Internet saytlari:
http://www.gov.uz - O’zbekiston Respublikasi hukumat portali
http://www.soliq.uz - O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi
http://www.lex.uz - O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi
http://www.mf.uz - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
http://www.norma.uz – “Norma hamkor” mas’ulyati cheklangan jamiyati
http://www.stat.uz - O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi
http://www. ziyonet.uz - Jamoat axborot ta’lim tarmog’i
https://www.scopus.com Elsevier's abstract and citation database
MUSTAQIL TA'LIM MASHG’ULOTLARI
KIRISH
Oliy ta‘limning davlat standartlari, malaka talablariga asosan “Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat ta'lim yo‘nalishi o'quv rejasining ixtisoslik blokida “Soliqlar va soliqqa tortish” fani o‘qitiladi. Ushbu fanni o‘qitish jarayonida yuridik va jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar va ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlarga tavsifi, shu jumladan, soliqlar va ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlarni hisoblash va budjetga to‘lash tartibi singari mavzular o'rganib chiqiladi. Xususan, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarni hisoblash, hisob-kitoblarni taqdim etish va to‘lash tartiblari amaliyotga bog‘langan holda chuqur o‘rganiladi.
Mazkur uslubiy ko'rsatmaga 5111000-Kasb ta'limi (5230600-Moliya, 5230700-Bank ishi, 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit), 5230600-Moliya, 5230700-Bank ishi, 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit, 5231200-Sug'urta ishi, 5231300-Pensiya ishi, 5231500-Baholash ishi, 5232000-Davlat budjetining g’azna ijrosi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan mustaqil ta'limni bajarish va ularni baholash tartibiga doir tavsiyalar keltirilgan.
Uslubiy ko'rsatmada keltirilgan tavsiyalar mustaqil ta'limni bajarish doirasidagi uslubiyat hamda shakllar asosida o’rganib chiqilgan bo’lib, ularning ifodasi ko'rsatmada o’z aksini topgan. Barcha ishlanmalarda bo’lgani holda ushbu uslubiy ko'rsatma ham kamchiliklardan xoli emas, shuning uchun ko’rsatma yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalarni mualliflar e’tirozsiz qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |