Soliq huquqiy munosabatlarining asosi, kelib chiqishi va tarkibi
Mamlakatimiz hududida soliqlarning paydo bo‘lishi, o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi
Download 120.5 Kb.
|
O’zbekiston respublikasida soliq siyosatining rivojlanish bosqichlar1
2. Mamlakatimiz hududida soliqlarning paydo bo‘lishi, o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi
Mamlakatimiz tarixida miloddan oldingi va miloddan keyingi davrlarda hukmronlik qilgan davlatlarda, davlat boshliqlarining oliy maqsadlari o‘z xazinasini tinmay to‘ldirib borish, keyingi avlodlariga 2-3 barobar ortiq boylik qoldirish bo‘lgan. Yig‘ilgan xazinalarning eng ko‘p qismi unumsiz tadbirlarga tartibsiz sarflanib, hatto isrof bo‘lganligi ayon. Miloddan oldingi birinchi ming yillikning boshlaridayoq Markaziy Osiyo hududlarida ko‘chmanchilik sharoitida, o‘zlari uchun qulay joy izlab yurgan ko‘plab urug‘ va qabilalar, er maydonlari, suv, o‘tloqlarni egallash maqsadida kurashib kelganlar, ayrim hollarda esa, o‘zlaridan kuchliroq, yirik qabilalarga er solig‘i, ya’ni o‘lpon to‘lab turganlar. Tarixiy manbalar podshoh xazinasining dastlabki asosiy manbai sovg‘a-salom bo‘lganligidan dalolat beradi. Lekin Doro hukmronligi davriga kelganda soliqlar joriy qilinadi. “Doroni Forslar savdogar deyishlariga sabab, u birinchi bo‘lib soliqlarni joriy etganligidadir” deb yozgan edi Gerodot. Doro soliq tizimini faqat o‘z mamlakatida emas, balki zo‘rlik bilan qaram qilib olgan mamlakatlarga ham joriy etdi. Soliq miqdori satin pul birligi talant hisobida aniqlangan. Ahamoniylar hukmronligi davrida Markaziy Osiyoda yashovchi qabilalardan soliqlar salkam ikki asr mobaynida yillik xiroj va harbiy otryadlar etkazib berish shaklida undirilgan. Bu davrda soliq turlari ham har xil bo‘lgan. Masalan, sak va kasbiylar kabi qabilalar 250 talant (1 talant 25 kg. 248 gr. Sof oltinga teng bo‘lgan), ya’ni 6312 kg. miqdorida, parfiyaliklar, xorazmiylar, so‘g‘dlar va oriylar 300 talant, ya’ni 7575,4 kg. miqdorida xiroj to‘lashgan. Qat’iy belgilangan xirojlardan tashqari har xil sabablarni ro‘kach qilib qo‘shimcha soliqlar ham joriy etilar va ular suv yo‘lini to‘sib qo‘yish yoki boshqa xil zo‘ravonlik kabi tahdidlar orqali undirib olinar edi. Erondagi qadimgi Persapol shahridan topilgan uzoq ajdodlarimiz - baqtriyaliklar, xorazmliklar, so‘g‘dlar va saklar tasvirlagan rasmlarda, saklar kiyim-kechak, baqtriyaliklar tuya va idishlar, xorazmliklar dudama xanjar, jangavor bolta, bilakuzuk va otni shohga olib borayotgan manzara chizilgan. So‘g‘d bitiklariga ko‘ra O‘rta Osiyoga mashhur otlar, oltin, firuza va qimmatbaho toshlar olib kelingan. Aleksandr Makedonskiy Markaziy Osiyoni bosib olib, uni o‘z saltanati tarkibiga kiritgach, bu erda istiqomat qiluvchilar soliqlarni yunonlar tamoyili bo‘yicha to‘lay boshlaganlar. Yunonistonda soliqqa tortish Markaziy Osiyodagidan farq qilib, soliqlar daromad solig‘i va ehsonlardan iborat bo‘lgan. Daromad solig‘i daromadning o‘ndan yoki yigirmadan biri miqdorida undirilgan va jamoat manfaatlarini himoya qilish maqsadlari yo‘lida ishlatilgan. Aleksandr Makedonskiy Markaziy Osiyoda asosan Ahamoniylar barpo etgan davlat apparati tuzilmasini saqlab, mahalliy zadagonlar tarkibidan satraplar hokimiyatini tuzgan. Maxsus soliq xizmati joriy qilmagan, soliq undirish vazifasi muayyan kishi zimmasiga yuklatilgan. Ular esa soliq to‘lovchilardan xazina bilan tuzilgan shartnomada belgilangandan ko‘ra ko‘proq soliqlar yig‘ib, o‘z manfaatlari uchun ham qo‘shimcha mablag‘lar to‘plab olishgan. Eramizdan oldingi 140 yilda Yunon-Makedon mamlakati barham topdi. I asrning oxiridan boshlab to hozirgi eramizning IV asr o‘rtalarigacha Markaziy Osiyoda Kushon podsholigi hukmronlik qildi. Bu davrda soliqlarni hisoblash va undirish tartibi haqida etarli ma’lumot bo‘lmasa ham, lekin ayrim arxeologik topilmalar, soliqlar oltin bilan hisoblanishini, undagi hujjatlar soliqlarni qabul qiluvchi xazinabon lavozimi bo‘lganligidan darak beradi. Surxondaryoning Denov shahriga yaqin Dalverzintepa qishlog‘idan topilgan Kushon davlati davrida bunyod etilgan saroy qoldiqlari orasidan 40 kg dan ortiq oltin joylashtirilgan xum topilgan. Ashxobod yaqinidan topilgan bitiklar, yozuvlar esa soliq to‘lash bo‘yicha katta devon bo‘lganligidan darak beradi. Bu hujjatlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, soliq yig‘ish va mahsulotlarni asrashga ko‘pdan-ko‘p amaldorlar jalb qilingan. IV-VI asrlardagi turkiy qavmlar tarixiga oid qadimgi manbalarda qabilalar, urug‘lar o‘rtasida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda mag‘lubiyatga uchragan tomon aholisi yangi hukmdorlariga mavjud er yoki chorvalari uchun soliqlar to‘lab turganligi, dehqonchilik yoki chorvachilik bilan shug‘ullanish imkoni bo‘lmagan joylarda esa soliq o‘rniga belgilangan miqdorda konlardan ma’danlar qazib berganliklari kabilar haqida ma’lumotlarni uchratish mumkin. Arablar istilosigacha Markaziy Osiyoda shakllangan soliqlar tizimining xususiyati shundan iboratki, bu davrda quldorlik va feodal davlat boshqaruvining o‘ziga xos belgilari birlashib ketgan, hatto ayrim hollarda zadagonlar lashkar boshilarga maosh to‘lamasdan, uning o‘rniga ikkitoy tizimi joriy qilingan. Soliqlarni undirishda mahalliy oqsoqollar bilan birga soliq undirishni ijara usuli ham qo‘llanilgan. Soliqlar ko‘pchilik hollarda tumanlar bo‘yicha belgilanib, to‘lovchilarning xususiyatlari e’tiborga olinmagan. 651 yildan boshlab mamlakatimiz hududida arablar hukmronligi o‘rnatildi. Soliqqa tortish tizimi bir muncha murakablashdi va soliqlarning turli xillari paydo bo‘ldi. Masalan, xayr-ehson ehtiyojlari uchun soliq - zakot (mol-mulkdan 2,5 foiz miqdorida) ijtimoiy keskinlikni yumshatish uchun mo‘ljallangan, kambag‘allar, etimlar va yo‘lovchilarga xayr-ehson berishda foydalanilgan. Bundan tashqari, quyidagi soliqlar mavjud edi, vazifa - o‘lpon, juzya - jon solig‘i, xiroj - er solig‘i. Xiroj quyidagi shakllarda undirilgan: Misaha - ishlov beriladigan maydon birligidan qat’iy stavkalarda; Muqota - qat’iy belgilangan summada; Muqosama - hosilning muayyan ulushida (1/3 qismi). 3Xiroj Navro‘z bayrami arafasida yig‘ib olingan. Juzyani musulmon bo‘lmagan fuqarolar (ozod erkaklar) to‘laganlar. Xotin-qizlar, keksalar, kambag‘allar va qullar bu soliqni to‘lashdan ozod qilingan. Juzyani hisoblashda o‘ziga to‘qlik darajasi hisobga olingan va soliq pul yoki natura shaklida undirilgan. Yuqoridagi soliqlardan tashqari chorvadorlardan, hunarmandlardan va savdogarlardan soliqlar olingan. Arablar hukmronlik qilgan davr soliq siyosatida ancha muvaffaqiyatlarga erishilgan bo‘lsada, ammo ba’zi kamchiliklar ham mavjud bo‘lgan. Xususan, Noib Ashras olib borgan soliq siyosatida, qisqa vaqt ichida ikki qarama-qarshi yo‘l tutilgan. Oldiniga musulmonlar juzya va xirojdan ozod etilgan. Ammo ko‘p vaqt o‘tmay xazinaga tushumlarning keskin qisqarib ketishi bu farmonni bekor qilishga majbur etgan. Oqibatda So‘g‘d va Buxoroda norozichilik kuchayib, u qo‘zg‘olonga aylangan. Ashrasning muvaffaqiyatsiz soliq siyosati tufayli arablarga qarshi qudratli harakat avj olib, Movaraunnaxrning tez orada arablar ixtiyoridan chiqishi bilan yakunlandi. Soliq yig‘ishga mas’ul etilgan Mahmud Yalovoch qo‘zg‘olondan so‘ng o‘z lavozimidan bo‘shatildi va Movaraunnaxrdan haydab yuborildi. Soliq yig‘uvchi va noib etib uning o‘g‘li Mas’udbek tayinlanib, u bu lavozimda 51 yil xizmat qildi. U mo‘g‘ullarga o‘lpon va soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab turdi. Natijada mo‘g‘ullar Movaraunnaxrni boshqarish ishiga aralashmaganlar. Bunday holat Amir Temur hokimiyati o‘rnatilguncha davom etdi. Download 120.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling