Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


III. Dalolatnomaning yakuniy qismi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

III. Dalolatnomaning yakuniy qismi.
28)
29)
* Izoh: Soliq tekshiruvi dalolatnomasiga soliq va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek,
boshqa masalalar bo‘yicha aniqlangan huquqbuzarliklardan dalolat beruvchi hujjatlar (asli yoki nusxasi) ilova qilinishi lozim bo‘ladi.
(24-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-son 
qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana
savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi 
nizomda
:
a) 
20-band 
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar quyidagilarga majbur:
o‘z korxonasining to‘liq nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
xaridorning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan joylarda)
joylashtirishi;
tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi;
qonun hujjatlarida belgilangan holda sotish joylarida sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga
ega bo‘lishi.
Sotiladigan tovarlar vitrinalarga qo‘yilgan bo‘lishi va kelib chiqqan mamlakati, ishlab chiqaruvchisi va narxi
ko‘rsatilgan narxnomalarga ega bo‘lishi kerak. Yaroqlilik muddatiga ega bo‘lgan tovarlarni sotish chog‘ida
narxnomalarda yaroqlilik muddati ham ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak”;
b) 
32-band 
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“32. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar quyidagilarga majbur:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik va ro‘yxatdan o‘tkazgan organning nomi, shuningdek, soliq to‘lovchining
identifikatsiya raqami (STIR) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xaridorning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan
o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan joylarda) joylashtirishi;
tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi;
qonun hujjatlarida belgilangan holda sotish joylarida sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga
ega bo‘lishi.
(hududlar va binolar ko‘zdan kechirilganligi, soliq to‘lovchida inventarizatsiya,
ekspertiza o‘tkazilganligi, hujjatlar va buyumlar olib qo‘yilganligi, sayyor soliq
tekshiruvi va soliq auditini o‘tkazishda amalga oshirilgan boshqa harakatlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar)
(soliq organlariga yuklatilgan qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari
aniqlangan taqdirda (NKM, terminal, naqd pul topshirilishi, valyuta hamda
tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi va
boshqalar) ushbu faktlar ham dalolatnomada aks ettirilishi lozim)
(soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi aniqlangan holatlar
bo‘yicha jadvallar va boshqa materiallarning dalolatnomaga ilova qilinganligi)
(soliq to‘lovchining birlamchi hujjatlari qamrab olinishiga qarab ularni
o‘rganish usuli to‘g‘risida ma’lumot va qaysi yo‘nalish hujjatlari to‘liq, qaysi
hujjatlar esa tanlov yo‘li bilan o‘rganilganligi aks ettirish)
(soliq to‘lovchi soliq auditini o‘tkazayotgan soliq organining mansabdor shaxsi
tomonidan so‘ralgan, talab qilingan hujjatlarni taqdim qilmagan, to‘liq
taqdim qilmagan taqdirda, dalolatnomada taqdim etilmagan hujjatlar
ro‘yxatini aks ettirish)
(soliq to‘g‘risidagi va boshqa qonunchilik hujjatlarining buzilishi faktlari
mavjudligi to‘g‘risida xulosalar. Ushbu xulosalar sodir etilgan qonun buzilishi
turini va mazkur qonun buzilishi uchun Soliq kodeksining javobgarlikni
nazarda tutuvchi me’yorlariga havolalarni o‘z ichiga olishi lozim)
(dalolatnoma ilovalarining soni ko‘rsatilishi loz�m)


Sotiladigan tovarlar vitrinalarga qo‘yilgan bo‘lishi va kelib chiqqan mamlakati, ishlab chiqaruvchisi va narxi
ko‘rsatilgan narxnomalarga ega bo‘lishi kerak. Yaroqlilik muddatiga ega bo‘lgan tovarlarni sotish chog‘ida
narxnomalarda yaroqlilik muddati ham ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak”.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston
Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash
to‘g‘risida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son 
qarorida
:
a) 
1-ilovada
:
13-band 
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Xaridorning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan joylarda)
quyidagi ma’lumotlar joylashtirilishi kerak:
sotuvchi — yuridik shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar — o‘z korxonasining nomi, soliq to‘lovchining
identifikatsiya raqami (STIR), shuningdek, uning joylashgan joyi (pochta manzili va ish rejimi);
sotuvchi — yakka tartibdagi tadbirkor to‘g‘risidagi ma’lumotlar — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik va
ro‘yxatdan o‘tkazgan organning nomi, shuningdek, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR).
Agar sotuvchi amalga oshiradigan faoliyat litsenziyalanishi kerak bo‘lsa, u litsenziyaning tartib raqami va
amal qilish muddati to‘g‘risidagi, shuningdek, uni bergan organ haqidagi ma’lumotni taqdim etishi kerak”;
189-bandga 
quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi qo‘shilsin:
“mazkur Qoidalarning 13-bandida ko‘rsatilgan sotuvchi haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish tartibiga”;
o‘n birinchi — yigirma beshinchi xatboshilar 
tegishlicha o‘n ikkinchi — yigirma oltinchi xatboshilar deb
hisoblansin;
190-bandning 
to‘rtinchi xatboshi 
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“korxonaning nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), uning ish rejimi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar bo‘lmaganda, xaridorga ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan ma’lumotlarni berish rad etilganda”;
b) 
2-ilovada
:
8-bandning 
birinchi xatboshisi 
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Umumiy ovqatlanish subyekti iste’molchilarga o‘zining to‘liq nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya
raqami (STIR), ish rejimi, tavsiya etiladigan mahsulotlar, tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi zarur va
ishonchli ma’lumotlarni ko‘rgazmali va qulay shaklda yetkazishi shart, ma’lumotlarda to‘g‘ri tanlash imkoniyatini
ta’minlaydigan kamida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak”;
26-bandning 
to‘rtinchi xatboshisi 
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“korxonaning nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), uning ish rejimi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar bo‘lmaganda, xaridorga ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan ma’lumotlarni berishdan bosh
tortganda”.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling