Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida
Oldingi
tahrirga qarang. soliq organlariga qonunchilikda belgilangan tartibda axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlardan olingan ma’lumotlar; (149-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) soliq hisobotini muntazam taqdim etadigan va o‘xshash faoliyat bilan shug‘ullanadigan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Oldingi tahrirga qarang. 150. Qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa vakolatli organlar va tashkilotlardan olingan ma’lumotlar asosida soliqlarni hisoblab chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: (150-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) soliq organlari olingan ma’lumotlar asosida soliqlarning hisobot davriga belgilangan stavkalarini qo‘llagan holda soliq solish obyektini va soliq solinadigan bazani aniqlaydi; agar olingan ma’lumotlar asosida soliq solish obyektini va soliq solinadigan bazani aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, soliqlar soliq hisobotini muntazam taqdim etadigan va o‘xshash faoliyat bilan shug‘ullanadigan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi axborot asosida hisoblab chiqariladi. Shunga asosan soliq to‘lovchilarning o‘xshash faoliyati quyidagi o‘xshash ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi: faoliyat turi; foydali qazilmalarning ro‘yxati va kavlab chiqarish hajmlari; ishlab chiqariladigan tovarlarning (xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish) ro‘yxati va hajmlari, tovar aylanmasi hajmlari; xizmat ko‘rsatiladigan mijozlar, o‘qitilgan shaxslar (bitiruvchilar), amalga oshiriladigan bitimlarda jalb etilgan shaxslar soni; mehnat shartnomalari bo‘yicha, fuqarolik huquqiy tusdagi shartnomalar bo‘yicha ishlayotgan shaxslar soni, shuningdek, o‘rtacha oylik mehnatga haq to‘lash fondi; mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish uchun resurslar va xomashyo iste’moli hajmi; sof foydaning sof tushumga (tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilishda olingan daromad aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘isiz hisoblangan summa) nisbati sifatida aniqlanadigan rentabellik ko‘rsatkichi yoki sof foydaning xarajatlarga nisbati kabi rentabellik ko‘rsatkichlari; soliq to‘lovchining joylashgan joyi. 151. Soliq to‘lovchi faqat naqd pulsiz tartibda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bilan shug‘ullangan taqdirda, soliqlarni hisob-kitob qilish orqali hisoblab chiqarish realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) uchun tushgan mablag‘lar qismida soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi xizmat ko‘rsatuvchi bankning axboroti asosida amalga oshiriladi. 152. Faqat chakana savdo, umumiy ovqatlanish va naqd pulga xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan soliq to‘lovchilar uchun soliq organlari olingan daromadlarni xizmat ko‘rsatuvchi banklarning hisobvaraqlariga tushgan naqd pul tushumi ma’lumotlari asosida aniqlaydi. 153. Mehnatga haq to‘lash fondini hisob-kitob qilish orqali aniqlash moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalaridan qat’i nazar, o‘xshash soliq to‘lovchilarda ishchi-xodimlar soni va tarkib topgan o‘rtacha oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. 154. Tekshirilayotgan shaxs ko‘rsatilgan dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, mazkur dalolatnomaga tegishli qayd kiritiladi. Soliq auditini o‘tkazuvchi shaxsga hududlarga yoki binolarga (bundan turar joy binolari mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilingan yoki soliq to‘lovchi ro‘yxatga olish ma’lumotlarida ko‘rsatilgan manzilida joylashmagan taqdirda, soliq organlari Soliq kodeksining 111-moddasiga muvofiq soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turishi mumkin. 155. Hudud va binolarni ko‘zdan kechirish uchun ularga kirishga to‘sqinlik qilingan holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilganidan keyin soliq to‘lovchi tomonidan hudud va binolarga kirishga ruxsat berilgan taqdirda, soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror bekor qilinadi hamda ko‘zdan kechirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 156. Hudud va binolarni ko‘zdan kechirish natijasida ushbu Nizomga 18-ilovaga muvofiq shaklda bayonnoma tuziladi. 157. Agar mazkur soliq solish bilan bog‘liq obyektlar boshqa viloyat hududida joylashgan taqdirda, ushbu obyektlarni ko‘zdan kechirish, mol-mulkni inventarizatsiyadan o‘tkazish hamda savdo qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi soliq organi mansabdor shaxsining murojaati asosida obyekt joylashgan joydagi soliq organi rahbarining (o‘rinbosarining) buyrug‘iga binoan amalga oshiriladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling