Soliq tekshirishlari turlari va ularni tashkil qilish tartibi
Soliq tekshiruvlari guruhlanishi
Download 159.5 Kb.
|
Soliq tekshirishlari turlari va ularni tashkil qilish tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq tekshirishlarining ishtirokchilari
Soliq tekshiruvlari guruhlanishi
Respublikamizda nazorat qiluvchi organlar tomonidan xo'jalik sub'ektlari iqtisodiy faoliyatiga ortiqcha nazoratlar orqali to's-qinliklar qilishi yoki boshqa noqonuniy harakatlaming oldini olishda 2001 yil 8-maydan joriy qilingan «Xo'jalik sub'ektlari faoliyatini tekshirishni o'tkazish tartibi va tekshirishlarni ro'y-xatdan o'tkazish Kitobini yuritish to'g'risida»gi Nizom katta aha-miyatga ega bo'ldi. Nazorat qiluvchining mazkur Kitobga qayd qilish-dan bosh tortishi xo'jalik sub'ektining tekshirish o'tkazishga yo'l qo'ymaslik huquqini beradi. 2003 yilda so'rov o'tkazilganlarning 88% da mavjud edi. Soliq tekshirishlarining ishtirokchilari bo'lib, tekshirish to'g'risidagi buyruqda ko'rsatilgan DSX organlari mansabdor shaxs-lari va soliq to'lovchilar yoki soliq agentlari hisoblanadi. Soliq tekshirishlarida soliq to'lovchilar yoki soliq agentlarining vakil-lari ishtirok etishi mumkin. Zaruriy hollarda tekshirishlarga ekspertlar tarjimonlar va tekshirish natijalaridan manfaatdor bo'lmagan shaxslar jalb qilinadi. QR Savdo sanoat palatasi a'zo-lari bo'lgan soliq to'lovchilar tekshirilganda, tekshirishda Palata-ning vakillari ham ishtirok etish mumkin. Rejali tekshirishlarni o'tkazish uchun asos bo'lib tekshirish-larni o'tkazishning muvofiqlashtirilgan rejasidan ko'chirma (te-gishli muhr va imzo bilan tasdiqlangan holda); tekshirish maqsadi, muddati, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi ko'rsatilgan DSX organi buyrug'i hisoblanadi. Rejadan tashqari tekshirishlarni о 'tkazish uchun asos bo 'lib kenga-shning maxsus qarori bo'lib, unda tekshiriladigan ob'ekt, nning maq-sadi, davri, muddati va uni asoslovchi sabablar ko'rsatiladi; tekshi-rish o'tkazish to'g'risidagi DSX organi buyrug'i asos bo'lib hisoblanadi. Muqobil tekshirishlarni o'tkazish uchun asos bo'lib kengashning bunday tekshirish o'tkazish haqidagi maxsus qarori bo'lib, unda tekshiriladigan ob'ekt, uning maqsadi, davri, muddati va tek-shiriladigan o'zaro munosabat ob'ekti ko'rsatiladi; tekshirish o'tkazish to'g'risidagi DSX organi buyrug'i hisoblanadi. Tugatilayotgan yuridik shaxsni rejadan tashqari tekshirish о 'tkazish uchun asos bo'lib tugatilayotgan yuridik shaxs arizasi; tekshirish o'tkazish to'g'risidagi DSX organi buyrug'i hisoblanadi. Soliq tekshirishlarini o'tkazish soliq to'lovchi yoki soliq agen-ti faoliyatini tqxtatib qo'yishi mumkin emas. Boshqa shaharlarda davlat ro'yxatidan o'tgan soliq to'lovchilarni tekshirish ro'yxatdan o'tgan joydagi soliq organlari bilan bir vaqtda tekshirishni takrorlamagan holda amalga oshiriladi. Soliq tekshirishlarini о 'tkazishning yana bir necha talablari bo 'lib ular quyidagilardan iborat: O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko'rsatilgan holatlardan tashqari soliq tekshirishlarini o'tkazish soliq to'lovchining yoki soliq agentining faoliyatini tqxtatishi kerak emas; boshqa shaharlarda davlat ro'yxatidan o'tgan tadbirkorlik sub'ekt-larini soliq organi tomonidan tekshirish, ishlab chiqarish binolari, savdo nuqtalari, xizmat ko'rsatish joylari qaerda joylashganligidan qat'i nazar, takroriylikka yo'l qo'ymagan holda tadbirkorlik sub'-ektining davlat ro'yxatidan o'tgan joydagi soliq organi bilan bir-galikda va bir vaqtda amalga oshiriladi; soliq tekshirishlari tekshirish o'tkazish rejasi doirasidan va davlat soliq organi vakolatidan tashqariga chiqishi mumkin emas. Soliq tekshirishini o'tkazish rejasi tekshirishni o'tkazuvchi man-sabdor shaxs tomonidan tuziladi (har bir tekshirish bo'yicha alohi-da) va soliq organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Tekshirishni о 'tkazish rejasida quyidagilar ko'rsatilishi kerak: soliq tekshirishini o'tkazish muddati va vaqti; tekshirishini o'tkazish vaqtida ko'riladigan masala yoki masalalar doirasi; soliq tekshirishida foydalaniladigan, asoslaniladigan va rioya qili-nadigan soliq qonunchiligi hujjatlari ro'yxati; tekshirish turidan kelib chiqib boshqa ma'lumotlar. Наг bir soliq tekshirishlari turi bo'yicha soliq tekshirishini o't-kazish rejasining shaldi, uni tuzish qoidalari nazorat organlari fao-liyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan Davlat soliq qo'mi-tasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Muqobil tekshirish faqat tekshirilayotgan soliq to'lovchi yoki so-liq agenti bilan munosabatlar qismida amalga oshirilishi mumkin. Muqobil tekshirish vaqtida soliq to'lovchining joyiga borish va ular-dan tekshirish predmetiga aloqasi bo'lmagan moliya-buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilish man qilinadi. Soliq tekshirishlari o'z ichiga soliq to'lovchining yoki soliq agenti-ning tekshirilayotgan yildan oldingi besh yillik faoliyatini o'z ichiga olishi mumkin. Awal tekshirilgan masalalar va davr bo'yicha tekshirish-lar o'tkazish man qilinadi. Soliq tekshirishlarini o'tkazishda soliq organi belgilangan tartib-da soliq to'lovchi yoki soliq agentining hududlari va binolarni ko'zdan kechirish, muMari inventarizatsiyasini o'tkazish, hujjatlarni talab qi-lish, hujjatlar va predmetlarni olib qo'yish, soliq to'lovchidan tushun-tirish olish, bank hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalarni to'xtatish chora-larini ko'rish, ekspert jalb qilish va ekspertiza belgilash, aniqlangan soliq qonunchiligi huquqbuzarliklarini barataraf etishni talab qilish, Soliq kodeksi va boshqa O'zR qonunchiligi hujjatlarida ko'zda tutilgan harakatlaini amalga oshirishga haqlidirlar. Tekshirish natijalari bo'yicha tekshirish dalolatnomasi tuziladi. Soliq to'lovchi yoki soliq agenti tekshirish o'tkazayotgan davlat soliq xizmti organi mansabdor shaxslarining ular vakolatiga kirmaydigan masalalar bo'yicha talablarini bajarmaslikka va soliq tekshirishi predmetiga va tekshirilayotgan davrga tegishli bo'lmagan materiallar bilan tanishtirmaslikka haqlidirlar. Tekshirish davrida soliq to'lovchi tomonidan tekshirilayotgan davr-ning soliq hisobotlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi. Download 159.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling