Soliq tizimi va uning mohiyati
Download 55.5 Kb.
|
Referat iqt nazariya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq stavkasi
- Soliq to’lash tartibi
Soliq solish obyekti - soliq to’lovchida soliq yoki boshqa majburiy to’lov hisoblab chiqarilishi va (yoki) to’lanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol-mulk, harakat natijasidir.
Soliq solinadigan baza - soliq solish obyektining soliq yoki boshqa majburiy to’lovning stavkasi tatbikan belgilangan ko’rsatkichlardagi qiymat, miqdor, fizik va boshqa tavsiflarini ifodalaydi. Soliq stavkasi - soliq solinadigan bazaning o’lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan foizlardagi yoki mutlaq so’mmadagi miqdorni ifodalaydi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi. Soliq va boshqa majburiy to’lovni hisoblab chiqarish tartibi – soliq davri uchun soliq solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek imtiyozlar mavjud bo’lsa, shu imtiyozlardan kelib chiqib , soliq va boshqa majburiy to’lov so’mmasini hisoblash koidalarini belgilaydi. Soliq va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish soliq to’lovchi tomonidan mustakil ravishda amalga oshiriladi. Soliq Kodeksda nazarda tutilgan xollarda, soliq va boshqa majburiy to’lovni hisoblab chiqarish majburiyati davlat soliq xizmati organiga yoki soliq agenti zimmasiga yuklatilishi mumkin. Soliq davri – u tugaganidan keyin soliq solinadigan baza aniqlanadigan hamda soliq yoki boshqa majburiy to’lov so’mmasi hisoblab chiqariladigan davrdir. Soliq davri bir necha hisobot davriga bo’linishi mumkin bo’lib, ularning yakunlari bo’yicha hisob-kitoblarni taqdim etish hamda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’lanishi lozim bo’lgan so’mmalarini to’lash majburiyati yuzaga keladi. Joriy to’lovlarni to’lash bo’yicha majburiyat yuzaga kelgan davr hisobot davri bo’lmaydi. Soliq to’lash tartibi – Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash milliy valyutada, qonun xujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida amalga oshiriladi. 3. Soliqqa tortish obyekti va iqtisodiy mohiyati bo’yicha soliqlarning turkumlanishiSoliq solish obyekti bo’yicha soliqlar 4-ta guruhga bo’linadi: Oborotdan olinadigan soliqlar; Daromaddan olinadigan soliqlar; Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar; Yer uchastkalari maydonidan olinadigan soliqlar. Endi, har bir guruhga kiruvchi soliqlarni ko’rib chiqamiz. Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling