Soibjon begmatov bastakorlar


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/43
Sana08.05.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1446912
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43
Bog'liq
bastakorlar ijodi

M.M. =144–152
S. Begmatov notaga olgan


114
Ashula re tonalligiga asoslangan bo‘lib, major va minorli 
xususiyatga egadir. Asosiy mavzu birinchi jumlada o‘z ifodasini 
topgan. Aynan mavzuning keyingi rivoji o‘ziga xos tizimli tarzda 
amalga oshiriladi. Ashulaning oxirgi nuqtalarigacha mavzuning 
ohangi saqlanib qolinadi. O‘ziga xos avjlar ashulaning kulminatsion 
nuqtasini tashkil etadi. Avjlar tizimidan keyigi sol bosqichiga (4) 
og‘ishma ham ushshoqlar an’anasiga mosligini ko‘rsatib turadi.
Orifxon Hotamovning bastakorlik va ijrochilik ijodiy merosini 
anglar ekanmiz, biz unda 4 tamoyil uyg‘unlashganliga guvoh 
bo‘lamiz:
1. Ijrochilik amaliyotida unutilib, iste’moldan chiqqan musiqiy 
namunalarni qaytadan tiklash. 
2. Yangi so‘zlar bilan meros namunalariga qayta qanot 
berish. Jumladan: Girya I, II, III, IV va V, «Ushshoqi Sodirxon», 
«Qashg‘archa Ushshoqi Sodirxon», «Sinaxiroj» va h.k.
3. Mumtoz uslubda yaratgan yangi asarlar (bastakorlik ijodi).
4. Ijodining o‘z hayotiy kechinmalari asosida shakllanadi.
Orifxon Hotamovning kelajak avlod uchun meros qilib qoldirgan 
asarlari allaqachon xalqimiz dilidan joy olgan, musiqamiz merosiga 
aylangan. Xonandalikning zamonaviy yo‘nalishlarining barchasi 
o‘ziga xos moslashtirilgan uslubda, o‘z maktab xususiyatini 
yo‘qotmay ijro etib kelinmoqda.
Amaliy mashg‘ulot: Fattohxon Mamadaliyev va Orifxon 
Hotamovlar hayoti, xonandalik va bastakorlik ijodi, o‘ziga xosligini
 
o‘zlashtirish. Bastakorlik va xonandalikda yaratgan maktablarining 
asosiy jihatlari. Ijodining alohida ta’rifi, yaratgan asarlarining tahlili. 
Bastakorlik ijodiyotidagi asosiy tamoyillar, musiqiy janrlar qamrovi, 
turkumiylik va maqom ijodiyotining ta’siri.
Fattohxon Mamadaliyev va Orifxon Hotamov asarlarini tinglash, 
o‘zlashtirish va ijro etish.


115

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling