Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


-mavzu: Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulkiga solig’i


Download 2.1 Mb.
bet64/165
Sana12.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1700341
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   165
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

8-mavzu: Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulkiga solig’i


Reja:


1. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimiga mol-mulk solig‘ining joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati.
2. Mol-mulk solig‘i to‘lovchilar, soliqqa tortish ob‘ekti va mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatini aniqlash tartibi.
3. Mol-mulk solig‘i stavkalari, soliqdan imtiyozlar.
4. Soliq hisobini taqdim etish va hisoblangan soliq summasini budjetga to‘lash muddatlari.
5. Rivojlangan xorijiy davlatlarda yuridik shaxslar mol-mulkini soliqqa tortish tajribasi.


Tayanch so’z va iboralar: jismoniy shaxs, rezident yuridik shaxs, mol-mulk, soliq to’lovchilar, soliq ob’ekti, soliq to’lovchilar, soliq sub’ekti, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblash tartibi, soliqni to’lash muddatlari


1. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimiga mol-mulk solig‘ining joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati. O‘zbekistonda korxonalar faoli­yatini soliqqa tortish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri korxonalarning mol-mulkiga solinadigan soliqning joriy qilinishi bo‘ldi. Mol-mulk solig‘i dastlab, O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan joriy etildi va shu bilan birga korxonalarning ishlab chiqarish fondlariga to‘lov hamda transport vositalariga solinadigan soliq bekor qilindi. Hozirgi vaqtda ushbu soliqning huquqiy asosi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari hamda boshqa soliq qonunchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan me‘yoriy xujjatlar hisoblanadi. O‘zbekiston soliq tizimida yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘g‘ri soliqlar tarkibiga kiradi va mohiyatiga ko‘ra bu soliq asosiy fondlar shaklidagi resurslarga nisbatan belgilangan soliq hisoblanadi. Mazkur soliq bo‘yicha tushumlar summasi to‘liq mahalliy budjetlarga tushadi va u budjetning barqaror daromad manbalaridan biri hisoblanadi.
Mamlakat soliq tizimida mol-mulk solig‘ini joriy qilishdan ko‘zlangan maqsad birinchidan, korxonalar o‘zlarining xo‘jalik faoliyatini yuritishda ortiqcha va foydalanilmayotgan mol-mulkini sotishga qiziqishini uyg‘otish bo‘lsa, ikkinchidan, korxonalar balansidagi mol-mulkdan samarali foydalanishni rag‘batlantirishdan iborat. Chunki, korxonalarning ma‘naviy va jismoniy tomondan eskirgan asosiy vositalarini yangi, ilg‘or texnologiya-uskunalar bilan yangilashi ishlab chiqarilayotgan tovarlarning bahosini arzonlashtiradi va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga imkon beradi. Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning balansidagi barcha mulklardan soliq to‘lashga majbur qilish uni ortiqcha bino, inshootlar, mashina va uskunalardan qutilishiga undaydi. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirishga, mahsulot tannarxini pasaytirishga hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, mol-mulk solig‘i daromad va mulk taqsimotidagi nomutanosiblikni bartaraf etishning muhim vositasi hisoblanadi.

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling