Soliq qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlik tushunchasi va turlari
javobgarlikka tortishni istisno qiladigan holatlar
Download 49.57 Kb.
|
Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq qonunchiligini buzganlik uchun moliyaviy, ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik Moliyaviy javobgarlik.
- Moliyaviy sanksiya deganda
javobgarlikka tortishni istisno qiladigan holatlar deb e’tirof etiladi:
soliqqa oid huquqbuzarliklar huquqbuzarlik sodir etish vaqtida o'n olti yoshga to'lmagan jismoniy shaxs tomonidan sodir etilganda; soliq majburiyatlari bo'yicha da’vo muddatlari tugaganda. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar Soliq kodeksining 111-moddasida ifodalangan bo'lib, .ulaiga quyidagilar e’tirof etiladi: huquqbuzarlikni og'ir shaxsiy yoki oilaviy sharoitlar kechishi oqibatida sodir etish; huquqbuzarlikni tahdid yoki inajburlash ta’sirida yoxud moddiy, xizmat yoki boshqa jihatdan qaramlik sababli sodir etish, shuningdek sud tomonidan javobgarlikni ycngillashtiruvchi deb topilishi mumkin bo'lgan boshqa holatlar bo'lishi mumkin. Soliq qonunchiligini buzganlik uchun moliyaviy, ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik Moliyaviy javobgarlik. Mamlakatimiz qonunchiligida «moliyaviy jazo (sanksiya)» atamasi qo'llanilib kelinadi. Aytish joizki, O'zbekiston Respublikasida amalda bo'lgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarda ishlatilib kelinayotgan «iqtisodiy sanksiya», «moliyaviy jarima» yoki «moliyaviy jazo» atamalarini bir xil nom bilan, ya’ni «moliyaviy sanksiya» deb nomlash lozim. Moliyaviy sanksiya deganda, mulkiy va nomulkiy ta’sir etish xususiyatiga ega bo'lgan, soliq hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilangan qoidalami buzganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qo'llaniladigan davlatning majburlov chorasi tushuniladi. Moliyaviy sanksiya deganda, moliyaviy javobgarlik chorasi va doirasini o'z ichiga olgan, moliyaviy munosabatlami tartibga soluvchi va moliyaviy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda vakolatli organ (sud) tomonidan qo'llaniladigan, huquqbuzarga nisbatan mulkiy va nomulkiy ta’sir etish xususiyatiga ega bo'lgan moliyaviy javobgarlik normasining majburiy tuzilmaviy elementi tushuniladi. Moliyaviy javobgarlik davlat majburlovining alohida chorasi bo'lib, soliq munosabatlarini, budjetni shakllantirish va ijro etish bo'yicha yuzaga keladigan munosabatlami, bank, valuta munosabatlarini tartibga solish va nazorat qilish jarayonida qo'llaniladigan yuridik javobgarlikning bir turidir. Moliyaviy sanksiyalaming maqsadi moliyaviy tizimga zararlarni bartaraf etish, ijtimoiy adolatni tiklash, moliyaviy huquqbuzarliklarni takror sodir etilishini ogohlantirishdan iborat. Moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik chorasi bo'lib, pul undirish (jarimalar va penya) tarzida qo'llaniladi. Soliq to'lovchi jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar faqat sud tartibida qo'llaniladi. Soliqlar, boshqa majburiy to'lovlar va penya materiallar sudga berilgan kundan e’tiboran o'ttiz kun ichida ixtiyoriy ravishda to'langan taqdirda tadbirkorlik subyekti — soliq to'lovchi o'ziga nisbatan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lamaganligi uchun jarimalar qo'llanilishidan ozod qilinadi. Moliyaviy sanksiyalar jarima va penya ko'rinishida bo'lgan, soliq hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilangan qoidalami buzganlik uchun soliq to'lovchilaiga nisbatan faqat sud tartibida qo'llaniladigan jazo turlaridan biridir. Moliyaviy sanksiyalaming quyidagi belgilari mavjud: moliyaviy sanksiyalar moliyaviy huquqiy munosabatlami tartibga solishning muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi hamda moliyaviy sanksiyalar milliy huquq tizimidagi sanksiyalaming mustaqil turi hisoblanadi. moliyaviy sanksiyalar moliyaviy javobgarlikni ta’minlashning muhim vositasidir; moliyaviy sanksiyalar huquqbuzaming pul mablag'lariga ta’sir etish xususiyatlariga ega bo'lib, o'z navbatida bu ta’sir pul mablag'larini undirish yoki pul mablag'laridan foydalanishni cheklash yoxud huquqni tashkiliy jihatdan cheklashni nazarda tutadi; moliyaviy sanksiyalami qo'llashga moliyaviy huquqbuzarlikning sodir etilishi, ya’ni yuridik fakt asos bo'lib xizmat qiladi; moliyaviy sanksiyalar qo'llash o'ziga xos protsessual tartibi bilan ham ajralib turadi. Moliyaviy sanksiyalar quyidagi ikki turga ajratiladi: Download 49.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling