Soliq inspektsiyasi ish faoliyati bilan tanishish


«Tahlika tahlil» (Risk analiz) dasturiy mahsuloti


Download 445.47 Kb.
bet22/24
Sana30.04.2023
Hajmi445.47 Kb.
#1414072
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Solijonov DSI

4.8. «Tahlika tahlil» (Risk analiz) dasturiy mahsuloti
O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2010 yil 8 yanvardagi «Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1257-sonli qarori, Davlat soliq qo‘mitasining 2012 yil 19 noyabrdagi 81-f-sonli farmoyishlariga asosan yagona ma’lumotlar bazasidan foydalanib, Davlat soliq xizmati organlarida mavjud ichki va tashqi manba ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan holda tahlil qilib, tahlil natijasida faoliyatida qonun buzilishi holatlari boshqa subyektlarga nisbatan yuqori bo‘lgan subyektlarni aniqlash imkoniyatini kengaytirish, «Tahlika tahlil» (Risk analiz) dasturiy maxsulotini takomillashtirib borish lozimligi hamda dasturiy maxsulot imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, Davlat soliq qo‘mitasining 2013 yil 28 sentabrdagi 411-sonli buyrug‘iga asosan «Tahlika tahlil» dasturiy mahsuloti 2013 yil 1 oktabridan 10 noyabriga qadar Mirobod, Yakkasaroy, Nukus shahar, Ellikqal’a, Zangiota va Yangiyo‘l tumani davlat soliq inspeksiyalarida tajribaviy sinovdan o‘tkazildi. Davlat soliq qo‘mitasining 2013 yil 25 dekabrdagi 534-sonli buyrug‘iga asosan «Tahlika tahlil» dasturiy mahsuloti 2013 yil 26 dekabrdan davlat soliq xizmati organlarida amaliyotga joriy etiildi. Davlat soliq qo‘mitasining 2015 yil 10 noyabrdagi 3132-if-sonli topshirig‘ining 1-bandiga asosan mazkur dasturiy mahsulotga qo‘shimcha texnik topshiriq ishlab chiqilib dasturiy mahsulot takomillashtirildi.
Davlat soliq qo‘mitasining 2015 yil 12 iyuldagi 226-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq mazkur «Tahlika tahlil» dasturiy mahsuli «Tahlika tahlil» dasturiy mahsuloti deb o‘zgartirildi.
4.9. «Yakka tartibdagi tadbirkorlardan hisobotlarni elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash» avtomatlashtirilgan axborot tizimi
«Yakka tartibdagi tadbirkorlardan hisobotlarni elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash» avtomatlashtirilgan axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi «Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4453-sonli Farmoni hamda Adliya vazirligida 2013 yil 22 martda 2439-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan. Davlat soliq qo‘mitasining 2013 yil 24 apreldagi «Yakka tartibdagi tadbirkorlardan hisobotlarni elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash interaktiv davlat xizmatini ko‘rsatish reglamentini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish to‘g‘risida»gi 160-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etilgan. Davlat soliq qo‘mitasining 2015 yil 12 iyuldagi 226-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq mazkur «Yakka tartibdagi tadbirkorlardan hisobotlarni elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash» interaktiv davlat xizmati «Yakka tartibdagi tadbirkorlardan hisobotlarni elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash» avtomatlashtirilgan axborot tizimi deb o‘zgartirildi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat xokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 181-sonli qaroriga asosan Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ko‘rsatiladigan yakka tartibdagi tadbirkorlardan soliq hisobotlarini elektron qabul qilish va qayta ishlash interaktiv davlat xizmatining tartibi, shartlari va muddatlarini belgilaydi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimining tarkibi chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi, shu jumladan chetdan tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan hisobotlarni elektron ko‘rinishda jo‘natish, qabul qilish va qayta ishlash xizmatlarini web texnologiyalari orqali amalga oshirishdan iboratdir.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimining mazmuni quyidagilardan iborat:
yakka tartibdagi tadbirkorlarning elektron soliq hisobotlarini shakllantirish, elektron raqamli imzo bilan imzolash, shifrlash va elektron hujjat ko‘rinishida soliq idoralariga jo‘natish;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlarning elektron soliq hisobotlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish va qayta ishlash;
soliq hisobotlarini elektron hujjat ko‘rinishida yuborgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, hisobotlar qabul qilinganligi yoki rad etilganligi yuzasidan tasdimnoma yuborish;
rad etilgan soliq hisobotlarini qayta to‘g‘ri shakllantirish va jo‘natilgan tartibda elektron hujjat ko‘rinishida davlat soliq xizmati organlariga jo‘natish;
elektron ko‘rinishda taqdim etilgan hisobotlarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlash.




Download 445.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling