Soibjon begmatov bastakorlar
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
bastakorlar ijodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- M.M. =144–152 Navoiy g‘azali =92–96
- Amaliy mashg‘ulot
M.M. .=84–88
Bastakor teatrning taniqli dirijori Nabi Halilov bilan hamkorlikdagi «Muqanna» musiqali dramasiga musiqa yaratgan. Shu bilan birga, uning ijodidan munosib o‘rin olgan xalq cholg‘u orkestri uchun «Bahor armug‘oni», chang va xalq cholg‘u orkestri uchun «Pyesa», qashg‘ar rubobi va orkestr uchun «Raqs» kabi bir qator xalq cholg‘ulariga mo‘ljallangan pyesalarni ko‘rsatish mumkin. Bastakorning o‘ziga xos uslubi soddaligi, maftunkorligi va originalligi bilan ajralib turadi. Uning asarlarini baland tembrli ovoz, xastalik xususiyatini beruvchi sadolar orqali ijro etish xarakterlidir. Tinglovchining qalbini ehtirosga to‘ldiruvchi, jo‘shqinlik talab etuvchi bu asarlar xalqimizning betakror musiqiy namunalariga aylangan. O‘zining maqomlar yo‘llariga xos tarkibda yaratilgan ashulalaridan biri A.Navoiyning «Tortadur» radifli g‘azaliga bastalagan «Topmadim» ashulasidir. 23-misol: 104 M.M. =144–152 Navoiy g‘azali =92–96 S. Kalonov musiqasi «Topmadim» ashulasi maqomlarning ikkinchi guruh sho‘balaridan talqincha namunasi asosida yaratilgan. Asarning tarkibiy rivojlanish tamoyillari ham qismlarning hamda lad va usul jihatlarini bir- biriga mutanosib holda shakllantirgan. Bunday xususiyat o‘tmish ijodkorlarining bastakorlik an’analariga xosligini qayd qilib o‘tish lozimdir. Amaliy mashg‘ulot: M. Mirzayev, G‘. Toshmatov, K. Jabborov, F. Sodiqov va S. Kalonovlarning ijodiy faoliyatini o‘rganish. Har bir bastakorning mumtoz uslubda yaratgan asarlaridan namunalar tinglash. «Surating», «Yakka bu Farg‘onada», «Parvo etib kel», «Ko‘zlaring», «Ko‘rsatmagay», «Bir go‘zal bordir», «Ey, chehrasi 105 tobonim», «Zulayho bo‘lsang», «Ey, sarvi ravon», «Kuyla dilkash dutorim», «Yetmasmidim», «Tokay», «Nazzora qil», «Farg‘ona tong otguncha», «Bir ishva bilan», «Tamanno», «Tortadur» va h.k. Ularning ijodiy uslublarini ajratib olish va maqomlar ijodiyoti hamda xalq ijodiyoti bilan umumiylik jihatlarini aniqlash. Bastakorlar ijodidan bittadan asarlarini tinglab tahlil qilish. Ularning o‘zbek mumtoz musiqa san’ati rivojidagi o‘rni, qo‘shgan hissasi va ijodining tarixiy ahamiyati xususida. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling