Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish


Download 2.1 Mb.
bet24/165
Sana12.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1700341
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   165
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

3.2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish.
1. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun soliqning joriy etilishi. Ma‘lumki, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari 2007 yil 1 yanvarga qadar budjetga to‘lab kelgan yalpi daromadidan yalpi daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, tovarlar aylanmasidan Pensiya jamg‘armasiga, Respublika Yo‘l jamg‘armasiga hamda Maktab ta‘limini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar to‘lash o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 18 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2007 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjetining parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-532-sonli qaroriga muvofiq 2007 yil 1 yanvardan boshlab yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tkazildi.
2006 yil yakuni bo‘yicha asosiy (profil) faoliyat turi savdo faoliyati (umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat) hisoblangan yuridik shaxslar belgilangan tartibda hisobot yili boshidan boshlab yagona soliq to‘lovlarini to‘lashlari shart qilib belgilandi.
Shu bilan birga savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun:

  • bojxona to‘lovlari (bojxona bojlari va yig‘imlari, aksiz solig‘i va tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i);

  • davlat bojlari;

  • ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.

  • O’zbekison Respublikasining 2019 yil 30 dekabrdagi O’RQ-599-son Qonuniga muvofiq, yagona soliq o’rniga, 2020 yil 1 yanvardan boshlab, aylanmadan olinadigan soliq amalga kiritildi.

Shuningdek, aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitob bazasini aniqlashda tushumdan quyidagilar chegirib tashlanadi:
a) qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini;
b) davlat subsidiyalarini;
v) davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar;
d) to‘lov manbaida ushlab qolinishi lozim bo‘lgan dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar;
e) o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirishda aktsiyador qo‘shimcha aktsiyalarining qiymati yoki aktsiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish tarzida olingan daromadlari;
j) hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi foyda. Mazkur daromadlar qaysi davrda paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq shu davrdagi soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘tkazishni hisobga olgan holda soliqqa tortiladi.
z) olingan grantlar. Grant deganda – ijtimoiy ahamiyatga ega maqsadni ko‘zlagan, iqtisodiyotni rivojlantirish, ilmiy-texnik va innovatsion dasturlarni bajarish uchun korxonaga davlat (hukumat), shuningdek nodavlat, xorijiy, xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar tomonidan ko‘rsatiladigan tekin, gumanitar mablag‘li yoki moddiy-texnik yordam tushuniladi. Grant mablag‘lari qat‘iy ravishda belgilangan maqsadlarga ishlatiladi.
i) ko‘p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati tovar (ish, xizmat)larni realizatsiya qilishdan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo‘lsa;
k) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chegirmalar.

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling