Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida
-§. Nazorat kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini tekshirish
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida
4-§. Nazorat kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini tekshirish
77. Nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini tekshirish bevosita soliq to‘lovchi savdo yoki xizmatlar amalga oshirilayotgan joyda o‘tkaziladi. Nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini tekshirish nazorat xaridini amalga oshirish yo‘li bilan ham o‘tkazilishi mumkin. 78. Nazorat-kassa texnikasi va (yoki) hisob-kitob terminallari qo‘llanilishi nazoratini amalga oshirishda, jumladan, quyidagilar tekshiriladi: Oldingi tahrirga qarang. soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilayotgan nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminali tegishli qonunchilik talablariga muvofiqligi; (78-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) xaridorlarga nazorat-kassa texnikasi cheki yoki unga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar berilishi; bank kartalari orqali to‘lovlar qabul qilinishi, xaridorlarga hisob-kitob terminallari cheki va nazorat-kassa texnikasi cheki berilishi; sotilayotgan tovarlar narxini hamda ko‘rsatilayotgan haqini naqd pul mablag‘lari yoki bank kartalar bo‘yicha to‘lash shakliga qarab ularni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish masalalari. 79. Nazorat xaridini amalga oshirishda quyidagi shaxslar jalb qilinishi mumkin: soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risida murojaat qilgan jismoniy shaxs (yuridik shaxsning vakili); “xolis xaridor” xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs ishchi-xodimlari; O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda fuqarolik tusidagi shartnomalar asosida soliq organlari tomonidan jalb qilingan jismoniy shaxslar; Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi vakillari. Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishda nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishi bo‘yicha ko‘rsatma berish uchun tovar yoki xizmatni xarid qilgan, tekshiruv natijasidan manfaatdor bo‘lmagan har qanday mustaqil voyaga yetgan va soliq nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega holatlar o‘ziga ma’lum bo‘lgan shaxslar jalb qilinishi mumkin. 80. Sayyor soliq tekshiruvida soliq organlarining tekshiruvchi mansabdor shaxslari tomonidan nazorat xaridi jarayonini videotasvirga olish uchun videotasvirga olish moslamalaridan majburiy foydalanish sharti bilan mustaqil ravishda nazorat xaridi amalga oshirilishi mumkin. 81. Nazorat xaridini amalga oshirgan shaxslar sotib olingan tovarlarni nazorat xaridi yakunlanishi bilan soliq organining sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxslariga topshirishi shart. 82. O‘tkazilgan nazorat xaridi natijasi bo‘yicha ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda bayonnoma rasmiylashtiriladi va sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs, nazorat xaridini amalga oshirgan shaxs va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadi. Nazorat xaridini o‘tkazish bayonnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga bayonnoma nusxasini olganligini tasdiqlovchi imzo qo‘ydirgan holda beriladi. Bunda soliq to‘lovchi nazorat xaridini o‘tkazish bayonnomasiga imzo chekishdan va (yoki) uning nusxasini olishdan bosh tortgan hollarda, sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan bayonnomaga bu haqida tegishli yozuv kiritiladi. Oldingi tahrirga qarang. 83. Nazorat xaridini o‘tkazishda naqd pul mablag‘lari va bank plastik kartalaridagi mablag‘lardan ham foydalanish mumkin. Nazorat xaridini o‘tkazishda foydalanish uchun naqd pul mablag‘lari Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladi. Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs nazorat xaridini o‘tkazish uchun naqd pul mablag‘larini tegishli soliq organi kassasidan oladi. Naqd pul mablag‘larini sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun mansabdor shaxsga berishda ularning qiymati, banknota seriyasi va raqamlari alohida varaqda qayd etilib, chiqim kassa orderiga ilova qilinadi. Mazkur varaq nusxasi sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxsga beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tijorat banklarida korporativ bank kartalarini ochish va sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda nazorat xaridlarini amalga oshirish uchun ulardan foydalanish huquqiga ega. Bank kartalaridan foydalangan holda nazorat xaridini amalga oshirish paytida jismoniy shaxsning shaxsiy bank kartasidan yoki Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tijorat banklarida ochilgan korporativ bank kartalaridan foydalaniladi. Soliq organlari tomonidan korporativ bank kartalaridan foydalangan holda o‘tkaziladigan nazorat xaridlari Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Nazorat xaridlarini amalga oshirish uchun Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tijorat banklarida ochilgan korporativ bank kartalarini saqlash funksiyalarini bajaruvchi vakolatli shaxslar sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazishni amalga oshiruvchi bo‘linmalarning rahbarlari (rahbar o‘rinbosarlari) hisoblanadi. Nazorat xaridlarini amalga oshirish uchun olingan mablag‘larning maqsadli sarflanishi uchun soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazadigan bo‘linmalarining rahbarlari (rahbar o‘rinbosarlari) shaxsan javobgardir. Korporativ bank kartalaridan foydalangan holda nazorat xaridlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar miqdori Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Nazorat xaridi jarayonida bank kartalaridan foydalanilgan pul mablag‘larini qaytarib berish vazifasi nazorat xaridi o‘tkazilgan soliq to‘lovchi zimmasiga yuklanadi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling