Soliq qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlik tushunchasi va turlari
Soliq qonunchiligi buzganlik uchun yuridik javobgarlik tushunchasi va turlari
Download 49,57 Kb.
|
Mustaqil ish
Soliq qonunchiligi buzganlik uchun yuridik javobgarlik
tushunchasi va turlari Yuridik javobgarlik bu huquqbuzarga nisbatan davlat tomonidan qonun hujjatlariga ko‘ra sanksiyalar doirasida majburlov choralarini qo'llash bo'lib hisoblanadi. Yuridik javobgarlikning umume’tirof etilgan lurlariga moddiy, intizomiy, m a’muriy va jinoiy javobgarliklami keltirish mumkin. Soliq qonunchiligini buzganlik uchun yuridik lavobgarlik bir qator o‘ziga xos xususiyatlaiga ega bo‘lib ular:
Soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etilganda huquqbuzarni javobgarlikka tortishda bir qator umumiy shartlar mavjud bo‘lib, unga ko‘ra hech kim soliqqa oid huquqbuzarlik uchun Soliq kodeksida nazarda tutilganidan boshqa asoslar bo'yicha va tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Shuningdek, hech kim soliqqa oid sodir etilgan aynan bitta huquqbuzarlik uchun takroran javobgarlikka tortilishi mumkin emasligi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilanganidek, javobgarlikka tortishning asosiy shartlaridan biri bu jismoniy shaxs sodir etgan soliqqa oid huquqbuzarlikda 0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bo‘lmasligi lozimdir. Yuridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilishi tegishli asoslar mavjud bo'lgan taqdirda, uning mansabdor shaxslari ma’muriy, jinoiy va boshqa javobgarlikka tortiladi. Shaxsning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanmaguniga qadar, u soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor hisoblanmaydi. Javobgarlikka tortilayotgan shaxs o‘zining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikda aybsiz ekanligini isbotlashi shart emas. Soliq to'lovchining soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilishi uni soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash majburiyatidan ozod etmaydi. Quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud bo'lgan taqdirda shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
Shuningdek, soliq to'lovchi soliq tekshiruvi o'tkazilguniga qadar xatoni o'zi tuzatgan taqdirda javobgarlikdan ozod etiladi. Quyidagilar shaxslaming soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini istisno qiladigan holatlar deb e’tirof etiladi:
Quyidagilar shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun Download 49,57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling