Soliq inspektsiyasi ish faoliyati bilan tanishish


Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limining tuzilmasi, vazifalari va faoliyatini o‘rganish


Download 445.47 Kb.
bet4/24
Sana30.04.2023
Hajmi445.47 Kb.
#1414072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Solijonov DSI

1. Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limining tuzilmasi, vazifalari va faoliyatini o‘rganish.
1.1. Yuridik shaxslarni hisobga olish, hisobini yuritish, soliq obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni hisobga olish, soliqlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lovlarni byudjetga undirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 mart 130-sonli qaroriga asosan soliq to‘lovchilarga identifikatsion raqam beriladi.
Identifikatsiya raqami soliq to‘lovchilarga-yuridik (jismoniy) shaxslarga ular o‘zlari joylashgan (yashaydigan) joydagi Davlat soliq inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazish shakllarini to‘ldirgandan keyin beriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish shakllari ma’lumotlari davlat soliq inspeksiyasida kompyuterda yoziladi, elektoron pochta orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga beriladi, Davlat soliq qo‘mitasida identifikatsiya raqamini berishda har bir soliq to‘lovchining ma’lumotlari tekshiriladi. Berilgan identifikatsiya raqami yoki uni berish rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda elektoron pochta orqali Davlat soliq inspeksiyasiga qaytariladi.
Davlat soliq qo‘mitasidan identifikatsiya raqami berilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar olingach, Davlat soliq inspeksiyasida soliq to‘lovchilarga identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etiladi.
Identifikatsiya raqamini:

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuzilayotgan xo‘jalik, fuqarolik-huquqiy va mehnat shartnoma (kontrakt)larida, ularga ilovalarda;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bitishuvlar sodir etilganligini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda, shu jumladan schyot-fakturalarda va transport hujjatlarida;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy, mulkiy va qiymat ifodasiga ega bo‘lgan boshqa majburiyatlarning yuzaga kelishini, shuningdek, ularni bajarilganligini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qiymat ifodasiga ega bo‘lgan aktivlarga mulk egasi huquqi sotib olinganligini va berilganligini belgilovchi va tasdiqlovchi, shuningdek bunday huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda;

  • davlat soliq inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazishga asos bo‘ladigan ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda Respublika Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan ushbu ishlarga vakil qilingan boshqa organlar tomonidan (tadbirkorlik faoliyati, shuningdek faoliyatning boshqa muayyan turlari bilan shug‘ulanish uchun) berilgan litsenziyalarga;

  • bank to‘lov hujjatlarining elektron shakllariga;

  • davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladigan hisobot hujjatlariga;

  • Davlat maxsus jamg‘armalaridan ijtimoiy nafaqalar berish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish va to‘lov hujjatlariga qo‘yish majburiydir.

Yuridik shaxsni tugatish uchun quyidagilar asos bo‘lib hisoblanadi:
-yuridik shaxs muassislarining (qatnashchilari)ning qarori (ixtiyoriy tugatish);
-xo‘jalik sudining qarori.

Download 445.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling