7-§. Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini tekshirish
95. Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishda, shu jumladan, quyidagilar
tekshiriladi:
alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish hamda markirovka qilish qoidalariga rioya etilganligi va tegishli
ruxsatnoma yoki litsensiyalar mavjudligi;
hisob-kitob terminali, nazorat-kassa texnikalari mavjudligi hamda soliq to‘lovchining nomiga
rasmiylashtirilganligi;
savdo shoxobchasida sotuvchi — yuridik shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ya’ni korxonaning nomi, uning
joylashgan eri (pochta manzili), ish rejimi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, agar sotuvchi yakka
tartibdagi tadbirkor bo‘lsa, uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi va ro‘yxatdan o‘tkazgan organning nomi, soliq
to‘lovchining identifikatsiya raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar xaridorlar tanishishi uchun qulay tarzda
joylashtirilganligi;
saqlanayotgan, foydalanilayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlarga ularning qonuniy kelib chiqishini
tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi;
agar soliq to‘lovchi amalga oshiradigan faoliyat litsenziyalanishi shart bo‘lsa, litsenziyaning tartib raqami va
amal qilish muddati to‘g‘risidagi, shuningdek, uni bergan organ haqidagi ma’lumotlar xaridorlar (iste’molchilar)
tanishishi uchun qulay tarzda joylashtirilganligi;
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlar
bilan savdoni amalga oshiradigan sotuvchi tomonidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan
yasalgan buyumlarni sotish qoidalariga rioya etilishi, zargarlik buyumlarining asillik darajasi belgilanganligi va
tamg‘alanganligi;
umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) va sotish qoidalariga rioya etilishi;
Oldingi
tahrirga qarang.
alkogol mahsulotlari realizatsiyasini amalga oshirishni boshlash to‘g‘risida soliq organlari xabardor
qilinganligi, shuningdek, qonunchilikda belgilangan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdoni va umumiy
ovqatlanishni amalga oshirish shartlariga muvofiqlik tekshiriladi.
(95-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-
sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
96. Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini tekshirish natijalari sayyor soliq tekshiruvi
dalolatnomasida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |