Soliq organlari QQS to‘liq hisoblanishini nazorat qilish chog‘ida bitimlar (operatsiyalar) bo‘yicha tovarlarning
(xizmatlarning) qiymati to‘g‘ri qo‘llanilganini quyidagilar asosida aniqlashi mumkin:
o‘zining narxga doir ma’lumotlari (prays-varaqlar);
axborot-narx agentliklari ma’lumotlari;
ommaviy axborot vositalaridan olingan ma’lumotlar;
Davlat soliq qo‘mitasi veb-saytida narxlar to‘g‘risida ma’lumotlar;
birja xabarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi
tomonidan tuzilib, har oyda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadigan import qilinadigan tovarlarga narx
ma’lumotlari byulleteni;
Oldingi
tahrirga qarang.
statistika organlarining yoxud qonunchilikda belgilangan hollarda narxlarni belgilash uchun normativlarni
belgilaydigan vakolatli organlarning ma’lumotlari;
(241-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-
sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
sayyor soliq tekshiruvlarida o‘tkazilgan xronometraj ko‘zdan kechirish ma’lumotlari.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘tkazilgan soliq auditi materiallari har oyda soliq organining vakolatli bo‘linmasi tomonidan tahlil qilinadi
va umumlashtiriladi. Soliq to‘lovchi tomonidan qonunchilik bilan berilgan huquq suiiste’mol qilinganligi va (yoki)
bitimning soxtaligi, ya’ni qo‘shilgan qiymat solig‘ini noqonuniy ravishda hisobga olgan soliq to‘lovchilar
aniqlangan taqdirda, ushbu ma’lumotlardan keyinchalik soliq xavfini boshqarish
tizimida tahlil qilishda
foydalaniladi.
(241-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-
sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Do'stlaringiz bilan baham: