3-BO‘LIM. YAKUNLOVChI QOIDALAR
242. Soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha tekshiruv materiallari davlat soliq xizmati organi rahbari yoki uning o‘rinbosari
tomonidan ko‘rib chiqiladi va ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organi tomonidan Soliq kodeksida belgilangan tartibda
va muddatlarda ijro qilinishi yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi.
Solik to‘lovchi soliq tekshiruvi natijasida qabul qilingan qarorni ixtiyoriy tartibda bajarmagan hollarda soliq organi tomonidan
mustaqil ravishda Soliq kodeksining 120 — 124-moddalarida nazarda tutilgan tartibda soliq qarzlarini undirish amalga oshiriladi.
243. Qaysi qoidabuzarliklar uchun jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka
tortilishi lozim bo‘lsa, soliq organi tomonidan aniqlangan shunday qoidabuzarliklar yuzasidan soliq organining soliq tekshiruvini o‘tkazgan
vakolatli mansabdor shaxsi o‘z vakolatlari doirasida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
244. Mazkur Nizom talablariga asosan o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha soliqqa oid huquqbuzarliklar
to‘g‘risida soliq organlariga ma’lumot bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi Davlat soliq qo‘mitasining buyrug‘i asosida belgilanadi.
245. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish
tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish
tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish
tartibi to‘g‘risidagi nizomga
Do'stlaringiz bilan baham: |