Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-bob. Soliq auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

6-bob. Soliq auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi
1-§. Soliq auditini tashkil etish
122. Soliq auditi quyidagi soliq to‘lovchilarda o‘tkaziladi:
soliq tavakkalchiligining yuqori toifasiga mansub bo‘lgan;
kameral soliq tekshiruvi natijasi bo‘yicha soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa (shu
jumladan, aniqlashtirilgan talabnomadan keyin), yoxud aniqlangan tafovutlar bo‘yicha asosnomalarni taqdim
etmasa, yoki u taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilgan hollarda;
ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslarda (soliq maslahatchilari tashkilotlarining soliqlar bo‘yicha xulosalari
mavjud bo‘lgan soliq to‘lovchilar bundan mustasno);
soliq to‘lovchilarning jinoiy ishlar bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati taftish qilinishi doirasida;
faoliyatini to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, qat’iy belgilangan miqdorda yoki deklaratsiya asosida
jismoniy shaxslardan daromad solig‘ini to‘laydiganlardan tashqari.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi
organlar tomonidan faqat soliq va valyuta to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya qilishga doir tekshiruvlarni
o‘tkazish uchun haftasiga 16 ish soatidan ko‘p bo‘lmagan muddatga jalb qilinishi mumkin.
(122-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
123. Soliq organlari soliq auditi o‘tkazilishi boshlanishidan kamida o‘ttiz kalendar kun oldin soliq to‘lovchiga
soliq auditi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.


Agar soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash belgilari mavjud bo‘lsa, soliq organi Davlat soliq qo‘mitasi bilan
kelishgan holda soliq to‘lovchini oldindan xabardor etmasdan soliq auditini boshlashga haqlidir.
124. Soliq auditini o‘tkazish uchun soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) buyrug‘i soliq to‘lovchi
tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarini va (yoki) soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida soliq organida
mavjud boshqa ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida soliq auditini o‘tkazish dasturi tayyorlangandan
keyin chiqariladi.
Soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq bilan uni o‘tkazish dasturi ham tasdiqlanadi.
Jinoyat ishi yuzasidan buyruq tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining,
surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi soliq organiga tushgan kundan
boshlab ikki ish kuni mobaynida chiqariladi.
125. Ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar va faoliyatini to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘yicha
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan soliq organi xabardor qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida
soliq auditini amalga oshirishga kirishiladi.
Doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlarida
soliq auditi ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati tugagan kundan boshlab uch ish kuni ichida
boshlanishi lozim.
126. Soliq auditi soliq organi tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq auditida ishtirok etish uchun Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda boshqa soliq organlarining
mansabdor shaxslari jalb etilishi mumkin.
127. Soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqda quyidagilar ko‘rsatiladi:
soliq auditi o‘tkazish uchun asoslar.
soliq to‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami;
soliq auditini o‘tkazuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
soliq auditining maqsadi (tekshiriladigan bitta yoki bir nechta soliq turlari);
soliq auditini o‘tkazish muddati;
soliq auditi o‘tkazish davri;
Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimidagi ro‘yxatga olish raqami.
128. Soliq auditi o‘tkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq hisobotiga soliq to‘lovchi tomonidan
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Soliq auditini o‘tkazish muddati o‘tkazilgan soliq auditi to‘g‘risida dalolatnoma tuzilgan (imzolangan)
kunda tugaydi.
Soliq auditida ikki va undan ortiq tekshiruvchilar qatnashganda tekshirish jarayonini boshqarish va
natijalarini umumlashtirish maqsadida buyruqda birinchi ko‘rsatilgan tekshiruvchi guruh rahbari hisoblanadi.
Soliq auditini o‘tkazish jarayonida soliq auditida qatnashish uchun qo‘shimcha ravishda tekshiruvchi
xodimlar jalb etilishi, tekshiruvchilar almashtirilishi, shuningdek, tekshiruvchini buyruqdan chiqarish zarurati
tug‘ilganda oldingi buyruqning ro‘yxatga olish raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda soliq organi rahbari (rahbar
o‘rinbosari) tomonidan qo‘shimcha buyruq chiqariladi.
129. Soliq organi soliq auditi boshlanishidan oldin soliq to‘lovchiga soliq auditi o‘tkazilishi to‘g‘risida ushbu
Nizomga 
16-ilovaga 
muvofiq shaklda xabarnoma yuboradi, bundan soliqdan bo‘yin tovlash belgilari mavjud
bo‘lgan, ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar va faoliyatini o‘z tashabbusi bilan to‘xtatgan yakka tartibdagi
tadbirkorlar hamda jinoyat ishi doirasida taftish o‘tkaziladigan soliq to‘lovchilar mustasno.
Xabarnomada soliq auditining boshlanish sanasi, tekshirilishi lozim bo‘lgan masalalarning ro‘yxati, zarur
hujjatlarning dastlabki ro‘yxati, shuningdek, soliq auditini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar
ko‘rsatiladi.
Soliq to‘lovchi soliq auditi boshlangunga qadar xabarnomada ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni
tayyorlab qo‘yishga majburdir.
130. Soliq to‘lovchiga soliq auditi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnoma soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki
buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi.
131. Soliq auditi faqat Soliq kodeksining 
88-moddasida 
belgilangan da’vo qilish muddati o‘tmagan oxirgi
soliq auditidan keyingi davrni qamrab olishi mumkin.
132. Soliq organlari soliq to‘lovchining aynan bitta davr uchun aynan bir xil soliqlar bo‘yicha bir martadan
ortiq soliq auditini o‘tkazishga haqli emas, bundan soliq auditini o‘tkazish chog‘ida soliq organiga ma’lum
bo‘lmagan yangi holatlar aniqlangan hollar mustasno. Yangi holatlar aniqlangan taqdirda soliq organi takroriy
soliq auditini tayinlashga haqli.
133. Soliq auditini o‘tkazish muddati o‘ttiz ish kunini tashkil qiladi, bundan ushbu Nizomning 
134-bandida
nazarda tutilgan holatlar mustasno.
134. Quyidagi hollarda soliq auditini o‘tkazish muddati ikki oydan olti oygacha uzaytirilishi mumkin:
soliq auditi jarayonida tekshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar hajmining ko‘pligi sababli soliq auditini o‘tkazish
uchun buyruqda ko‘rsatilgan muddatning yetarli emasligi;
yaroqsiz holga kelgan hujjatlarning hamda soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq elektron axborotni
saqlovchi jismlar qayta tiklanishi;
mutaxassis fikri olinishi;


ekspert jalb qilinishi;
tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar.
Soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) soliq auditi o‘tkazilishini quyidagi hollarda ham uzaytirishga
haqli:
talab qilingan hujjatlar (axborot) besh ish kuni ichida taqdim qilinmasligi (uzaytirish hujjatlar talab
qilinayotgan har bir shaxs bo‘yicha ko‘pi bilan bir marta yo‘l qo‘yiladi);
chet el davlat organlaridan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida axborot olinishi;
ekspertizalar o‘tkazish;
chet tilida taqdim etilgan hujjatlarni tarjima qilish.
135. Soliq auditini o‘tkazishning umumiy muddati olti oydan oshishi mumkin emas.
136. Soliq auditining muddatini uzaytirish soliq auditini o‘tkazuvchi shaxsning iltimosnomasiga asosan
amalga oshiriladi. Bunda iltimosnoma soliq auditining muddati tugashidan besh ish kun oldin berilishi kerak.
137. Soliq auditining muddati uzaytirilganda oldingi buyruqning ro‘yxatga olish raqami va sanasi
ko‘rsatilgan holda soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan qo‘shimcha buyruq chiqariladi.
138. Soliq auditini o‘tkazish muddati soliq to‘lovchiga (soliq agentiga) soliq auditini tayinlash to‘g‘risidagi
buyruq topshirilgan kunda boshlanadi.
139. Soliq auditini tayinlash to‘g‘risidagi buyruq nusxasi soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga buyruqning
ikkinchi nusxasiga uni olganligi to‘g‘risida imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi.
Tekshiruv boshlanishidan oldin tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan soliq
to‘lovchining vakolatli vakiliga uning tekshiruvda ishtirok etish uchun yuridik xizmat vakillarini va (yoki) advokatni
jalb etish yoki ularning ishtirokini rad etish huquqi yozma shaklda tushuntirilib, bu haqida bayonnoma tuziladi.
Bunda advokat xizmatlarini rad etganlik soliq to‘lovchi tomonidan advokatni tekshiruvning keyingi bosqichlarida
jalb etish uchun monelik qilmaydi.
Agar soliq to‘lovchi ma’lum qilgan manzilida joylashmaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra buyruqni
taqdim qilishning imkoni bo‘lmaganda, buyruq elektron hujjat shaklida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga
yuboriladi.
Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, buyruq nusxasi buyurtma xat qilib pochta orqali
yuboriladi.
140. Soliq auditi natijalari soliq organlari tomonidan tekshiruv tamomlangandan keyin uch ish kun ichida
Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.
141. Soliq auditini soliq to‘lovchining hududida o‘tkazishning imkoni bo‘lmaganida, soliq auditi soliq organi
joylashgan joyda o‘tkaziladi. Bunda soliq auditini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar soliq to‘lovchi tomonidan
soliq organiga taqdim etiladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling