6-§. Hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish
166. Soliq auditini o‘tkazuvchi shaxs soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq hujjatlarni, buyumlarni va elektron axborotni
saqlovchi jismlarni (soliqqa oid axborotni saqlovchi moslamalar, shu jumladan, kompyuterning qattiq diski, noutbuklar va boshqalar) Soliq
kodeksining 148-moddasida belgilangan tartibda olib qo‘yishga haqli.
167. Hujjatlar, buyumlar va elektron axborotni saqlovchi jismlar quyidagi hollarda olib qo‘yiladi:
soliq auditini o‘tkazish jarayonida hujjatlarni taqdim etish soliq to‘lovchi tomonidan rad etilgan yoki belgilangan muddatlarda
taqdim etilmaganda;
hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yetarli bo‘lmasa hamda soliq organlarida hujjatlarning asl nusxalari yo‘q qilinishi, yashirilishi,
o‘zgartirilishi yoki almashtirib qo‘yilishi mumkinligi to‘g‘risida taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud bo‘lganda.
168. Olib qo‘yilgan hujjatlar, buyumlar va elektron axborotni saqlovchi jismlar saqlash zarurati tugagunga qadar saqlab turiladi.
Soliq auditi uchun ahamiyati bo‘lmagan hujjatlar, buyumlar va elektron axborotni saqlovchi jismlar soliq auditini o‘tkazuvchi shaxs
tomonidan ko‘zdan kechirib bo‘lganidan keyin egalariga darhol qaytarib beriladi.
Qaytarilgan hujjatlar, buyumlar va elektron axborotni saqlovchi jismlar soliq to‘lovchidan qabul qilib olganligini to‘g‘risida tilxat
olinadi.
169. Hujjatlarning asl nusxalari olib qo‘yilganda soliq organlari ularning saqlanishini ta’minlashi shart.
170. Hujjatlar, buyumlar va elektron axborotni saqlovchi jismlarni olib qo‘yish ushbu Nizomga 21-ilovaga muvofiq shakldagi soliq
auditini o‘tkazuvchi shaxsning asoslangan qarori asosida amalga oshiriladi.
171. Hujjatlar va elektron axborotni saqlovchi jismlarni tungi paytda (soat 23.00 dan 06.00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida) olib
qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Soliq tekshiruvi predmetiga aloqasi bo‘lmagan hujjatlar va buyumlar olib qo‘yilmaydi.
172. Hujjatlar, buyumlar va elektron axborotni saqlovchi jismlarni olib qo‘yish xolislar hamda hujjatlari va elektron axborotni
saqlovchi jismlari olib qo‘yilayotgan shaxslar ishtirokida o‘tkaziladi. Barcha olib qo‘yiladigan hujjatlar, buyumlar va elektron axborotni
saqlovchi jismlar xolislarga hamda olib qo‘yishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ko‘rsatiladi va zarur bo‘lgan taqdirda olib qo‘yilgan
joyda o‘raladi.
173. Hujjatlar, buyumlar va elektron axborotni saqlovchi jismlarni olib qo‘yish to‘g‘risida ushbu Nizomga 22-ilovaga muvofiq shaklda
bayonnoma tuziladi va uning ko‘chirma nusxasi soliq to‘lovchiga imzo qo‘ydirilgan holda taqdim etiladi.
174. Soliq to‘lovchi bayonnomani olishdan bosh tortsa, bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi va bir nusxasi soliq to‘lovchining
shaxsiy kabinetiga yoki pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |