«Soliqlar va soliqqa tortish» fanidan taqdimot materiallari mavzu: 6-mavzu. Aylanmadan olinadigan soliq


Download 1.47 Mb.
bet9/10
Sana08.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1253968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
МАВЗУ 6 Aйланмадан олинадиган солик

Yagona yer solig`i to`lovchilari
  • Yagona yer solig`i to`lovchilari quyidagilardir:
  • Qishloq xo`jaligi yo`nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo`jaliklari va ta`lim muassasalarining o`quv-tajriba xo`jaliklari
  • Bir vaqtning o`zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar soliq solish maqsadida qishloq xo`jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar jumlasiga kiradi:
  • yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo`jaligi mahsulotini yetishtirish va o`zi yetishtirdan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo`jaligi mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi bo`lgan yuridik shaxslar;
  • qishloq xo`jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o`zlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega bo`lgan yuridik shaxslar;
  • qishloq xo`jaligi mahsulotini yetish-tirish va mazkur o`zi yetishtirgan mahsulotni qayta ishlash ulushini realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xo`jaligi mahsulotini o`z ichiga oluvchi qishloq xo`jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar.
  • Quyidagilarga yagona yer solig`i to`lovchilari sifatida qaralmaydi:
  • o`rmon va ovchilik xo`jaliklari;
  • yuridik shaxs tashkil etgan holda va tashkil etmasdan tuzilgan dehqon xo`jaliklari.
  • Qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo`jaligini yuritish uchun egalik qilishga, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi soliq solish obyektidir.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling