Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq


Download 2.1 Mb.
bet65/165
Sana12.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1700341
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   165
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq. Mulkida soliq solinadigan mol-mulki bo’lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to’lovchilaridir.
Agar ko’chmas mulk mulkdorining joylashgan erini aniqlash imkoni bo’lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo’lsa, o’sha shaxs soliq to’lovchidir.
O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish ob’ektidir.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish ob’ektlarining kadastr qiymati to’lovchilar uchun soliq solinadigan bazadir.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo’yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish ob’ektining bahosi mavjud bo’lmagan taqdirda, mol-mulkning qonun hujjatlari bilan belgilanadigan shartli qiymati soliq solinadigan bazadir.
Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish ob’ekti bo’yicha to’lovchi bo’lgan taqdirda, soliq solinadigan baza har bir ob’ekt bo’yicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi, ularni soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda bildiriladi. Soliq stavkalari har yili keyingi moliya yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidaga qarori asosida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
2019 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ining stavkalari quyidagicha belgilangan:

7.4-jadval
Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i stavkalari67


Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling