Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


III. Dalolatnomaning yakuniy qismi


Download 383.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/72
Sana09.01.2022
Hajmi383.82 Kb.
#267685
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

III. Dalolatnomaning yakuniy qismi.

28)


29)

* Izoh: Soliq tekshiruvi dalolatnomasiga soliq va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek, boshqa masalalar bo‘yicha aniqlangan



huquqbuzarliklardan dalolat beruvchi hujjatlar (asli yoki nusxasi) ilova qilinishi lozim bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-

son qaroriga  

3-ILOVA


O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1.  Vazirlar  Mahkamasining  2002-yil  26-noyabrdagi  407-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  Ulgurji  va  chakana  savdo  faoliyatini  amalga

oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“20. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar quyidagilarga majbur:

o‘z  korxonasining  to‘liq  nomi,  soliq  to‘lovchining  identifikatsiya  raqami  (STIR)  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  xaridorning  tanishishi

uchun qulay joylarda (asosan o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan joylarda) joylashtirishi;

tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi;

qonun hujjatlarida belgilangan holda sotish joylarida sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lishi.

Sotiladigan  tovarlar  vitrinalarga  qo‘yilgan  bo‘lishi  va  kelib  chiqqan  mamlakati,  ishlab  chiqaruvchisi  va  narxi  ko‘rsatilgan

narxnomalarga  ega  bo‘lishi  kerak.  Yaroqlilik  muddatiga  ega  bo‘lgan  tovarlarni  sotish  chog‘ida  narxnomalarda  yaroqlilik  muddati  ham

ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak”;

b) 32-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“32. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar quyidagilarga majbur:

davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilganlik  va  ro‘yxatdan  o‘tkazgan  organning  nomi,  shuningdek,  soliq  to‘lovchining  identifikatsiya  raqami

(STIR) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xaridorning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan joylarda)

joylashtirishi;

tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi;

qonun hujjatlarida belgilangan holda sotish joylarida sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lishi.

Sotiladigan  tovarlar  vitrinalarga  qo‘yilgan  bo‘lishi  va  kelib  chiqqan  mamlakati,  ishlab  chiqaruvchisi  va  narxi  ko‘rsatilgan

narxnomalarga  ega  bo‘lishi  kerak.  Yaroqlilik  muddatiga  ega  bo‘lgan  tovarlarni  sotish  chog‘ida  narxnomalarda  yaroqlilik  muddati  ham

ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak”.

2.  Vazirlar  Mahkamasining  “O‘zbekiston  Respublikasida  chakana  savdo  qoidalarini  hamda  O‘zbekiston  Respublikasida  umumiy

ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarorida:

a) 1-ilovada:

13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“13. Xaridorning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan joylarda) quyidagi ma’lumotlar

joylashtirilishi kerak:

sotuvchi  —  yuridik  shaxs  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  —  o‘z  korxonasining  nomi,  soliq  to‘lovchining  identifikatsiya  raqami  (STIR),

shuningdek, uning joylashgan joyi (pochta manzili va ish rejimi);

sotuvchi  —  yakka  tartibdagi  tadbirkor  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  —  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilganlik  va  ro‘yxatdan  o‘tkazgan

organning nomi, shuningdek, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR).

Agar  sotuvchi  amalga  oshiradigan  faoliyat  litsenziyalanishi  kerak  bo‘lsa,  u  litsenziyaning  tartib  raqami  va  amal  qilish  muddati

to‘g‘risidagi, shuningdek, uni bergan organ haqidagi ma’lumotni taqdim etishi kerak”;

189-bandga quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi qo‘shilsin:

“mazkur Qoidalarning 13-bandida ko‘rsatilgan sotuvchi haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish tartibiga”;

o‘n birinchi — yigirma beshinchi xatboshilar tegishlicha o‘n ikkinchi — yigirma oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

190-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“korxonaning  nomi  va  soliq  to‘lovchining  identifikatsiya  raqami  (STIR),  uning  ish  rejimi  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  bo‘lmaganda,

xaridorga ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan ma’lumotlarni berish rad etilganda”;

b) 2-ilovada:

8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“8. Umumiy ovqatlanish subyekti iste’molchilarga o‘zining to‘liq nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), ish rejimi,

tavsiya  etiladigan  mahsulotlar,  tovarlar  va  ko‘rsatiladigan  xizmatlar  to‘g‘risidagi  zarur  va  ishonchli  ma’lumotlarni  ko‘rgazmali  va  qulay

shaklda yetkazishi shart, ma’lumotlarda to‘g‘ri tanlash imkoniyatini ta’minlaydigan kamida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak”;

26-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“korxonaning  nomi  va  soliq  to‘lovchining  identifikatsiya  raqami  (STIR),  uning  ish  rejimi  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  bo‘lmaganda,

xaridorga ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan ma’lumotlarni berishdan bosh tortganda”.

3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda

yengil xizmat avtomashinalaridan foydalanishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 26-maydagi 153-son qaroriga 1-

ilovaning 36-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“ 36.


Davlat soliq qo‘mitasi

286


289

31

241



21



 

Markaziy apparat

15

21

9



6

6



(soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi aniqlangan holatlar bo‘yicha jadvallar va boshqa

materiallarning dalolatnomaga ilova qilinganligi)

(soliq to‘lovchining birlamchi hujjatlari qamrab olinishiga qarab ularni o‘rganish usuli to‘g‘risida

ma’lumot va qaysi yo‘nalish hujjatlari to‘liq, qaysi hujjatlar esa tanlov yo‘li bilan o‘rganilganligi aks

ettirish)

(soliq to‘lovchi soliq auditini o‘tkazayotgan soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan so‘ralgan,

talab qilingan hujjatlarni taqdim qilmagan, to‘liq taqdim qilmagan taqdirda, dalolatnomada taqdim

etilmagan hujjatlar ro‘yxatini aks ettirish)

(soliq to‘g‘risidagi va boshqa qonun hujjatlarining buzilishi faktlari mavjudligi to‘g‘risida xulosalar.

Ushbu xulosalar sodir etilgan qonun buzilishi turini va mazkur qonun buzilishi uchun Soliq

kodeksining javobgarlikni nazarda tutuvchi me’yorlariga havolalarni o‘z ichiga olishi lozim)

(dalolatnoma ilovalarining soni ko‘rsatilishi lozim)



Hududlararo inspeksiya

4



4



Viloyat birliklari



44

42

14



14

14



Tuman birliklari

209

210


210




Idoraviy mansub tashkilotlar

18

12



4

11

1



”.



4.  Vazirlar  Mahkamasining  2015-yil  31-iyuldagi  219-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  Xususiy  tadbirkorlar  tomonidan  xodimlarni

yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“24. Xususiy tadbirkorga o‘z majburiyatlari bo‘yicha soliqlarni to‘lash bilan bir qatorda har bir xodim uchun quyidagilarni:

budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliqni — har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;

soliq agenti sifatida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash majburiyati yuklanadi”.

5.  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  9-fevraldagi  66-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  Tadbirkorlik  subyektlarini  davlat  ro‘yxatidan

o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ilovaning 1-20-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

1-20.



Soliq solish tizimi:

Aylanmadan olinadigan soliq

Qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i

”.

6.  Vazirlar  Mahkamasining  2018-yil  9-oktabrdagi  811-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq



qo‘mitasining  Moddiy  yordam,  ijtimoiy  himoya,  soliq  organlarini  rivojlantirish  va  ko‘zda  tutilmagan  xarajatlar  maxsus  jamg‘armasi

to‘g‘risidagi nizomda:

a) 12-bandda:

“a” kichik bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“ish uchastkasining murakkabligi va muhimligini hisobga olib, shuningdek, mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida

shaxsiy  hissasini  qo‘shgan,  mehnatda  yuqori  natijalarga  erishgan,  xizmat  vazifalarini  sidqidildan  va  samarali  bajarayotgan  rahbar  va

xodimlarga lavozim maoshining besh baravari miqdorigacha shaxsiy ustamalar berish”;

“b” kichik bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun xodimlarga bir yilda bir marta mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining

besh barvari miqdorigacha moddiy yordam berish”;

b) 14-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:

“Maxsus jamg‘arma mablag‘laridan davlat soliq xizmati organlari rahbarlari boshchilik qiladigan sektorlarga yuklatilgan hududlarni

har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida sarflanishi mumkin”.

7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil

17-apreldagi 320-son qarorida:

a) 1-ilovada:

9-bandda:

oltinchi xatboshidagi “Malaka oshirish markazi” so‘zlari “Fiskal instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;

yettinchi xatboshidagi “kollejlari” so‘zi “texnikumlari” so‘zi bilan almashtirilsin;

10-bandning  ikkinchi  va  uchinchi  xatboshilaridagi,  11-band  “a”  kichik  bandining  ikkinchi  xatboshisidagi,  “b”  kichik  bandining

birinchi,  to‘rtinchi  va  oltinchi  xatboshilaridagi,  “g”  kichik  bandining  uchinchi  va  yettinchi  xatboshilaridagi,  “j”  kichik  bandining  uchinchi

xatboshisidagi,  “z”  kichik  bandining  to‘rtinchi  xatboshisidagi,  “k”  kichik  bandining  ikkinchi  va  beshinchi  xatboshilaridagi,  14-bandning  9-

kichik bandidagi, 11-kichik bandining beshinchi xatboshisidagi,  15,  20,  21  va  22-kichik  bandlaridagi,  17-bandning  uchinchi  xatboshisidagi,

19-bandning  4-kichik  bandidagi,  22-bandning  3-kichik  bandidagi,  23-bandning  1-kichik  bandidagi,  28-banddagi,  55-bandning  uchinchi  va

beshinchi xatboshilaridagi, 62-bandning to‘qqizinchi xatboshisidagi, 64-banddagi “boshqa majburiy to‘lovlar” so‘zlari “yig‘imlar” so‘zi bilan

almashtirilsin;

11-bandda:

“b” kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “kameral nazorat” so‘zlari “kameral soliq tekshiruvi” so‘zlari bilan almashtirilsin”;

“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“v) soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlarining o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, ularning to‘liq qamrab

olinishi  mexanizmlarini  soliq  ma’muriyatchiligi  jarayoniga  ma’lumotlarni  to‘liq  yig‘ish  va  qayta  ishlashni  ta’minlaydigan  zamonaviy

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil usullarini keng joriy etish orqali takomillashtirish sohasida:

soliq to‘lovchilar, soliq solinadigan baza, shuningdek, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarning to‘liq,

o‘z vaqtida va ishonchli hisobga olinishini ta’minlaydi;

yuridik va jismoniy shaxslarga, ularni soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamlari berilgan holda soliq to‘lovchilar sifatida hisobga

qo‘yish to‘g‘risida hujjatlar berilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil qiladi;

kelgusida  tovar  va  xizmatlarning  majburiy  tasniflanishini  joriy  qilgan  holda  elektron  hisobvaraq-fakturalari  to‘liq  kiritilishini

ta’minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi;

soliq  organlarining  yagona  integratsiyalashtirilgan  axborot  resurs  bazasida  soliq  to‘lovchilar  bo‘yicha  soliqlar  va  yig‘imlarning

hisoblab chiqilishi va amaldagi tushumlari hisobini yuritadi;

soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar hisobini yuritadi;

banklar tomonidan tegishli axborot taqdim etilishiga ko‘ra bank hisobvaraqlari bo‘yicha to‘qqiz oy mobaynida pul operatsiyalarini

amalga  oshirgan  holda  moliya-xo‘jalik  faoliyatini  yuritmayotgan,  shuningdek,  to‘qqiz  oy  davomida  soliq  hisobotlarini  taqdim  qilmagan

korxonalarni aniqlaydi;

tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirayotgan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  davlat  soliq  xizmati  organlarida  hisobga  turishdan

bo‘yin tovlash mexanizmlarini o‘rganadi, aniqlaydi va bartaraf etadi;

axborot  xavfsizligi  ta’minlanishini  hisobga  olgan  holda  barcha  soliq  to‘lovchilar  va  soliq  tushumlari  bo‘yicha  soliq  organlarining

yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasini yaratadi;

soliq axborotlarini qabul qilib olish, qayta ishlash, uzatish va saqlash jarayonlarini avtomatlashtirish choralarini ko‘radi;

davlat  soliq  xizmati  organlarida  axborot  xavfsizligini  ta’minlashni  hisobga  olgan  holda  yagona  axborot,  dasturiy-texnik  va

telekommunikatsiya tizimi joriy etilishini tashkil qiladi;

soliq  ma’muriyatchiligini  takomillashtirish  jarayonida  davlat  soliq  xizmati  organlari  ishiga  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini joriy etadi hamda xarajatlarni maqbullashtirish va resurs ta’minotini rivojlantirish uchun ularni texnologik jarayonlarni

yuritishning zamonaviy tizimlari va boshqarishning tezkor vositalari bilan jihozlaydi;

davlat  soliq  xizmati  organlarining  butun  vertikal  bo‘ylab  biznes  jarayonlarini  qayta  tashkil  etish  va  ularni  parallel  ravishda

raqamlashtirish hamda kelgusida avtomatlashtirish bilan amalga oshiradi va shu asosda inson omili ta’sirini kamaytiradi”;

“g” kichik bandga quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:

“aniq  maqsad  parametrlarini  belgilash  bilan  yashirin  iqtisodiyot  darajasini  pasaytirish  strategiyasi,  konsepsiyasi  va  dasturlarini

ishlab chiqadi”;

o‘n ikkinchi xatboshi o‘n uchinchi xatboshi deb hisoblansin;

“d” kichik bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:




“tadbirkorlik subyektlarida, shuningdek, bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yig‘imlar, bozorlar, savdo komplekslari va

ularning  filiallarida  ko‘rsatilgan  xizmatlar  uchun  ijara  to‘lovlarining  o‘z  vaqtida  va  to‘liq  undirilishi,  savdo  va  xizmat  ko‘rsatish  qoidalari

bajarilishi,  naqd  pul  mablag‘lari  yoki  plastik  kartochkalar  bo‘yicha  to‘lov  shakliga  qarab  narxlarning  sun’iy  ravishda  oshirilishi  yoki

pasaytirilishi, nazorat-kassa texnikalarining yoki virtual kassalarning, to‘lov terminallarining qo‘llanilishi, shuningdek, belgilangan tartibda

talon va cheklarning berilishi, naqd pul tushumining o‘z vaqtida va to‘liq hajmda inkassatsiya qilinishi (banklarga topshirilishi) masalalari

bo‘yicha belgilangan tartibda sayyor soliq tekshiruvlarini amalga oshiradi”;

“n” kichik bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:

“hududlarni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  va  kambag‘allikni  qisqartirish  bo‘yicha  loyihalarni  amalga  oshirishda  davlat  soliq

xizmati organlarining ishtirokini faollashtiradi”;

ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;

14-bandda:

10-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“10)  o‘tkazilayotgan  kameral  soliq  tekshiruvini  xolisona  amalga  oshirish  maqsadida  qo‘shimcha  ma’lumotlar  olish  zarurati  yuzaga

kelganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sayyor soliq tekshiruvlarini amalga oshirish”;

23-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“23)  soliq  tekshiruvini  o‘tkazishga  soliq  to‘lovchi  tomonidan  to‘sqinlik  qilinganda  yoki  hududlarni,  binolarni,  shu  jumladan,  soliq

to‘lovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq joylarni tekshirish uchun

davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarini kiritish rad etilganda, soliq to‘lovchi ma’lum qilingan manzilda bo‘lmaganda, shuningdek,

soliq  to‘lovchi  tomonidan  soliq  hisoboti  va  (yoki)  moliyaviy  hisobot,  kameral  soliq  tekshiruvi  natijalari  bo‘yicha  tafovutlarning  asoslari

yoxud  aniqlashtirilgan  soliq  hisoboti  belgilangan  muddatda  taqdim  etilmagan  holatlarda  bank  hisobvaraqlari  bo‘yicha  operatsiyalarni

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda to‘xtatib turish”;

19-bandda:

27-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“27)  zarur  hollarda  markaziy  apparat  va  hududiy  bo‘linmalar,  Yirik  soliq  to‘lovchilar  bo‘yicha  hududlararo  davlat  soliq

inspeksiyasining tasdiqlangan tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar

kiritish”;

quyidagi mazmundagi 39-kichik band qo‘shilsin:

“39) bo‘ysunuvchi tashkilotlarning xodimlari sonini aniqlash, ularning tuzilmasi, shtat birligi, shu jumladan, boshqaruv xodimlari,

ish haqi fondi, xarajatlar smetasi, transport vositalarining me’yorlarini tasdiqlash, shuningdek, ularning mol-mulkini tasarruf etish”;

24-bandning 8-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“8) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti va soliq texnikumlari faoliyati samarali tashkil etilishi”;

55-bandning uchinchi xatboshisidagi “kameral nazorat” so‘zlari “kameral soliq tekshiruvi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

59-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“59. Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining mehnatga haq to‘lash fondi quyidagilardan iborat:

a)  lavozim  maoshi  (davlat  soliq  xizmati  organlari  xodimlarining  lavozim  maoshini  belgilashda  Yagona  tarif  jadvaliga  muvofiq

tasdiqlangan ish haqi bo‘yicha razryadlar asosida tarif koyeffitsiyenti 1,7 baravar ko‘paytirilgan holda qo‘llaniladi);

b) quyidagi miqdordagi oylik ustamalar:

markaziy  apparat  va  Hududlararo  inspeksiya  xodimlariga  (texnik  va  xizmat  ko‘rsatuvchi  xodimlardan  tashqari),  alohida  mehnat

sharoitlari  uchun  lavozim  ish  haqiga  (tarif  stavkasiga)  20  foiz.  Mazkur  ustamalar  qonun  hujjatlarida  belgilangan  rag‘batlantiruvchi

qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi;

ish  haqi  fondining  25  foizi  (budjet  muassasalari  va  tashkilotlari  xodimlarini  moddiy  rag‘batlantirish  maxsus  jamg‘armasidan

shakllanadigan);

lavozim maoshiga nisbatan 40 foiz (mehnatni rag‘batlantirish koyeffitsiyenti);

maxsus  unvon  uchun  0,15  dan  0,65  gacha  (rag‘batlantirish  koeffitsiyentini  hisobga  olgan  holda  lavozim  maoshiga  nisbatan

koeffitsiyentda);

uzoq  muddat  uzluksiz  xizmati  uchun  0,05  dan  0,6  gacha  (rag‘batlantirish  koeffitsiyentini  hisobga  olgan  holda  lavozim  maoshiga

nisbatan koeffitsiyentda);

v) rag‘batlantiruvchi to‘lovlar;

boshqa to‘lovlar, shu jumladan:

ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdoridagi oylik to‘lovlar;

davlat  soliq  xizmati  organlari  xodimlarining  transport  harajatlarini  qoplash  uchun  eng  kam  oylik  ish  haqining  ikki  baravar

miqdorida oylik to‘lovlar (xizmat transporti vositalari ajratilgan xodimlardan tashqari);

yiliga bir marta oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam ko‘rsatish;

d)  xodimning  asoslantirilgan  arizasiga  asosan  yuqori  turuvchi  tuzilma  rahbarining  roziligi  bilan  mehnatga  haq  to‘lash  fondiga

ajratilgan mablag‘lar doirasida quyidagi hollarda qo‘shimcha tarzda moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin:

yaqin qarindoshlari vafot etganda — o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasiga asosan;

alohida  muhtojlik  holatida  (baxtsiz  hodisa,  to‘y  va  boshqa  marosimlar  munosabati  bilan,  uzoq  muddatli  kasallik  sababli  maxsus

davolanish va sog‘liqni qayta tiklash uchun, shuningdek, oiladagi og‘ir moddiy ahvol sababli va boshqa holatlar);

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar.

Maxsus  unvon  va  ko‘p  yillik  xizmati  uchun  beriladigan  ustama  miqdorini  hisoblashda  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  budjeti

hisobidan to‘lanadigan lavozim maoshi va oylik ustamalarning birgalikdagi summalari hisobga olinadi.

Qo‘mita  xodimlari  lavozim  maoshlariga  har  oylik  ustamalar  va  qo‘shimcha  to‘lovlar  Qo‘mita  raisi  tomonidan  tasdiqlanadigan

nizomga muvofiq amalga oshiriladi”;

quyidagi mazmundagi 59  va 60 -bandlar qo‘shilsin:

“59 .  Davlat  soliq  xizmati  organlari  xodimlariga  boshqa  to‘lovlarni  moliyalashtirish  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq

qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish hamda ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi

mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

60 .  Qo‘mita  raisining  maslahatchilari  (shu  jumladan,  Jamoatchilik  bilan  aloqalar  va  huquqiy  axborot  boshqarmasi  boshlig‘i)

mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra Qo‘mita raisining o‘rinbosariga tenglashtiriladi”;

62-banddagi “kameral nazorat” so‘zlari “kameral soliq tekshiruvi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

64-bandga “xodimlarini” so‘zidan keyin “hamda mutaxassislarni (ishlab chiqarish xodimlari)” so‘zlari qo‘shilsin;

b) 2-ilovada:

10-band  ikkinchi  xatboshisidagi,  11-bandning  “a”  kichik  bandining  birinchi,  yettinchi  va  sakkizinchi  xatboshilaridagi,  “v”  kichik

bandining  uchinchi,  beshinchi  va  yettinchi  xatboshilaridagi,  12-bandning  6,  8,  11  va  18-kichik  bandlaridagi,  13-bandning  uchinchi

xatboshisidagi “boshqa majburiy to‘lovlar” so‘zlari “yig‘imlar” so‘zi bilan almashtirilsin;

11-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“o‘tkazilayotgan  kameral  soliq  tekshiruvini  xolisona  amalga  oshirish  maqsadida  qo‘shimcha  ma’lumotlar  olish  zarurati  yuzaga

kelganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sayyor soliq tekshiruvlarini amalga oshiradi”;

1

1

1



1


12-bandda:

4-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“4) yirik soliq to‘lovchilarda o‘tkazilayotgan kameral soliq tekshiruvini xolisona amalga oshirish maqsadida qo‘shimcha ma’lumotlar

olish zarurati yuzaga kelganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sayyor soliq tekshiruvlarini amalga oshirish”;

12-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“12) yirik soliq to‘lovchilar qayd etilgan manzilda bo‘lmaganda, shuningdek, soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral soliq

tekshiruvlari  natijalari  bo‘yicha  tafovutlarning  asoslari  yoxud  aniqlashtirilgan  soliq  hisoboti  belgilangan  muddatda  taqdim  etilmaganda

ularning bankdagi hisobraqamlari bo‘yicha operatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda to‘xtatish”;

15-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“15)  yirik  soliq  to‘lovchilar  tomonidan  kameral  soliq  tekshiruvi  natijalari  bo‘yicha  aniqlangan  tafovutlarning  asoslari  taqdim

etilmagan taqdirda soliqlar va yig‘imlarni sud tartibida undirish”;

21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“21. Hududlararo inspeksiyaning shtatdagi xodimlari soni Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi”;

23-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ikki” so‘zi “uch” so‘zi bilan almashtirilsin”;

35-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“35.  Hududlararo  inspeksiya  xodimlarini  moddiy  rag‘batlantirish,  mukofotlash  tartibi  va  turlari  Qo‘mita  raisi  tomonidan

tasdiqlanadigan tartibga asosan belgilanadi”;

v) 3-ilovada:

3-bandga quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar qo‘shilsin:

“Ishlab  chiqarish  xodimlariga  texnik  va  xizmat  ko‘rsatuvchi  xodimlar  toifasiga  mansub  bo‘lmagan  soliq  organlarida  shtat

lavozimlarini egallab turgan mutaxassislar kiradi.

Mutaxassislarning (ishlab chiqarish xodimlarining) shtatlar soni quyidagi tartibda belgilanadi:

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi (shu’basi):

100 ming nafar aholiga hisoblab chiqqanda 1 shtat birligi — tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalarida;

2 shtat birligi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarida;

2 shtat birligi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) markaziy apparatida;

navbatchi qism va idoraviy qo‘riqlash:

15 shtat birligi — Qo‘mita markaziy apparatida;

3 shtat birligi — Qo‘mitaning hududiy tuzilmalari hamda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida;

soliq  to‘lovchilarning  buxgalteriya  hisobini  yuritish  va  huquqiy  qo‘llab-quvvatlash  xizmatida  (tuman  (shahar)  davlat  soliq

inspeksiyalarida) — 2 shtat birligi”;

5-bandda:

birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita)” so‘zlari “Qo‘mita” so‘zi bilan

almashtirilsin;

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Qo‘mita  markaziy  apparatining  ushbu  bandning  birinchi  va  ikkinchi  xatboshilarida  sanab  o‘tilmagan  mansabdor  shaxslari,

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  davlat  soliq  boshqarmalari  boshliqlari  o‘rinbosarlari,  Qoraqalpog‘iston

Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  davlat  soliq  boshqarmalari  bo‘limlari  (shu’balari)  boshliqlari,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,

viloyatlar  va  Toshkent  shahar  davlat  soliq  boshqarmalari  Ichki  audit  boshqarmasi  va  O‘z  xavfsizligi  va  komplayens-nazorat  boshqarmasi

bo‘limlari  mansabdor  shaxslari,  Yirik  soliq  to‘lovchilar  bo‘yicha  hududlararo  davlat  soliq  inspeksiyasi  boshlig‘i  va  boshliq  o‘rinbosarlari,

Yirik  soliq  to‘lovchilar  bo‘yicha  hududlararo  davlat  soliq  inspeksiyasi  bo‘limlari  (shu’balari)  boshliqlari,  Yirik  soliq  to‘lovchilar  bo‘yicha

hududlararo  davlat  soliq  inspeksiyasi  O‘z  xavfsizligi  va  komplayens-nazorat  boshqarmasi  bo‘limlari  mansabdor  shaxslari,  tumanlar

(shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari belgilangan tartibda Qo‘mita raisining buyrug‘i bilan tayinlanadilar”;

6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“6.  Soliq  organlarining  inspektorlar  va  ishlab  chiqarish  xodimlari  tarkibi  lavozimlari  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  darajasidan

kam  bo‘lmagan  iqtisodiyot,  huquq,  kompyuter  texnologiyalari  va  informatika  ta’limi  sohasidagi  yo‘nalishlar  va  mutaxassisliklar  bo‘yicha

ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan tanlov asosida egallanadi.

Ayrim hollarda soliq organlariga xizmatga boshqa sohalarda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, korxonalar va alohida tarmoqlarga soliq

solish va ularning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish sohasida zarur bilimlarga ega bo‘lgan xodimlar qabul qilinishi mumkin.

Soliq  organlarining,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  tayinlanadiganlardan  tashqari,  rahbarlik  lavozimlari  tanlov

asosida mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ta’lim sohasidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega

bo‘lgan shaxslar tomonidan egallanadi.

Tanlovlar o‘tkazish, xizmatga qabul qilish va boshqa doimiy ishga o‘tkazish tartibi mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq Qo‘mita

tomonidan belgilanadi”;

7-bandning  uchinchi  xatboshisiga  “qat’i  nazar”  so‘zlaridan  keyin  “(ehtiyotsizlik  orqasida,  shu  jumladan,  mansab  mavqeyini

suiiste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan fuqarolar bundan mustasno)” so‘zlari qo‘shilsin”;

17 va 18-bandlardagi “Malaka oshirish markazida” so‘zlari “Fiskal institutida” so‘zlari bilan almashtirilsin;

24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“24. Mansabdor shaxslar Soliq organlarining ichki mehnat tartibi qoidalariga, shuningdek, Qo‘mita tomonidan tasdiqlangan kiyim-

bosh kiyib yurish qoidalariga rioya etishga majburdirlar”;

31-bandda:

“Shtatdagi lavozim” ustunida:

oltinchi — o‘ninchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, rais maslahatchisi

Departament direktori va uning birinchi o‘rinbosari, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i

va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti rektori

Departament direktori o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i va uning o‘rinbosari, mustaqil bo‘lim boshlig‘i, rais kotibiyati mudiri, Yirik

soliq  to‘lovchilar  bo‘yicha  hududlararo  davlat  soliq  inspeksiyasi  boshlig‘ining  birinchi  o‘rinbosari  va  uning  o‘rinbosarlari,  O‘zbekiston

Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti prorektorlari, soliq texnikumlari direktorlari

Departament va boshqarma bo‘limi boshlig‘i, navbatchi qism va idoraviy qo‘riqlash boshlig‘i, boshqarma bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari,

rais  yordamchisi  va  raisning  birinchi  o‘rinbosari  yordamchisi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasi  huzuridagi  Fiskal  instituti

kafedra mudirlari, professorlari va dotsentlari, bo‘lim boshliqlari, soliq texnikumlari direktorlari o‘rinbosarlari, davlat soliq bosh inspektori,

shu’ba boshliqlari, bosh yuriskonsult, bosh iqtisodchi, bosh mutaxassis

Etakchi  mutaxassis,  davlat  soliq  katta  inspektori,  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasi  huzuridagi  Fiskal  instituti,

shuningdek, soliq texnikumlari bosh buxgalteri, bosh iqtisodchisi, bosh muhandisi, bosh mutaxassisi, metodisti, o‘qituvchilari”;

quyidagi mazmundagi yigirma uchinchi xatboshi qo‘shilsin:

“Maxsus unvonga tayinlash uchun mansabdor shaxslarning malaka talablariga muvofiqligini baholash uchun Qo‘mita va davlat soliq

boshqarmalarida maxsus komissiya tashkil etiladi”;




32-bandda:

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“soliq xizmatining I, II, III darajali maslahatchisi maxsus unvonlari, shu jumladan, Qo‘mita markaziy apparati xodimlariga maxsus

unvonlar (ushbu bandning ikkinchi xatboshisida keltirilgan maxsus unvonlar bundan mustasno) — Qo‘mita raisi tomonidan”;

to‘rtinchi xatboshidagi “II va III darajali” so‘zlari “I, II va III darajali” so‘zlari bilan almashtirilsin;

39-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“39.  Qo‘mita  markaziy  apparati  tarkibiy  tuzilmasi,  Yirik  soliq  to‘lovchilar  bo‘yicha  hududlararo  davlat  soliq  inspeksiyasi,  hududiy

soliq organi hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari o‘z xodimlarining maxsus unvondagi xizmat muddati tugagach bir oy muddatda

navbatdagi unvon berish bo‘yicha taqdimnomani taqdim etishga majburdir”;

46-band quyidagi tahrirda bayon yetilsin:

“46.  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasi  huzuridagi  Fiskal  institutiga  va  soliq  texnikumlariga  ishga  qabul  qilingan  va

o‘tkazilgan  mansabdor  shaxslarda  ularning  ilgarigi  maxsus  unvoni,  shuningdek,  maxsus  unvon  va  uzoq  muddat  uzluksiz  xizmati  uchun

ustamalar  to‘lash  tartibi  saqlanib  qoladi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasi  huzuridagi  Fiskal  institutida  va  soliq

texnikumlarida  ishlangan  vaqt  davlat  soliq  xizmati  organlariga  xizmatga  qaytib  kelinganda  maxsus  unvondagi  xizmat  muddatiga

qo‘shiladi”;

g) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati



xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash

RAZRYaDLARI

Lavozim nomi

Razryadlar

Rais

19

Raisning birinchi o‘rinbosari



18

Rais o‘rinbosari, matbuot kotibi, rais maslahatchisi

17

Departament direktori*



Departament direktorining birinchi o‘rinbosari**

Departament direktori o‘rinbosari

16

Boshqarma boshlig‘i



16

Kotibiyat mudiri,

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari

15

Rais yordamchisi va raisning birinchi o‘rinbosari yordamchisi,



Bo‘lim boshlig‘i,

Protokol xizmati boshlig‘i,

Navbatchi qism va idoraviy qo‘riqlash boshlig‘i

14

Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari***



Shu’ba va kanselyariya boshlig‘i****

Davlat soliq bosh inspektori,

Davlat soliq bosh inspektori-taftishchi,

Bosh yuriskonsult,

Katta referent

13

Davlat soliq katta inspektori,



Davlat soliq katta inspektori-taftishchi,

Etakchi yuriskonsult,

Katta buxgalter,

Bosh iqtisodchi,

Bosh mutaxassis,

Navbatchi

12

Davlat soliq inspektori,



Davlat soliq inspektori-taftishchi,

Etakchi mutaxassis,

Etakchi buxgalter,

Navbatchi yordamchisi

11

I toifali mutaxassis



10

II toifali mutaxassis

9

Mutaxassis



8

Rahbar kotibi

6

* Departament direktoriga rais o‘rinbosari stavkasidan 2% kam miqdorda belgilanadi.



** Departament direktorining birinchi o‘rinbosariga rais o‘rinbosari stavkasidan 4% kam miqdorda belgilanadi.

*** Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosariga bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 3% kam miqdorda.

**** Shu’ba va kanselyariya boshlig‘iga bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 5% kam miqdorda.

”.

d) 6 va 7-ilovalarning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:




Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari

xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash

RAZRYaDLARI

Lavozim nomi

Razryadlar

Boshqarma boshlig‘i

15

Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari*



Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari**

Bo‘lim boshlig‘i,

Bosh buxgalter

13

Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari***



Shu’ba boshlig‘i****,

Shu’ba boshlig‘i o‘rinbosari*****,

Navbatchi qism va idoraviy qo‘riqlash boshlig‘i****

Davlat soliq bosh inspektori,

Davlat soliq bosh inspektori-taftishchi,

Bosh yuriskonsult

12

Davlat soliq katta inspektori,



Davlat soliq katta inspektori- 

taftishchi,

Etakchi yuriskonsult,

Bosh iqtisodchi,

Bosh mutaxassis,

Navbatchi

11

Davlat soliq inspektori,



�avlat soliq inspektori-taftishchi,

Etakchi mutaxassis,

Etakchi buxgalter,

Yuriskonsult,

Navbatchi yordamchisi

10

I toifali mutaxassis



9

II toifali mutaxassis

8

Mutaxassis



7

Rahbar kotibi

6

* Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosariga boshqarma boshlig‘i stavkasidan 3% kam miqdorda.



** Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarigaboshqarma boshlig‘i stavkasidan 5% kam miqdorda.

*** Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosariga bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 3% kam miqdorda.

**** Shu’ba boshlig‘iga va navbatchi qism va idoraviy qo‘riqlash boshlig‘i bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 4% kam miqdorda.

***** Shu’ba boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 5% kam miqdorda. 

 

Tuman (shahar)lar davlat soliq inspeksiyalari xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash



RAZRYaDLARI

Lavozim nomi

Razryadlar

Inspeksiya boshlig‘i

13

Inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari*



Inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari**

Bo‘lim boshlig‘i,

Bosh buxgalter

11

Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari***



Shu’ba boshlig‘i****

Davlat soliq bosh inspektori,

Davlat soliq bosh inspektori-taftishchi

10

Davlat soliq katta inspektori*****,



Davlat soliq katta inspektori-taftishchi******,

Bosh mutaxassis*******,

Navbatchi*******

Davlat soliq inspektori,

Davlat soliq inspektori-taftishchi,

Etakchi mutaxassis,

Etakchi buxgalter

9

I toifali mutaxassis



8

II toifali mutaxassis

7

Rahbar kotibi



5

* Inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosariga inspeksiya boshlig‘i stavkasidan 3% kam miqdorda.

** Inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosariga inspeksiya boshlig‘i stavkasidan 5% kam miqdorda.

*** Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosariga bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 3% kam miqdorda.

**** Shu’ba boshlig‘iga bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 5% kam miqdorda.

***** Davlat soliq katta inspektoriga davlat soliq bosh inspektori stavkasidan 3% kam miqdorda.

****** Davlat soliq katta inspektori-taftishchi davlat soliq bosh inspektori-taftishchi stavkasidan 3% kam miqdorda.

******* Bosh mutaxassis va navbatchiga davlat soliq bosh inspektori stavkasidan 3% kam miqdorda.

”.

8. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 522-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi



hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandidan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.

9.  Vazirlar  Mahkamasining  “Tadbirkorlik  subyektlarini  ixtiyoriy  tugatish  va  ularning  faoliyatini  to‘xtatish  tartibi  hamda  Moliya-

xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash

haqida” 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarorida:

a)  1-ilovaning  18-bandi  “a”  kichik  bandi  uchinchi  xatboshisidagi,  19-bandi  “v”  kichik  bandidagi,  21  va  31-bandlarining  uchinchi

xatboshilaridagi,  32-bandining  ikkinchi  xatboshisidagi,  33,  40,  42-bandlaridagi  hamda  Nizomga  ilovaning  “Tadbirlar”  ustuni  9-

pozitsiyasidagi, shuningdek, Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi

to‘g‘risidagi  nizomning  8-bandi  “a”  kichik  bandi  oltinchi  xatboshisidagi,  9  va  18-bandlaridagi  hamda  Nizomga  1-ilovaning  “Tadbirlar”

ustunining 5-pozitsiyasidagi “boshqa majburiy to‘lovlar”, “majburiy to‘lovlar” so‘zlari “yig‘imlar” so‘zi bilan almashtirilsin;

b) 2-ilovada:

7-band birinchi xatboshisining rus tili matnidagi “ot” so‘zi “iz” so‘zi bilan almashtirilsin;

8-bandning “d” kichik bandidagi “kameral nazorat” so‘zlari “kameral soliq tekshiruvi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi 13 -band qo‘shilsin:

“13 . Tijorat tashkiloti faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar toifasiga o‘tkazilgandan keyin davlat soliq xizmati organlari tomonidan

soliq hisobotlarini qabul qilish to‘xtatiladi”.

10. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika hududlari bo‘yicha badminton sport

turiga biriktirilayotgan sport obyektlari ro‘yxatining “Obyekt nomi” ustuni 18-bandidagi “kolleji” so‘zi “texnikumi” so‘zi bilan almashtirilsin.

1

1




11.  Vazirlar  Mahkamasining  “Qo‘shilgan  qiymat  solig‘i  hamda  chet  el  yuridik  shaxslari  bilan  bog‘liq  soliq  ma’murchiligini

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarorida:

a) 1-ilovada:

20-banddagi  “boyliklarni  o‘rganish,  ko‘zdan  kechirish  hamda  uchinchi  shaxslardan  tegishli  hujjatlar  va  ma’lumotlarni  (axborotni)

talab  qilib  olish  maqsadida”  so‘zlari  “boyliklari  qoldig‘ini  ko‘zdan  kechirish,  zarur  hollarda  sayyor  soliq  tekshiruvini  tashkil  etgan  holda

inventarizatsiyadan o‘tkazish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“25. Soliq summasini qoplashni rad etishni (to‘liq yoki qisman) o‘z ichiga olgan qaror quyidagi holatlarda qabul qilinadi:

soliq summasini hisobga olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda;

tovarlar 

(xizmatlar) 

xarid 


qilinishida 

hisobvaraq-fakturalar 

elektron 

hisobvaraq-fakturalarning 

axborot 

tizimida


rasmiylashtirilmaganda;

soliq to‘lovchi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish to‘liq elektron

hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimi orqali amalga oshirilmaganligi aniqlanganda;

huquqni  suiiste’mol  qilish,  qalbaki  yoki  ko‘zbo‘yamachilik  uchun  bitimlar  tuzish  (operatsiyalar  amalga  oshirish)  orqali  soliqni

to‘lamaslik yoki to‘liq to‘lamaslik holatlari aniqlanganda;

huquqni  suiiste’mol  qilish,  shu  jumladan,  soliq  to‘lovchi  tomonidan  hisobga  olinadigan  soliq  summasini  qonunga  xilof  ravishda

oshirish  yoki  to‘lanadigan  soliq  summasini  kamaytirish  sxemalarining  qo‘llanishi  natijasida  asossiz  soliq  nafi  olinganlik  holatlari

aniqlanganda;

soliq  to‘lovchi  tomonidan  iqtisodiy  mazmuniga  mos  kelmaydigan  xo‘jalik  operatsiyalari  hisobotda  aks  ettirilishi  va  (yoki)

kontragentni tanlashda lozim darajada ehtiyotkorlik qilish bo‘yicha majburiyat bajarilmasligi natijasida asossiz soliq nafi olinishi holatlari

aniqlanganda;

soliq to‘lovchi tomonidan amalga oshirilgan bitim (operatsiya)ning asosiy maqsadi soliq summasini to‘lamaslik (to‘liq to‘lamaslik) va

(yoki)  hisobga  olish  bo‘lgan  hamda  bitim  (operatsiya)  bo‘yicha  majburiyat  soliq  to‘lovchi  bilan  tuzilgan  shartnomaning  tarafi  bo‘lmagan

shaxs yoki bitimni (operatsiyani) bajarish majburiyati shartnoma yoki qonun bo‘yicha yuklatilmagan shaxs tomonidan bajarilgan holatlar

aniqlanganda;

bitimlar (operatsiyalar) haqiqiy emas va tadbirkorlik faoliyati doirasida daromad olishga qaratilmagan yoki (va) iqtisodiy jihatdan

o‘zini oqlamagan deb topilganda;

soliq  to‘lovchi  tomonidan  so‘ralgan  hujjatlar  taqdim  etilmagan  yoki  soxta  hujjatlar  taqdim  etilganda,  shuningdek,  hududni,  ishlab

chiqarish, omborxona, shu jumladan, soliq to‘lovchi daromad olish uchun foydalanadigan yoki soliq solish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq

joylarni ko‘zdan kechirishga, sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishga to‘sqinlik qilinganda;

soliq  to‘lovchi  va  unga  tovarlarni  (xizmatlarni)  yetkazib  berish  bo‘yicha  operatsiyalar  ketma-ketligida  ishtirok  etgan  kontragentlar

tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanmaganda (to‘liq hisoblanmanganda);

hisobga  olish  huquqini  beruvchi  tovarlar  (xizmatlar)ni  xarid  qilish  va  sotish  bo‘yicha  operatsiyalar  ketma-ketligida  ishtirok  etgan

yetkazib beruvchilarda (kontragentlarda) ushbu tovarlarning qonuniy kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda;

soliq to‘lovchi tomonidan asossiz soliqdan naf olinishiga olib keladigan, tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish zanjiridagi bitimlar

(operatsiyalar) ishtirokchi shaxslarning o‘zaro bog‘liqligi (hukuqiy, iqtisodiy va boshqa nazorat ostidagi) aniqlanganda”;

32-bandga quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi qo‘shilsin:

“ushbu  Nizomning  25-bandi  beshinchi  —  o‘n  uchinchi  xatboshilarda  qayd  etilgan  holatlar  aniqlangan  taqdirda,  salbiy  farqning

asoslanmagan qismi doirasida”;

33-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:

“Ushbu  Nizomning  32-bandiga  muvofiq  soliq  summasini  qoplashning  tezlashtirilgan  tartibi  tatbiq  etilmaydigan  hollarda  soliq

summasi  asoslanganligi  yuzasidan  ushbu  Nizomning  4-bobida  belgilangan  tartibda  kameral  soliq  tekshiruvi  o‘tkaziladi  va  kameral  soliq

tekshiruvi yakuni bo‘yicha soliq summasini qoplash (to‘liq yoki qisman) yoki qoplashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.”;

b) 2-ilovada:

15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“15. Hisobvaraq-faktura ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq quyidagi tartibda to‘ldiriladi:

1-ustunda — tovarlar (xizmatlar) nomi;

2-ustunda — tovarlarning (xizmatlarning) Yagona elektron milliy katalogi bo‘yicha identifikatsiya kodi;

3-ustunda — tovarlar (xizmatlar) shtrix kodi;

4-ustunda — tovar (xizmat) o‘lchov birliklari. Ko‘rsatkich mavjud bo‘lmaganda ustun to‘ldirilmaydi;

5-ustunda — o‘lchov birligidan kelib chiqib realizatsiya qilingan tovarlar miqdori (ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi). Ko‘rsatkich mavjud

bo‘lmaganda ustun to‘ldirilmaydi;

6-ustunda — QQSni hisobga olmagan holda tovar (xizmat) o‘lchov birligiga to‘g‘ri keladigan narx (tarif);

7-ustunda — realizatsiya qilingan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar jami sonining (hajmining) aksiz solig‘ini qo‘shgan holdagi (QQSsiz)

qiymati;

8-ustunda — QQS stavkasi;

9-ustunda — tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchiga taqdim etiladigan QQS summasi.

QQS  to‘lovchilari  hisoblanmagan  yoki  realizatsiya  qilish  bo‘yicha  aylanmasi  QQSdan  ozod  etiladigan  tovarlarni  (xizmatlarni)

realizatsiya qiluvchilar tomonidan 9-ustunda “Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz” yoki “QQSsiz” yozuvi qayd etiladi;

10-ustunda — realizatsiya qilingan tovarlarning (xizmatlarning) QQSni qo‘shgan holdagi jami qiymati.

Yakunlovchi satrda — 7, 9 va 10-ustunlar bo‘yicha summalar jamlanadi.

Markirovkalanadigan tovarlar realizatsiya qilinganda hisobvaraq-fakturada markirovkalash kodi ko‘rsatilishi shart.

Aksiz solig‘i to‘lovchilari hisobvaraq-fakturada aksiz solig‘i stavkasi va aksiz solig‘i summasini ko‘rsatishlari shart.

Tovarlar (xizmatlar) budjet tashkilotlariga yetkazib berilganda hisobvaraq-fakturada birja savdosining lot raqami ko‘rsatilishi shart”;

17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“17. Hisobvaraq-faktura quyidagi tartibda to‘ldiriladi:

1-ustunda — tovarlar nomi;

2-ustunda — tovarlarning (xizmatlarning) Yagona elektron milliy katalogi bo‘yicha identifikatsiya kodi;

3-ustunda — tovarlar (xizmatlar) shtrix kodi;

4-ustunda — tovarlarning seriyasi;

5-ustunda — tovar o‘lchov birliklari;

6-ustunda — dori vositalarni yoki tibbiy buyumlarni har bir o‘lchov birligiga sotib olish narxi (bazaviy narx) yoki sotishning asosiy

bahosi (QQSni hisobga olmagan holda);

7-ustunda  —  asosiy  bahodan  o‘sib  boruvchi  yakun  bilan  foiz  ko‘rinishidagi  savdo  qo‘shimchasi  (ustamasi).  Agar  bir  nechta  ulgurji

savdo tashkilotlari dori vositalari va tibbiy buyumlarni yetkazib berishda ishtirok etayotgan bo‘lsa, savdo qo‘shimchasi (ustamasi) umumiy

holda aniqlanadi;

8-ustunda — o‘lchov birligidan kelib chiqib miqdor (hajm);

9-ustunda — QQSni hisobga olmagan holda savdo qo‘shimchasini (ustamasini) hisobga olgan holda tovarning narxi;




10-ustunda — realizatsiya qilingan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar jami sonining (hajmining) aksiz solig‘ini qo‘shgan holdagi (QQSsiz)

qiymati.


11-ustunda — QQS stavkasi;

12-ustunda — tovarlarni sotib oluvchiga taqdim etiladigan QQS summasi;

QQS  to‘lovchilari  hisoblanmagan  yoki  realizatsiya  qilish  bo‘yicha  aylanmasi  QQSdan  ozod  etiladigan  tovarlarni  realizatsiya

qiluvchilar tomonidan 12-ustunda “Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz” yoki “QQSsiz” yozuvi qayd etiladi;

13-ustunda — realizatsiya qilingan tovarlarning QQSni qo‘shgan holdagi jami qiymati;

yakunlovchi satrda — 10, 12 va 13-ustunlar bo‘yicha summalar jamlanadi.

Markirovkalanadigan tovarlar realizatsiya qilinganda hisobvaraq-fakturada markirovkalash kodi ko‘rsatiladi.

Tovarlar (xizmatlar) budjet tashkilotlariga yetkazib berilganda hisobvaraq-fakturada birja savdosining lot raqami ko‘rsatilishi shart”;

1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni

to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi

to‘g‘risidagi nizomga  

1-ILOVA

 

20__ yil “___” ____________ dagi ____-son shartnomaga  



20__ yil “___” ____________ dagi ____-son  

HISOBVARAQ-FAKTURA 

Etkazib beruvchi ______________________ 

Manzil: _____________________________ 

Etkazib beruvchining identifikatsiya  

raqami (STIR) _______________________ 

QQS ro‘yxat raqami____________________ 

Bank hisobvarag‘i _____________________ 

Bank MFO ___________________________ 

Sotib oluvchi ______________________ 

Manzil: ________________________ 

Sotib oluvchining identifikatsiya  

raqami (STIR) ______________ 

QQS ro‘yxat raqami ____________ 

Bank hisobvarag‘i______________ 

Bank MFO _________________________ 




Download 383.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling