Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-§. Soliq to‘lovchi ishchi-xodimlarining haqiqiy soni va soliq hisobotidagi aks ettirilgan ishchi-xodimlar


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

5-§. Soliq to‘lovchi ishchi-xodimlarining haqiqiy soni va soliq hisobotidagi aks ettirilgan ishchi-xodimlar
soniga muvofiqligini tekshirish
90. Sayyor soliq tekshiruvi doirasida soliq to‘lovchi — yuridik shaxslar ishchi-xodimlarining haqiqiy soni va
soliq hisobotdagi aks ettirilgan ishchi-xodimlar soniga muvofiqligi tekshiruvi amalga oshirilishi mumkin. Mazkur
tekshiruv quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
soliq to‘lovchining haqiqatda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlari sonini aniqlash va ushbu Nizomga 
11-
ilovaga 
muvofiq shaklda bayonnoma tuzish;
tekshiruvda aniqlangan soliq to‘lovchining haqiqatda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlari oxirgi hisobot
davri uchun soliq organiga taqdim etgan soliq hisobotlarida aks ettirilgan ishchi-xodimlar bilan solishtiriladi;
soliq hisobotlarida mavjud bo‘lmagan ishchi-xodimlardan ularning ishlash davri hamda olayotgan
daromadlari summasi (ish haqi) to‘g‘risida yozma ravishda tushuntirishlar olinadi.
91. Soliq to‘lovchi ishchi-xodimlarining haqiqiy soni va soliq hisobotida aks ettirilgan ishchi-xodimlar soniga
muvofiqligi tekshiruvi natijalari sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasida aks ettiriladi.
92. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlar bilan mehnat shartnomalari va (yoki)
yollangan xodimni hisobga qo‘yish kartochkalari mavjud bo‘lmagan holatlar aniqlanganda, ushbu
qoidabuzarliklar sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasida aks ettiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
6-§. Bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarining to‘xtash joylarida
soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini tekshirish
(6-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
93. Bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarining to‘xtash joylarida soliq
to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
(93-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
bir martalik yig‘imlarning to‘liq va o‘z vaqtida undirilishi hamda ularni to‘lashda nazorat-kassa texnikasi
qo‘llanilishini nazorat qilish;
bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida sotuvchi va xaridorlarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun
to‘lovlarning hamda bino va inshootlarni, shuningdek, buyumlarni ijaraga berish bo‘yicha ijara to‘lovlarining o‘z
vaqtida va to‘liq undirilishini nazorat qilish;
savdo va xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini tekshirish.
Oldingi
 tahrirga qarang.


94. Bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarining to‘xtash joylarida soliq
to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini tekshirish natijalari sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasida aks ettiriladi.
(94-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling