Soliq huquqi
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Imtiyozlarning qo‘llanilish tartibi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi va qonun hujjatlarida tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar uchun ayrim soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar deyilganda chet davlatning fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek xorijiy nodavlat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar tushuniladi.
Yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq kiritilgan investitsiya hajmidan kelib chiqqan holda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini, yagona soliq to‘lovini, Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lashdan muayyan muddatga ozod qilinadilar. Imtiyozlarning qo‘llanilish tartibi. Soliq kodeksining 376-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar quyidagi hollarda qo‘llaniladi: yuridik shaxslar qonun hujjatlarida belgilanadigan ortiqcha ishchi kuchlari mavjud bo‘lgan mintaqalar va qishloq aholi punktlarida joylashtirilganda; chet ellik investorlar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar O‘zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirilganda; yuridik shaxslarning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foizni tashkil etganda; xorijiy investitsiyalar erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik asbob-uskuna tarzida kiritilganda; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berilganligi natijasida ularning qo‘llanilishi muddati mobaynida olingan daromadlarning kamida 50 foizi yuridik shaxsni yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo‘naltirilganda. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlarni olgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yuridik shaxs imtiyozlar berilgan muddat tugaganidan keyin bir yil o‘tmasdan faoliyatini tugatgan taqdirda chet ellik investorning foydasini o‘z mamlakatiga o‘tkazish va kapitalini chet elga olib chiqib ketish faqat soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlarning summalari budjetga undirilganidan keyin amalga oshiriladi. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling