Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-§. Uchinchi shaxslardan hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish


Download 383.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/72
Sana09.01.2022
Hajmi383.82 Kb.
#267685
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

5-§. Uchinchi shaxslardan hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish

163.  Soliq  tekshiruvini  o‘tkazuvchi  shaxs  soliq  to‘lovchining  faoliyatiga  taalluqli  hujjatlarga  (axborotga)  ega  bo‘lgan  kontragentdan

yoki boshqa shaxslardan ushbu hujjatlarni (axborotni) talab qilib olishga haqli.

164.  Agar  tekshirilayotgan  soliq  to‘lovchining  faoliyatiga  taalluqli  hujjatlarni  (axborotni)  boshqa  hududda  hisobda  turgan  soliq

to‘lovchidan (uchinchi shaxsdan) olish talab etilsa, soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi soliq organi tegishli hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish

to‘g‘risida  soliq  to‘lovchi  (uchinchi  shaxs)  hisobda  turgan  joydagi  soliq  organiga  topshiriqnoma  yuboradi.  Bunda  topshiriqnomada  soliq

nazoratining qaysi tadbirini o‘tkazish chog‘ida hujjatlarni (axborotni) taqdim etish zarurati yuzaga kelganligi ko‘rsatiladi, muayyan bitimga

taalluqli axborot talab qilib olinayotganda esa ushbu bitimni identifikatsiyalash imkonini beruvchi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Topshiriqnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kuni mobaynida hujjatlar (axborot) qaysi shaxsdan talab qilinayotgan bo‘lsa, o‘sha

shaxsning hisobda turgan joyidagi soliq organi tomonidan uchinchi shaxsga talabnoma yuboriladi.

Talabnomaga hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish to‘g‘risidagi topshiriqnomaning ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi.

165. Talabnomani olgan shaxs talabnoma olingan kundan e’tiboran besh ish kuni mobaynida uni bajaradi yoki talab qilib olinayotgan

hujjatlarga (axborotga) ega emasligini xabar qiladi.

Agar  talab  etiladigan  hujjatlarni  (axborotni)  mazkur  muddatda  taqdim  etish  imkoni  bo‘lmasa,  soliq  organi  uchinchi  shaxsning

iltimosnomasiga ko‘ra ushbu hujjatlarni (axborotni) taqdim etish muddatini uzaytirishga haqli.


Download 383.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling