Soliq huquqi
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq stavkasi
Soliq solish obyekti – qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilishga, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi soliq solish obyektidir.
Soliq solinadigan baza – soliq solinadigan yer uchastkalarining qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan normativ qiymati soliq solinadigan bazadir. Egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida vujudga kelgan yer uchastkalari uchun soliq solinadigan baza yer uchastkalariga bo‘lgan huquq vujudga kelgan oyning keyingi oyidan boshlab hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan boshlab kamaytiriladi. Yuridik shaxslarda yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozga bo‘lgan huquqlar vujudga kelganda soliq solinadigan baza bu huquq vujudga kelgan oydan boshlab kamaytiriladi. Yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozga bo‘lgan huquq tugatilgan taqdirda soliq solinadigan baza bu huquq tugatilgan oyning keyingi oyidan boshlab ko‘paytiriladi. Soliq stavkasi – har yili keyingi moliya yil uchun tasdiqlanadigan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida belgilanadi. Imtiyozlar. Yagona yer solig‘ini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi: ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tugatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun to‘liq miqdorda undiriladi; yuridik shaxslar, yer uchastkasining qaysi qismida tomchilatib sug‘orishdan foydalanilayotgan bo‘lsa, o‘sha qismida tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilingan oydan boshlab besh yil muddatga. Qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar – yagona yer solig‘i to‘lovchilarga Soliq kodeksi 282-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar ham tatbiq etiladi. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling