Soibjon begmatov bastakorlar
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
bastakorlar ijodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg‘ulot
M.M. =144–152
S. Begmatov notaga olgan 114 Ashula re tonalligiga asoslangan bo‘lib, major va minorli xususiyatga egadir. Asosiy mavzu birinchi jumlada o‘z ifodasini topgan. Aynan mavzuning keyingi rivoji o‘ziga xos tizimli tarzda amalga oshiriladi. Ashulaning oxirgi nuqtalarigacha mavzuning ohangi saqlanib qolinadi. O‘ziga xos avjlar ashulaning kulminatsion nuqtasini tashkil etadi. Avjlar tizimidan keyigi sol bosqichiga (4) og‘ishma ham ushshoqlar an’anasiga mosligini ko‘rsatib turadi. Orifxon Hotamovning bastakorlik va ijrochilik ijodiy merosini anglar ekanmiz, biz unda 4 tamoyil uyg‘unlashganliga guvoh bo‘lamiz: 1. Ijrochilik amaliyotida unutilib, iste’moldan chiqqan musiqiy namunalarni qaytadan tiklash. 2. Yangi so‘zlar bilan meros namunalariga qayta qanot berish. Jumladan: Girya I, II, III, IV va V, «Ushshoqi Sodirxon», «Qashg‘archa Ushshoqi Sodirxon», «Sinaxiroj» va h.k. 3. Mumtoz uslubda yaratgan yangi asarlar (bastakorlik ijodi). 4. Ijodining o‘z hayotiy kechinmalari asosida shakllanadi. Orifxon Hotamovning kelajak avlod uchun meros qilib qoldirgan asarlari allaqachon xalqimiz dilidan joy olgan, musiqamiz merosiga aylangan. Xonandalikning zamonaviy yo‘nalishlarining barchasi o‘ziga xos moslashtirilgan uslubda, o‘z maktab xususiyatini yo‘qotmay ijro etib kelinmoqda. Amaliy mashg‘ulot: Fattohxon Mamadaliyev va Orifxon Hotamovlar hayoti, xonandalik va bastakorlik ijodi, o‘ziga xosligini o‘zlashtirish. Bastakorlik va xonandalikda yaratgan maktablarining asosiy jihatlari. Ijodining alohida ta’rifi, yaratgan asarlarining tahlili. Bastakorlik ijodiyotidagi asosiy tamoyillar, musiqiy janrlar qamrovi, turkumiylik va maqom ijodiyotining ta’siri. Fattohxon Mamadaliyev va Orifxon Hotamov asarlarini tinglash, o‘zlashtirish va ijro etish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling