Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua
-jadval Fransiyada mulklardan olinadigan soliqning miqdorlari*
Download 2.1 Mb.
|
Soliqlar va soliqqa tortish fanidan oquvuslubiy majmua
7.3-jadval
Fransiyada mulklardan olinadigan soliqning miqdorlari*
*Manbaa: А.В.Перов, А.В.Толкушкин. Налоги и налогообложение. Учебное пособие. 3-изд.–М.: ЮРАЙТ. 2013. стр. 125 Jadvaldan ko’rish mumkinki, mol-mulk tabaqalashgan stavkalarda, ya’ni progressiv shkalada soliqqa tortildi. Buyuk Britaniyada yuridik shaxslarning ko’chmas mulkiga solinadigan soliq mahalliy byudjetni shakllantiruvchi asosiy soliqlardan biri hisoblanadi. Renta to’lovi soliq asosi bo’ladi. U ko’chmas mulk egalari yoki uni ijaraga oluvchmlardan undiriladi. Xullas, mol-mulk solig’i to’lovchilari bo’lib, mulk egalari yoki ishtirokchilari hisoblanadi. Ko’chmas mulk deganda er tushuniladi. Shuningdek, ushbu soliq to’lovchilari qatoriga uy-joyni ijaraga oluvchilar hamda kvartira haqini to’lovchilar ham kiradi. Ko’chmas mulk qiymati odatda 10 yilda bir marta baholanadi65. Ko’chmas mulk qiymati o’zida muayyan mulkni ijaraga berishdan oladigan yillik daromadini aks ettiradi. Mol-mulk solig’i mahalliy byudjetni shakllantirgani sababli, soliq stavkasi mahalliy hokimiyat tomonidan belgilanadi. Albatta, mahalliy hokimiyatning moliyaviy resurslarga bo’lgan talabidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Shu sababli, Buyuk Britaniyadagi mol-mulk solig’i turli shahar va grafliklari bo’yicha sezilarli darajada farqlanadi. Yaponiya soliq tizimida mol-mulk solig’i alohida o’ringa ega bo’lib, yirik uch guruh soliqlardan birini, ya’ni mol-mulk solig’i guruhini tashkil qiladi. Yaponiyada bu soliqni bizning mamlakatdan farqli o’laroq yuridik shaxslar bir xil stavkada to’laydilar. Odatda bu mulk qiymatining 1,4 foizini tashkil qiladi. Mol-mulkni qayta baholash 3 yilda bir marta o’tkaziladi. Soliqqa tortiladigan ob’ektga barcha ko’chmas mulklar, yer, qimmatbaho qog’ozlar, bank depozitlari bo’yicha foizlar kiradi. Soliq shuningdek, mulk bir egadan boshqasiga o’tgan vaqtida, ya’ni mulk sotish yoki sotib olish vaqtida ham to’lanadi66. Kanadada mulk solig’i mahalliy byudjetni shakllantirgani sababli, mahalliy organlar tomonidan undiriladi. Har bir provintsiyada soliqqa tortish maqsadida mulkni baholovchi maxsus bo’linmalar faoliyat yuritadi. Masalan, Ontario provintsiyasida 31 ta bu kabi bo’linmalar faoliyat yuritmoqda. Bunda hamma binolar baholanadi. Jixoz va uskunalar baholashga kiritilmaydi. Asosiy baho mulkning erkin bazorda sotilishi mumkin bo’lgan bozor bahosi hisoblanadi. Baholash mulkning egasisiz amalga oshiriladi. Agar soliq idorasining maxsus bo’linmasi belgilagan mulk qiymati bilan mulk egasi taqdim etgan mulk qiymati orasida tafovut bo’lsa, u holda bu kelishmovchilik maxsus tribunalga apellyatsiya berish orqali hal qilinadi. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling