Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-§. Hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

12-§. Hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish
108. Hujjatlar va (yoki) buyumlarni olib qo‘yish ular soliqqa oid huquqbuzarlik predmeti bo‘lgan hollarda
sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan qabul qilingan qaror asosida amalga oshirilishi
mumkin. Mazkur qaror ushbu Nizomga 
12-ilovaga 
muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
109. Sayyor soliq tekshiruvi jarayonida hujjatlar va (yoki) buyumlarni tungi vaqtlarda (soat 23.00 dan 06.00
ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida) olib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
110. Hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish amalga oshirilayotgan shaxslar
ishtirokida videotasvirga olish qurilmalaridan foydalanish vositasida amalga oshiriladi, bunday imkoniyat mavjud
bo‘lmaganda esa — xolislar ishtirokida amalga oshiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda olib qo‘yishni amalga oshirishda
ishtirok etish uchun mutaxassis taklif etiladi.
(110-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli 
qarori
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
111. Hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish boshlanguniga qadar sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi
mansabdor shaxs soliq to‘lovchiga hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yishni amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorni
taqdim etadi hamda uning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.
Sayyor soliq tekshiruvida soliq to‘lovchining faoliyatining to‘xtab qolishiga olib keladigan hujjatlar va
buyumlarni (nusxalari, shuningdek, asl nusxalari), shu jumladan elektron hujjatlari, predmetlarini (tovarlar,
buyumlar, xomashyolar, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar namunalari) olib qo‘yish faqat sud qarori asosida
amalga oshiriladi.
112. Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs hujjatlari va (yoki) buyumlari olib qo‘yilayotgan
shaxsga ularni o‘z ixtiyori bilan topshirishni taklif etadi, taklif rad etilgan taqdirda esa — olib qo‘yishni majburiy
tarzda amalga oshiradi.
O‘ziga nisbatan olib qo‘yish amalga oshirilayotgan shaxs olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan hujjatlar va buyumlar
saqlanishi mumkin bo‘lgan binolarni yoki boshqa joylarni ochishdan bosh tortganda, sayyor soliq tekshiruvini
o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tambalarga, eshiklarga va boshqa buyumlarga zarurat sababli imkon qadar shikast
yetkazmagan holda olib qo‘yishni mustaqil tarzda bajarishga haqli.
113. Sayyor soliq tekshiruvi jarayonida hujjatlar va buyumlarni olishda ushbu Nizomga 
13-ilovaga 
muvofiq
shaklda ikki nusxada hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish to‘g‘risidagi bayonnomaning bir nusxasi soliq to‘lovchiga imzo qo‘ydirib
topshiriladi.
Soliq to‘lovchi hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish to‘g‘risidagi bayonnomani imzolash va (yoki) olishdan
bosh tortgan hollarda bu haqida bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi va soliq to‘lovchiga pochta orqali
buyurtma xat bilan yuboriladi.
114. Soliq to‘lovchi talab qilingan hujjatlar va buyumlarni taqdim etishdan, binolarni yoki boshqa joylarni
ochishdan bosh tortgan taqdirda, bu haqida sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan
tuzilgan hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish to‘g‘risida bayonnomada qayd etiladi.


Soliq organlari tomonidan sayyor soliq tekshiruvi jarayonida olib qo‘yilgan buyumlarni hisobga olish,
saqlash, baholash va sotish, shuningdek, yo‘q qilib tashlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibini
takomillashtirish to‘g‘risida” 2009-yil 15-iyuldagi 200-son 
qarori 
bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling