Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


III. Mustaqil ta’limni baholash tartibi


Download 2.1 Mb.
bet134/165
Sana12.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1700341
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   165
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

III. Mustaqil ta’limni baholash tartibi

Talabalarni reyting asosida baholash tizimida mustaqil ta’limning bajarilishi yakuniy sinov sifatida xizmat qiladi. Mustaqil ta’lim natijalari amaldagi "Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom"ga asosan baholab boriladi. Albatta, mustaqil ta’limning talabalar tomonidan bajarilish muddati, yozma yoki ilmiy loyiha ishlariga qo‘yil­gan talabga qay darajada javob berilishi, tavsiya etilgan adabiyotlardan qanday foydalanganligi baholash me’zonida nazarda tutiladi.


Mustaqil ta’limning bajarilishini nazorat qilish va baholash tizimi o‘quv guruhi darajasida tashkil etilayotgan ilmiy seminar, amaliy mashg‘ulotlar, joriy va oraliq nazoratlar olib boriladi. Mustaqil ta’limlarning baholash me’zoni quyida­gicha tashkil etilishi mumkin: barcha ta’lim yo‘nalishidagi talabalar uchun – oraliq nazoratga ishchi dastur bo‘yicha maksimal 34 (24/10) ball belgilangan bo‘lib, shundan mustaqil ta’lim soatlarida bajargan ishlari, qilgan taqdimoti hamda iqti­sodiy tahlil bo‘yicha berilgan qo‘shimcha topshiriqlarni bajarishi uchun maksimal 10 ball ajratilgan. Bu maksimal 10 ball, oraliq nazorat o‘tkaziladigan vaqtlarda ikki marta maksimal 5 ballga ajratilgan holda rasmiylashtiriladi.
Semestr bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me’zonlari



Baholash usullari

Baholash mezonlari

Testlar, yozma ishlar, og‘zaki savol-javoblar, rеspublikаmizdа nаshr etilgаn, хоrijiy аdаbiyot­lаrni shаrhi аsо­sidа rеfеrаt, kеys stаdi, lоyihа ishi(assignment)

86-100 ball “a’lo”: Fanga oid nazariy bilimlarni to‘la o‘zlashtira olish. Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Tasavvurga ega bo‘lish.


Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling