihani turkumlashtirishning chuqurligi, loyihalashtirishda hisobga olinadigan ilmiy yondashishlar va tamoyillar, qo‘llaniladigan menejment usullari miqdori loyihaning bosh menejeri (loyiha menejeri) va ITK a’zolari tomonidan muammoning murakkabligi, loyihaning qiymati va innovatsion tashkilot tashqi va ichki omillari holatiga muvofiq belgilanadi.
Innovatsion loyihani ishlab chiqish loyiha hujjatlarini tayyorlash bilan yakunlanadi. “Loyiha hujjatlari” ning yagona tarkibi hali belgilanmagan va har bir aniq holda uning tarkibi dastlabki (texnik iqtisodiy) vazifada belgilanadi.
Har qanday darajadagi innovatsion loyiha quyidagi bo‘linmalarni o‘z ichiga olishi kerak:

  • muammo (g‘oya)ning mazmuni va dolzarbligi;

  • loyiha rahbarining rezyumesi;

  • marketing tadqiqotlari va muammoni turkumlashtirish asosida qurilgan loyiha maqsadlari daraxti;

  • loyiha maqsadlari daraxtini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar tizimi;

  • loyihani majmuaviy asoslanishi;

  • loyihani amalga oshirilishini majmuaviy ta’minlanishi;

  • ITK ning ta’rifi;

  • loyihaning ekspert xulosasi;

  • loyihani amalga oshirish mexanizmi va undovchi sabablar tizimi.



Kalitli so‘zlar
Novatsiya, innovatsiya, infratuzilma, investitsiya, kapital investitsiya, sof raqobat bozori, innovatsiya lagi, fundamental, nazariy, innovatsion loyiha.
Investitsiya, risk, foyda, kapital qo‘yilma, xorijiy investitsiyalar, lizing, qayta tiklash.
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar
1. Innovatsiya so‘zining ma’nosi.
2. Korxonalarning innovatsion yo‘nalishlarini sanang.
3. Korxonaning innovatsiya salohiyati nimalardan tashkil etadi?
4. Innovatsiyalarni rag‘batlantirishda davlatning roli.
5. Korxonada innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari izohlab bering.
6. “Innovatsion loyiha” tushunchasini ifodalab bering.
7. Innovatsion loyiha qanday bo‘limlardan tashkil topadi?
8. Innovatsiya loyihasini yaratilish bosqichlarini aytib o‘ting.
9. Innovatsion loyiha qanday bo‘linmalarni o‘z ichiga olish kerak?

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling