Soliq huquqi


Download 409.63 Kb.
bet80/106
Sana22.06.2023
Hajmi409.63 Kb.
#1649399
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106
Bog'liq
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.

Soliq solish obyekti – qat’i belgilangan soliq belgilangan faoliyat turini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkich soliq solinadigan obyektdir.
Soliq solinadiga baza – fizik ko‘rsatkichlarning sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Soliq stavkasi – har yili keyingi moliya yili uchun tasdiqlanadigan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida belgilanadi.
Soliq davri – bir oy.
Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’i belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lash tartibi. Qat’i belgilangan soliq summasi soliq to‘lovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar, soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Soliq davri – bir oy. Qat’i belgilangan soliq hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga: yangi tashkil qilinayotgan (boshlovchi) soliq to‘lovchilar tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay; faoliyat yuritayotgan soliq to‘lovchilar tomonidan – hisobot yilining 15-yanvarigacha taqdim etiladi.
Soliq solish obyekti o‘zgargan taqdirda soliq to‘lovchilar aniqlik kiritilgan hisob-kitobni navbatdagi to‘lovni to‘lash muddatidan kechiktirmay taqdim etishlari shart.
Qat’i belgilangan soliqni to‘lash:

    • yuridik shaxslar tomonidan – har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay;

    • yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 25-kunidan kechiktirmay har oyda, soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi. Agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun qat’i belgilangan soliq stavkalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalardan farq qilsa, qat’i belgilangan soliq eng yuqori stavka bo‘yicha to‘lanadi.

Soliq kodeksida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan hamda savdo faoliyatini amalga oshiruvchi;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’i belgilangan soliqni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari belgilangan.
Jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish doirasida qat’i belgilangan soliq to‘lash bilan bir qatorda quyidagilarni to‘laydilar: bojxona to‘lovlari; yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – suv resurslaridan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilganda; aksiz solig‘i – aksiz to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarilganda; budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari; davlat boji; avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im.
Agar yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq solinadigan mol-mulkka va (yoki) yer uchastkasiga ega bo‘lsalar, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va (yoki) jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash majburiyati ularning zimmasida saqlanib qoladi. Agar yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini muayyan muddatga to‘xtatsa, u o‘z faoliyatini to‘xtatguniga qadar tadbirkorlik subyektini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik to‘xtatish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtda davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani topshiradi. Bunda xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga har bir yollangan xodim uchun belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalarini ham belgilangan muddatlarda topshiradi.Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to‘g‘risidagi arizani olgan tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organ kelgusi ish kuni tugaguniga qadar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda axborot taqdim etadi. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida taqdim qilingan va davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun qat’i belgilangan soliqni hisoblashni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi.
Xodimlarni yollagan holda faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar qat’i belgilangan soliqni o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda belgilangan tartibga muvofiq to‘laydi. Yakka tartibdagi tadbirkor zimmasiga uning har bir xodimi uchun yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha nazarda tutilgan stavkaning 30 foizi miqdorida qat’i belgilangan soliq to‘lash majburiyati yuklatiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatning bir nechta turini amalga oshirgan taqdirda yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun qat’i belgilangan soliq faoliyatning tegishli turlari uchun o‘rnatilgan qat’i belgilangan soliqning eng yuqori stavkasining 30 foizi miqdorida to‘lanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor soliq solish mazkur faoliyat turini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan faoliyat turi bilan shug‘ullangan taqdirda yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun qat’i belgilangan soliq bitta fizik ko‘rsatkich uchun oyiga o‘rnatilgan qat’i belgilangan soliq stavkasining 30 foizi miqdorida to‘lanadi. Yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun qat’i belgilangan soliq qat’i belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan to‘lash uchun belgilangan muddatlarda, mehnat shartnomasi tuzilgan oyning keyingi oyidan boshlab to‘lanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tish joyi bo‘yicha amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkor yakka tadbirkorning har bir xodimi uchun qat’i belgilangan soliqni o‘zi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy va faoliyatni haqiqatda amalga oshirayotgan joy bo‘yicha belgilangan stavkalar o‘rtasidagi yuqori stavkaning 30 foizi miqdorida o‘zi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyga to‘laydi.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan xodimi uchun hisobga olish kartochkalari yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun har bir yollangan xodimga qat’i belgilangan soliqni hisoblashni to‘xtatib turishga asos bo‘ladi. Agar o‘z faoliyatini to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkor davlat soliq xizmati organiga yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkalarini belgilangan muddatlarda taqdim etmasa, yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari bo‘yicha qat’i belgilangan soliqni hisoblash to‘xtatilmaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor yakka tartibdagi tadbirkorning kasb-hunar kolleji bitiruvchisi bo‘lgan xodimi uchun qat’i belgilangan soliqni to‘lashdan ushbu xodim kollejni tamomlaganidan e’tiboran o‘n ikki oy mobaynida ozod etiladi. Agar yakka tartibdagi tadbirkor qat’i belgilangan soliqni to‘lashdan qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ozod etilsa, mazkur imtiyoz yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun qat’i belgilangan soliq to‘lashga ham tatbiq etiladi.

Download 409.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling