Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-§. Uchinchi shaxslardan hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

5-§. Uchinchi shaxslardan hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish
163. Soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi shaxs soliq to‘lovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlarga (axborotga) ega
bo‘lgan kontragentdan yoki boshqa shaxslardan ushbu hujjatlarni (axborotni) talab qilib olishga haqli.
164. Agar tekshirilayotgan soliq to‘lovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlarni (axborotni) boshqa hududda
hisobda turgan soliq to‘lovchidan (uchinchi shaxsdan) olish talab etilsa, soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi soliq organi
tegishli hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish to‘g‘risida soliq to‘lovchi (uchinchi shaxs) hisobda turgan joydagi
soliq organiga topshiriqnoma yuboradi. Bunda topshiriqnomada soliq nazoratining qaysi tadbirini o‘tkazish
chog‘ida hujjatlarni (axborotni) taqdim etish zarurati yuzaga kelganligi ko‘rsatiladi, muayyan bitimga taalluqli
axborot talab qilib olinayotganda esa ushbu bitimni identifikatsiyalash imkonini beruvchi ma’lumotlar
ko‘rsatiladi.
Topshiriqnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kuni mobaynida hujjatlar (axborot) qaysi shaxsdan talab
qilinayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning hisobda turgan joyidagi soliq organi tomonidan uchinchi shaxsga
talabnoma yuboriladi.
Talabnomaga hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish to‘g‘risidagi topshiriqnomaning ko‘chirma nusxasi ilova
qilinadi.
165. Talabnomani olgan shaxs talabnoma olingan kundan e’tiboran besh ish kuni mobaynida uni bajaradi
yoki talab qilib olinayotgan hujjatlarga (axborotga) ega emasligini xabar qiladi.
Agar talab etiladigan hujjatlarni (axborotni) mazkur muddatda taqdim etish imkoni bo‘lmasa, soliq organi
uchinchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra ushbu hujjatlarni (axborotni) taqdim etish muddatini uzaytirishga
haqli.
6-§. Hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish


166. Soliq auditini o‘tkazuvchi shaxs soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq hujjatlarni, buyumlarni va
elektron axborotni saqlovchi jismlarni (soliqqa oid axborotni saqlovchi moslamalar, shu jumladan,
kompyuterning qattiq diski, noutbuklar va boshqalar) Soliq kodeksining 
148-moddasida 
belgilangan tartibda
olib qo‘yishga haqli.
167. Hujjatlar, buyumlar va elektron axborotni saqlovchi jismlar quyidagi hollarda olib qo‘yiladi:
soliq auditini o‘tkazish jarayonida hujjatlarni taqdim etish soliq to‘lovchi tomonidan rad etilgan yoki
belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;
hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yetarli bo‘lmasa hamda soliq organlarida hujjatlarning asl nusxalari yo‘q
qilinishi, yashirilishi, o‘zgartirilishi yoki almashtirib qo‘yilishi mumkinligi to‘g‘risida taxmin qilish uchun yetarlicha
asoslar mavjud bo‘lganda.
168. Olib qo‘yilgan hujjatlar, buyumlar va elektron axborotni saqlovchi jismlar saqlash zarurati tugagunga
qadar saqlab turiladi.
Soliq auditi uchun ahamiyati bo‘lmagan hujjatlar, buyumlar va elektron axborotni saqlovchi jismlar soliq
auditini o‘tkazuvchi shaxs tomonidan ko‘zdan kechirib bo‘lganidan keyin egalariga darhol qaytarib beriladi.
Qaytarilgan hujjatlar, buyumlar va elektron axborotni saqlovchi jismlar soliq to‘lovchidan qabul qilib
olganligini to‘g‘risida tilxat olinadi.
169. Hujjatlarning asl nusxalari olib qo‘yilganda soliq organlari ularning saqlanishini ta’minlashi shart.
170. Hujjatlar, buyumlar va elektron axborotni saqlovchi jismlarni olib qo‘yish ushbu Nizomga 
21-ilovaga
muvofiq shakldagi soliq auditini o‘tkazuvchi shaxsning asoslangan qarori asosida amalga oshiriladi.
171. Hujjatlar va elektron axborotni saqlovchi jismlarni tungi paytda (soat 23.00 dan 06.00 ga qadar bo‘lgan
vaqt oralig‘ida) olib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Soliq tekshiruvi predmetiga aloqasi bo‘lmagan hujjatlar va buyumlar olib qo‘yilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
172. Hujjatlar, buyumlar va elektron axborotni saqlovchi jismlarni olib qo‘yish hujjatlari va elektron axborotni
saqlovchi jismlari olib qo‘yilayotgan shaxslar ishtirokida videotasvirga olish qurilmalaridan foydalanish vositasida
amalga oshiriladi, bunday imkoniyat mavjud bo‘lmaganda esa — xolislar ishtirokida amalga oshiriladi. Barcha
olib qo‘yiladigan hujjatlar, buyumlar va elektron axborotni saqlovchi jismlar xolislarga hamda olib qo‘yishda
ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ko‘rsatiladi va zarur bo‘lgan taqdirda olib qo‘yilgan joyda o‘raladi.
(172-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli 
qarori
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
173. Hujjatlar, buyumlar va elektron axborotni saqlovchi jismlarni olib qo‘yish to‘g‘risida ushbu Nizomga 
22-
ilovaga 
muvofiq shaklda bayonnoma tuziladi va uning ko‘chirma nusxasi soliq to‘lovchiga imzo qo‘ydirilgan
holda taqdim etiladi.
174. Soliq to‘lovchi bayonnomani olishdan bosh tortsa, bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi va bir nusxasi
soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yoki pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling