Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida
-§. Sayyor soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida
13-§. Sayyor soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish
115. Sayyor soliq tekshiruvida soliq to‘lovchi tomonidan sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxsning hududi va binolariga kirishiga to‘sqinlik qilingan taqdirda, sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan ushbu Nizomga 14-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi tekshirilayotgan shaxs to‘g‘risida o‘zida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar yoki xuddi shunday soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini mustaqil tarzda aniqlashga haqli. Dalolatnoma sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadi. Tekshirilayotgan shaxs ko‘rsatilgan dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, mazkur dalolatnomaga bu haqida tegishli yozuv kiritiladi. 116. Sayyor soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan ushbu Nizomga 15-ilovaga muvofiq shaklda sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuziladi. 117. Sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi va soliq organi mansabdor shaxslari hamda soliq to‘lovchi tomonidan imzolanadi. Sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga dalolatnoma bilan tanishib chiqib, uni olganligi va sanasi ko‘rsatilgan imzosi orqali topshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Sayyor soliq tekshiruvi doirasidagi harakatlar amalga oshirilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma va boshqa hujjatlar planshet yoki kompyuter texnikasi yordamida elektron raqamli imzodan (barmoq izi yoki grafik imzo) foydalangan holda elektron shaklda tuzilishi mumkin. Agar elektron shakldagi soliq tekshiruvi hujjatlarida maxsus QR-kod mavjud bo‘lsa, bu hujjatlar qog‘oz shaklidagi hujjatlarga tenglashtiriladi. Elektron shaklda tuzilgan dalolatnoma tekshirish kunidan kechiktirmay soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq to‘lovchiga yuboriladi. Agar soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetining holati faol bo‘lmagan taqdirda, dalolatnoma qog‘oz ko‘rinishida pochta orqali yuboriladi. (117-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son) 118. Soliq to‘lovchi sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasini olishdan bosh tortganda, soliq tekshiruvi dalolatnomasiga tegishli yozuv kiritiladi va uning bir nusxasi soliq to‘lovchiga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. 119. Sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasi soliq to‘lovchiga topshirilgan kun yoki unga yuborilgan kun soliq tekshiruvi yakunlangan kun hisoblanadi. 120. Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlarning nusxalari, tekshiruv davomida rasmiylashtirilgan hujjatlar, ekspert va mutaxassislar xulosalari, sayyor soliq tekshiruvi davomida olingan materiallar, shuningdek, sayyor soliq tekshiruvi doirasidagi harakatlarning bajarilishini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga ilova qilinadi. Oldingi tahrirga qarang. 121. Sayyor soliq tekshiruvi davomida soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritish Soliq kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda moliyaviy sanksiyalar Soliq kodeksining 28 va 29-boblarida nazarda tutilgan miqdorlarda belgilanadi va pul undirish (jarimalar) tarzida qo‘llaniladi. (121-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling