Soliq va soliqqa tortish


Download 88.89 Kb.
bet1/6
Sana19.04.2023
Hajmi88.89 Kb.
#1363177
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mirzohid IKT mustaqil ta\'lim


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



ANDIJON FAKULTETI
SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH” yo’nalishi
I bosqich SST-70-22-guruh talabasi
Kenjayev Mirzohid Jaloliddin o'g'lining
Iqtisodiyotda information kommunikatsion texnologiyalar” fanidan tayyorlagan mustaqil ish
REFERATI

Bajardi: M.Kenjayev


Tekshirdi: A.Akbarov
Andijon– 2023-y.

Ma'sofaviy ta'lim texnologiyalari


Reja:
Kirish.
1. O‘qitishning texnika vositalari
2. Masofaviy ta’lim tizimi tamoyillari va qoidalari.
3. Masofaviy ta’limning afzalliklari, kamchiliklari
4. Masofaviy o’qitish jarayonida zaruriy bo’lgan texnika vositalar.
Xulosa.
Foydanilgan adabiyotlar.

Tayanch iboralar: Masofaviy ta’liman’anaviy o‘qitish, egiluvchanlik, modullik, qurshov, tejamkorlik, texnologiyalilik, ijtimoiy teng huquqlilik,
baynalminallik;
Kirish .
Ilmiy texnik taraqqiyotning xususiyatlari mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish va uzluksiz, ijodiy bilimlarni egallashni talab qiladi va bu istiqbolli, zamonaviy o’quv tizimlari uchun qo’yiladigan talablardan biridir. YuNESKO “Ta’limni axborotlashtirish instituti” mutaxassislarning fikricha, ta’lim jarayonini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlaridan biri dunyo aholisiga axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, masofaviy o’qitish va mustaqil o’qish imkoniyatlaridan keng foydalanish ta’minotini yaratishdir. Masofaviy o’qitish – bu masofadan turib o’qitishdir, ya’ni o’quv mashg’ulotlarining barchasi yoki ko’p qismi telekommunikatsion va zamonaviy axborotlashtirish texnologiyalari asosida olib boriladi.
Masofaviy o’qitish – ilmiy-texnikaviy taraqqiyot davrning mahsulidir va ayni vaqtda uning rivojlanish katalizatori hamdir.
Respublikamizda bugungi kunda kompyuter texnologiyalari va Internet tarmog’ini rivojlantirishga katta ahamiyat berilyapti. Shunga ko’ra, ta’lim tizimidagi o’quv yurtlarida informatika va axborot texnologiyalari fanlarining o’qilitishi - davr talabi bo’lib qolmoqda.
Shak-shubhasiz, sungi yillarda mutaxasislar yakdil tasdiklayotganlaridek, mamlakatimizda bu yunalishda sezilarli kadamlar kuyildi. Lekin shu soxadagi faoliyat xozircha talablar darajasida emas. Masalan, 2003 yilda EXMlar uchun dasturlarga patent olish uchun faqatgina 140 ariza ruyxatga olingan. Shu bilan birga, 2005-2013 yidagi ma’lumotlarga kura mamlakatdagi 631 akademik litsey va kasb-xunar kolledjining faqat 22 tasi, respublikadagi 64 oliy o’quv yurtning 40 tasi Internet tarmoklariga ulangan xolos. Respublikamizdagi kupgina o’quv yurtlari eski avlod kompyuterlar bilan jihozlangan yoki umuman kompyuterlashtirilmagan. Oliy ta’lim muassasalarning xar bir 100 talabasiga o’rtacha hisobda 3,3 kompyuter mos keladi (ma’lumotlar Toshkent aloqa institutida o’tkazilgan ilmiy amaliy konferensiya materiallaridan olingan). Kadrlar tayyorlashning sifatini yanada yaxshilash, ta’lim tugrisidagi konunni tula amalga oshirish uchun ta’limning turli shakllaridan foydalanish zarur bulib kelyapti.

Bu borada hukumatimiz tomonidan ko’p ishlar olib borilmoqda. Shularga Respublikasizda yangi rivojlangan, "masofaviy ta’lim" deb nomlangan, ta’lim turi misol kilishimiz mumkin. Ta’limning bu turi shu paytgacha mavjud bulgan ta’lim turlaridan uzining ayrim ijobiy tomonlari bilan ajralib turadi.


Masofaviy ta’lim (MT) – bu o’qituvchi va o’quvchi bir biri bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, informatsion texnologiyalardan fodalanilgan ta’lim turi.


Bu ta’lim turini paydo bo’lishiga asosiy sabab deb informatsion va kommunikativ texnologiyalarning tezkor rivojlanishi va ular asosida prinsipial yangi ta’lim texnologiyalar (internet texnologiyalar) yaratilishini xisoblash mumkin. Internet texnologiyalardan foydalanish bizga o’quv materiallarni cheksiz va juda arzon tarkatish va kupaytirish, xamda uni o’quvchilarga tezkor va anik yetkazish imkoniyatlarini yaratib berdi. Shu bilan birga ta’lim interaktiv bulganligi sababli, o’quvchining o’z ustidan mustaqil ishlashning urni juda katta axamiyatga ega buladi.



Download 88.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling