Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-§. Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikka rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

10-§. Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikka rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya
etilishini tekshirish
(10-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
103. Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikka rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya etilishi
yuzasidan tekshiruv quyidagilarni o‘z ichiga oladi, jumladan:
(103-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
valyuta operatsiyasini amalga oshirish uchun asos bo‘lgan hujjatlar (shartnomalar), ushbu hujjatlar
(shartnomalar) asosida amalga oshirilgan barcha operatsiyalarni tasdiqlovchi hujjatlar tekshiriladi;
eksport-import operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzdorliklar mavjudligi
tekshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
104. Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikka rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya
etilishi yuzasidan tekshiruv natijalari sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasida aks ettiriladi.
(104-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11-§. Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish
105. Asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va hisob-kitoblarni inventarizatsiyadan o‘tkazish
mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash, haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari
bilan solishtirish, majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi.
106. Sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda soliq to‘lovchining aktiv va majburiyatlarini inventarizatsiyadan
o‘tkazish ushbu Nizomning 6-bobi 
7-paragrafida 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
107. Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish natijalari sayyor soliq tekshiruvi
dalolatnomasida aks ettiriladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling