Soliq huquqiy munosabatlarining asosi, kelib chiqishi va tarkibi


Download 120.5 Kb.
bet1/7
Sana05.04.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1277117
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston respublikasida soliq siyosatining rivojlanish bosqichlar1


O’zbekiston respublikasida soliq siyosatining rivojlanish bosqichlar


Reja:

Kirish


  1. Soliqlarning paydo bo‘lishi, ilk ko‘rinishlari va rivojlanish bosqichlari (I-davr, II-davr, III-davr).

  2. Mamlakatimiz hududida soliqlarning paydo bo‘lishi, o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi.

  3. Amir Temur va temuriylar davrida soliqlar, soliqqa tortishning xususiyatlari.

  4. Oktyabr inqilobigacha bo‘lgan davrda soliqlar, soliqqa tortishning rivojlanishiga umumiy tavsif.

  5. Sobiq ittifoq davrida soliqlarga bo‘lgan yondashuv.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi va mustahkamlanishi soliqlarning hozirgidek pul ko‘rinishiga kelishiga olib keldi. Oldin soliqlar, asosan, chegara va qo‘shin ehtiyojlariga, shahar atrofini mustahkamlashga, yo‘l va ibodatxona qurilishlariga yig‘ilgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan soliqlar davlat xazinasi daromadining birinchi galdagi manbai bo‘lib qoldi.Hozirgi davr soliq tizimiga mohiyatan o‘xshash ilk soliq tizimi qadimgi Rimda shakllangan. Bu soliqlar faqat urush xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan. Rim aholisi o‘zining mol-mulki, turmush darajasi hamda oilaviy ahvolidan kelib chiqqan holda, soliq to‘lashgan. Soliq summalari maxsus shaxslar tomonidan hisob kitob qilingan.Rimda davlat tashkilotlarining rivojlanishi bevosita imperator Oktavian Avgustin (er.av. 63-14 yillar) tomonidan soliq islohotini amalga oshirishga, oqibatda esa, ilk pul soliqlari joriy bo‘lishiga olib keldi. Soliqlarni joriy etish va uni nazorati bilan shug‘ullanuvchi moliyaviy muassasa shakllandi. Er solig‘i davlat soliqlarining asosiy ulushini tashkil etgan. Shu qatori ko‘chmas mulkdan, baliqlardan, chorva va boshqa mollardan soliqlar undirilgan. To‘g‘ri soliqlardan tashqari egri soliqlar ham bo‘lgan. Masalan, oborot solig‘i 1 %, qullar savdosidan oborot solig‘i 4 % va boshqalar. Bu davrga kelib soliqlar nafaqat fiskal, balki u yoki bu iqtisodiy tarmoqlar bo‘yicha tartibga soluvchilik vazifasini ham bajara boshlagan.Ammo XVII asrgacha Evropada soliqlar tartibsiz undirilganligi uchun yagona tizimga ega bo‘lmagan. Ularning taqdiri urush natijalariga bog‘liq bo‘lib, goh kamayib, goh ko‘payib ketar, natijada aholining tinka-porasini quritgan edi. Faqatgina XVII asr oxiri XVIII asr boshlariga kelib soliqlar rivojlanishining ikkinchi bosqichi boshlanadi.Ikkinchi bosqichning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda soliqlar davlat byudjetini shakllantirishning asosiy manbasi sifatida ko‘rilgan. Soliq ob’ektlarini aniqlash va soliqqa tortish qonun qoidalarini tartibga soluvchi ilk soliq tizimi yuzaga kelgan. To‘g‘ri va egri soliqlar ilk bor ajratilib, bu soliqlarning muhim va ahamiyatli jihatlari ochib berilgan. Soliqlar ichida asosiy o‘rinni aktsizlar egallagan.
Ikkinchi toifa - erlar shaxsan hukmron sulolaning ayrim a’zolari, qadimiy dehqon zadagonlar, shunchaki boy dehqonlarga, sayyidlar (Muhammad payg‘ambar xonadoni avlodlari), ayrim ruhoniylar, turk gvardiyasining ayrim rahbarlari, savdogarlarga tegishli bo‘lgan xususiy mulk erlar.
X asr boshlarida Movaraunnaxrni Qaraxoniylar egalladi, ya’ni dariyzabon sulolasi o‘rnini turkiyzabon sulolasi egallagach, markazlashtirilgan davlat o‘rniga mamlakatni boshqarishning ulus tizimi o‘rnatilib, barcha er xon mulki hisoblangan, dehqonchilik er egaligi instituti sifatida tarix sahnasidan tushishiga sabab bo‘ldi. Bu davrda “iqta’” soliq yig‘ishning asosiy manbaiga aylangan. “Iqtadorlar” o‘z navbatida dehqonlarning oddiy jamoatchiga aylanishiga zamin yaratdi. Erlar muayyan muddatga “Iqtadorlar” foydasiga muayyan daromadni to‘liq yoki qisman olish huquqi bailan sovg‘a qilingan. “Iqta’” sohiblari dehqonlardan maxsus qaror bilan belgilangan soliqlarnigina olishi mumkin edi. “Iqta’”ga nafaqat erdan, balki soliqqa tortishning boshqa ob’ektlaridan (tegirmon, hammom, bozordagi do‘konlar) olinadigan soliqlar va daromadlar ham berilishi lozim edi.
1221 yilda O‘rta Osiyoda mo‘g‘ullar hokimiyati o‘rnatildi. Bu hududlarda soliq siyosatini olib borish maqsadida ular tomonidan qurultoyda taklif etilgan tadbirlar hayotga tatbiq etila boshlandi va Mahmud Yalavoch boshchiligida o‘lkadagi xalqlardan turli xildagi soliqlarni undirar edilar. “Kalon” solig‘i dehqonlardan yig‘iladigan asosiy soliq bo‘lib, u hosilning o‘ndan bir qismini tashkil etgan. Chorvadorlardan “ko‘pchur” solig‘i olingan bo‘lib, uning miqdori har yuz bosh qoramoldan birga teng edi. Bundan tashqari “Yaso” qonuni bo‘yicha aholidan davlat foydasiga “shulsi” deb atalgan soliq undirilgan. Ushbu soliq turining miqdori har bir otardan ikki yashar qo‘y va har ming otdan bir biyani (qimiz uchun) tashkil etgan.
Mavzuning dolzarbligi. Ikki asrdan ko‘proq hukmronlik qilgan arablar saltanati tugab, Somoniylar (869-1005 yillar) hukmronligi o‘rnatilgach, ular davlatida o‘nta devon tashkil etildi. Devonlardan uchtasi Devoni mustavfiy (kirim-chiqim ishlarini boshqargan) va Devoni muhtasib (bozorda toshu-tarozi, narx-navo va musulmonlar tomonidan shariat qoidalari bajarilishi ustidan nazorat qilgan), Devoni mushrif (davlat ishlari, xususan kirim-chiqim ishlarini yuritgan hamda) soliqlarni ham nazorat qilgan.
Movaraunnaxrda IX-X asrlarda erlarni soliqqa tortish ular kimga tegishli ekanligiga bog‘liq edi. Erlar uch toifaga bo‘lingan:
Birinchi toifa erlar - sultonga tegishli bo‘lib (mulki sultoniy), bunday er ustidan nazorat keyinchalik «Mulki devoniy» deb nomlangan devon (mahkama) amaldorlari tomonidan amalga oshirilib, ushbu toifadagi erlar haddan tashqari ko‘p edi. Bunday erlarga asosan dehqonlar erlari kirgan.
Mavzuning maqsadi. Mo‘g‘ullar istilosi davrida dehqonlar va hunarmandlarning ahvoli yil sayin yomonlashib bordi, chunki er solig‘ini to‘lashdan tashqari dehqonlar turli xil majburiyatlar va xizmatlarni bajarishardi. Hunarmandlar, ayniqsa, qurol tayyorlab berish kabi majburiyatlarni olgan edi. Feodal va zadogonlarga xonzoda va xon xotinlari yorliq hamda payzalar tarqatgan, bu unvonlar dehqon va hunarmandlardan turli xizmat hamda majburiyatlarni bajarishni talab qilish huquqini bergan. Payza ko‘rsatilganda mahalliy aholi, masalan sayohat qiluvchini ovqatlantirishi va unga xona, otiga em berishi va boshqa qulayliklar yaratishi shart edi.
Yil sayin aholining yashash sharoiti og‘irlashib borishi mamlakatning ko‘p joylarida qo‘zg‘olonlar ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Bu qo‘zg‘olonlar zudlik bilan bostirilgan bo‘lsada, lekin mo‘g‘ul hukmdori Munnexon Movaraunnaxrda soliq to‘lovchilar amalga oshirayotgan tartibsizliklar va suistemolliklarga tegishli farmon chiqardi. Unga ko‘ra boy kishi 10 dinor, kambag‘allar esa 1 dinor to‘laydigan bo‘ldi. Chorva solig‘i 100 tuyoqdan bir bosh olinishi belgilandi. Musulmon, xristian va butparastlar ruhoniylari, shuningdek, keksa va ishlashga noqobil kishilar soliq to‘lamaydigan bo‘ldilar.



Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling